Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
 


28 
2.3. Statistik kuzatishning rejasi, uning dastur – uslubiy 
 va tashkiliy masalalari 
 
Statistik kuzatish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda barcha 
tayyorgarlik ishlari, ikkinchi bosqichda tegishli ma’lumotlar to‘planadi va nixoyat 
uchinchi bosqichda to‘planga ma’lumotlarning to‘g‘riligi tekshirib ko‘riladi. 
Statistik kuzatishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun kuzatishning maxsus rejasi 
ishlab chiqiladi. Statistik kuzatishning rejasi dastur - uslubiy va tashkiliy masalalarni 
o‘z ichiga oladi. 
Statistik kuzatishning dasturiy-
uslubiy masalalari 
Kuzatish 
maqsadi va 
vazifalari 
Kuzatish 
dasturi 
Kuzatish 
obyekti va 
birligi 
Kuzatish 
formulalari va 
yo’riqnoma 
 
 
2.3-chizma. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari 
Dastur – uslubiy masalalarga kuzatish maqsadini aniqlash, kuzatish ob’ekti va 
birligini aniqlash, kuzatish dasturini ishlab chiqarish singarilar kiradi. 
Statistik kuzatishning maqsadi statistik kuzatish oldida turgan vazifalar asosida 
shakllanadi. 
Statistik kuzatishlarning umumiy maqsadi kuzatishning operativligini oshirish, 
olinadigan axborotlarning to’liqligini ta’minlash hamda ular asosida iqtisodiy tahlilni 
yanada chuqurlashtirishdan iboratdir. Kuzatishning umumiy maqsadlaridan tashqari 
har bir kuzatishning xususiy maqsad va vazifalari bo’ladi. 
Statistik kuzatishning to‘g‘ri tashkil qilinishida kuzatish ob’ekti va birligining 
ilmiy asosda aniqlanishi muxim rol o‘ynaydi. Ular kuzatishning maqsadi va vazifalari 
asosida aniqlanadi. 
Statistik tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati ma’lum miqdorda kuzatish dasturiga 
bog‘liqdir. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling