Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

12.4. Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari 
 
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashda xodimlar mehnati muhim ahamiyatga 
ega. Xodimlar soni harakati va ularning mehnatini statistik o‘rganganda, ularni turli 
belgilari bo‘yicha o‘rganadi. Xodimlar xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha, bajaradigan 
funksional vazifalari bo‘yicha guruhlanishi mumkin. 
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha: sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish transport, 
sog‘liqni saqlash, maorif va shu kabi tarmoqlarda ishlovchi xodimlarga guruhlanadi. 
Bajaradigan ishlar bo‘yicha: ishchilar injener texnik xodim, xizmatchilar, xizmat 
qiluvchi kichik xodimlar, shogird-o‘quvchilar kabi guruhlanadi. Mahsulot ishlab 
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ishlarda ishlaydigan 
xodimlar ishchilar deyiladi va ular korxonalarda ko‘pchilikni tashkil etib, asosiy kuch 
hisoblanadi. Ilmiy texnik xodimlarga ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish 
bilan bog‘liq maansablarda ishlayotgan rahbar xodimlar kiradi. 
Turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar 
soni, o‘rtacha ishga kelgan xodimlar soni kabi ko‘rsatkichlar aniqlanadi. O‘rtacha 
ro‘yxatdagi xodimlar sonini aniqlash uchun kolendar kunlaridagi ro‘yxatdagi xodimlar 
sonining yig‘indisini kolendar kunlar yig‘indisiga bo‘linadi. O‘rtacha ishga kelganlar 
sonini topish uchun haqqiqiy ishlagan kunlar yig‘indisi ish kunlari yig‘indisiga 
bo‘linadi. 
Korxonalarda xodimlar soni va ularning harakati kadrlar bo‘limi tomonidan 
yurtiladi va hisobotda ko‘rsatiladi. Barcha xodimlar doimiy, vaqtincha va mavsumiy 
ishga qabul qilingan guruhlariga bo‘linadi. Vaqtincha ishga qabul qilinganlarga 2 
oygacha yoki vaqtincha ishlamayotgan xodimlar o‘rniga 4 oygacha ishga qabul 
qilingan xodimlar kiradi. Mavsumiy ishga qabul qilinganlarga mavsum davrida 6 
oygacha mavsumiy ishni bajarishga qabul qilingan xodimlar kiradi. Ro‘yxatdagi 


163 
xodimlarga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqqandan, ishdan bo‘shatish 
to‘g‘risida buyruq chiqqungacha bo‘lgan barcha xodimlar kiradi. 
Xodimlar harakati ko‘rsatkichlari: ishga qabul qilinganlar koeffitsienti, ishdan 
ketganlar koeffitsienti, turg‘unlik koeffitsientlari bilan ifodalanadi. 
Xodimlarning ishga qabul qilish koeffitsienti – hisobot davrida yangi qabul 
qilingan xodimlar sonini korxona xodimlarning o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.
;
soni
o`rtacha
Xodimlar
xodimlar
qilingan
qabul
Ishga
nti
koeffitsie
r
qilinganla
qabul
Ishga

Xodimlarning ishdan ketish koeffitsienti – hisobot davrida ishdan bo‘shatilgan-
ketganlar sonini korxona xodimlari o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi. 
;
soni
o`rtacha
Xodimlar
soni
xodimlar
ketgan
Ishdan
nti
koeffitsie
anlar
bo`shatilg
shdan

I
Korxona xodimlarining umumiy aylanma (oborot) koeffitsienti – ishga qabul 
qilinganlar va ishdan ketganlar sonini qo‘shib (IK) korxona xodimlarining o‘rtacha 
soniga bo‘lib topiladi. 
;
soni
o`rtacha
Xodimlar
anlar
bo`shatilg
ishdan
va
qilingan
qabul
Ishga
oborot
umumiy
ing
Xodimlarin

 
;
soni
o`rtacha
Xodimlar
soni
r
ishlaganla
doimiy
da
Korxonalar
nti
koeffitsie
turg`unlik
Xodimlar

Korxonada ishga qabul qilingan va ishdan ketgan xodimlar sabablari bo‘yicha ham 
o‘rganiladi. Ishga qabul qilinganlar oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini bitirib 
kelganlar, mehnat birjasi yo‘llanmasi bilan qabul qilinganlar va hakazo. Ishdan 
ketganlar esa: nafaqaga chiqish, boshqa joyga ko‘chib ketgan, armiya xizmatiga, 
o‘qishga ketganligi, ichki intizomni buzganligi va shu kabilar. 
Xodimlarning almashib turishi ijobiy hodisa emas. Shuning uchun ham 
xodimlarning ishga qabul qilish va ishdan ketish koeffitsienti ko‘rsatkichlarini – 
sabablari bilan o‘rganish zarur. Bu ko‘rsatkichlar koeffitsientlari qanchalik «O»ga 
yaqin bo‘lsa, shunchalik yaxshi deyish lozim. 
Xodimlarning turg‘unlik koeffitsienti «1»ga yaqin bo‘lsa ijobiy, chunki 
korxonada xodimlar doimiy ravishda turg‘un ishlasalar tajribasi ortadi, ishlab 
chiqarishning tashkil etilishni o‘rganadi va hokazo, natijada xodimlarning mehnat 
unumdorligi yuqori bo‘ladi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling