Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Mehnat resurslari va harakat ko’rsatkichlari


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

12.2. Mehnat resurslari va harakat ko’rsatkichlari 
Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya’ni mehnat qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining 
Mehnat Kodeksiga (1995 yil 21 dekabr) asosan mehnat qilish yoshidagilar 16 
yoshdan, erkaklar – 60 yoshgacha, ayollar esa 55 yoshgacha belgilangan. Albatta bu 
yoshdagi kishilarning barchasini mehnat resursi tarkibiga kiritib bo‘lmaydi, chunki 
bu yoshdagi I-II guruh nogironlari mehnat qilish qobiliyatiga ega emas. Shu bilan 
birgalikda 16 yoshga to‘lmagan yoshlar va nafaqaga chiqqan kishilar ham mehnat 
qilayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, mehnat resurslari (MR) mehnat 


158 
yoshidagi mehnatga layoqatli kishilar, hamda ishlayotgan yoshlar (IYO) va 
nafaqachilar (IN)dan iboratdir. 
Mehnat resurslari sonini quyidagicha hisoblash mumkin: 
MR = MYO – N + IYO + IN. 
Bu yerda: MYO – mehnat qilish yoshidagi aholi; 
N – I-II guruh nogironlari. 
O‘zbekiston mehnat resurslari bilan yuqori darajada ta’minlangan mamlakat 
hisoblanadi. Respublikada yoshlar ko‘p bo‘lganligi sababli, ular mehnat yoshiga 
yetgan sari mehnat resurslari soni yildan – yilga oshib bormoqda.
Mehnat resurslarini quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlab o‘rganish mumkin: 
 
mulkchilik shakli bo‘yicha; 
 
xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha; 
 
ijtimoiy guruhlar bo‘yicha; 
 
yoshi va jinsi bo‘yicha; 
 
ma’lumoti bo‘yicha; 
 
millati bo‘yicha va hokazo. 
Hududlar bo‘yicha mehnat resurslari o‘rganilib, bu hududlarda aholining 
bandlik darajasi, ishsizlik va shu kabi ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqarishni 
joylashtirish, hamda qaysi tarmoqlarni ustuvor rivojlantirish masalalari hal qilinadi. 
Mehnat resurslari mulkchilik shakli belgisi bo‘yicha asosan 2-ta katta guruhga: 
davlat va nodavlat sektorida band bo‘lganlarga bo‘linadi. Lekin nodavlat sektori o‘z 
navbatida: hissadorlik jamiyatlari, ijara korxonalari, xususiy korxonalar va dehqon 
xo‘jaliklariga guruhlanib o‘rganiladi. Bunday guruhlash natijasida aholining asosiy 
qismi qanday mulkchilik tasarrufida ishlayotgani va uning tarkibi qanday 
o‘zgarayotganligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Ma’lumotlarga qaraganda hozir mehnat 
resurslarining 82,5% dan ko‘prog‘i (2016-yil) nodavlat sektor xo‘jaliklarida band va 
bu hissa yildan-yilga oshib bormoqda. 
Mehnat resurslari quyidagi vaqtlarda ko‘payishi mumkin: 
 16 yoshga to‘lgan yoshlar hisobiga; 
 Ishga jalb qilingan nafaqachilar hisobiga (shu jumladan imtiyozli 
nafaqaga chiqqanlar ham); 
 Shu hududga boshqa yerlardan kelib, ishga qabul qilinganlar hisobiga. 
Bu ko‘rsatkichlarning har birining koeffitsientlarini aniqlab, ularning mehnat 
resurslarining ko‘payishiga ta’sirini o‘rganish mumkin. 16 yoshni to‘ldirgan yoshlar 
hisobiga mehnat resurslarining ko‘payish koeffitsienti (YOQ
16
) 16 yoshni to‘ldirgan 
yoshlar sonini mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo‘lib topiladi. 
MLA
Yo
k
Yo
1000
16
16


Bu yerda MLA = mehnatga layoqatli aholi soni. 
Bu ko‘rsatkich har yili 16 yoshga to‘lgan yoshlar hisobiga iqtisodiy faol aholi 
soni qanchalik ko‘payishini bildiradi. Respublikamizda yoshlar ko‘p, demak bu 
ko‘rsatkich Respublikamizda MDH davlatlriga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. 


159 
Ishga jalb qilingan nafaqachilar koeffitsienti (NK) ishga qabul qilingan 
nafaqachilar sonini (IN) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo‘lib 
topiladi. 
;
1000
MLA
IN
NK


Bu ko‘rsatkich nafaqaga chiqqan, lekin tajribali, yuqori malakali xodimlardan 
unumli foydalanish bilan birga, ularning moddiy va manaviy ehtiyojlarini yaxshilash 
borasidagi ishlarni bildiradi. 
Hududga ko‘chib kelgan va ishga qabul qilinganlar koeffitsienti (HKIQ) 
hududga ko‘chib kelib, ishga qabul qilinganlar sonini (HKIQ) mehnat yoshdagi 
mehnatga layoqatli (MLA) aholi soniga bo‘lib topiladi 
;
1000
MLA
HKIQ
HKIQ


Bu ko‘rsatkich hududda mehnat resurslari migratsiya natijasida 
mehnat resurslari qanchalik ko‘payganligini bildiradi. 
Mehnat resurslari turli sabablarga asosan kamayishi mumkin, ularning 
asosiylari quyidagilar: 
 
Mehnat qilish yoshidan o‘tib, nafaqaga chiqadiganlar; 
 
Ushbu yilda mehnat yoshida vafot etganlar; 
 
Shu hududdan boshqa yerlarga ko‘chib ketganlar va shu kabilar. 
Bu ko‘rsatkichlarning mutloq miqdorlarini va koeffitsientlarini ham aniqlash 
mutkin. Ko‘rsatkichlarning mutloq miqdorlarini aniqlash tushinarli statistikda qayd 
qilinadi. Ularning koeffitsientlari ularning mutloq miqdorlarini mehnat yoshidagi 
mehnatga layoqatli aholi (MLA) soniga bo‘lib (promillda) topiladi. 
Mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha mehnat resurslari balansi tuziladi. 
Unda bir tomondan mehnat resurslari soni ko‘rsatilsa ikkinchi tomondan ularning 
foydalanishi xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha bandlar o‘quvchi-talabalar va ishsizlar 
ko‘rsatiladi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling