Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
“Statistik kuzatish” bobi bo‘yicha
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
“Statistik kuzatish” bobi bo‘yicha TAYANCH IBORALAR Statistik kuzatish - ijtimoiy xayot xodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda, rejali, ilmiy asosda to‘plash (yig‘ish)dir. Statistik kuzatishning ob’ekti (statistik to‘plam) - kerakli ma’lumotlar to‘planishi lozim bo‘lgan ko‘plab hodisa va jarayonlar majmui. Kuzatish birliklari - to‘plam elementlaridir. To‘plam belgisi - statistik kuzatishning har birligining xususiyatlarini ifodalovchi aniqlanishi (o‘rganilishi) lozim bo‘lgan miqdoriy tasvirini ko‘rsatuvchi tushunchadir. Sifat (atributiv) belgilar - hodisa va jarayonlarning mohiyatini ifodalovchi ko‘plab tushunchalardan tashkil topgan belgilardir. Miqdoriy belgilar - mohiyati son jihatdan ifodalanishi mumkin bo‘lgan belgilardir. Hisobot birligi - kuzatish birligi to‘g‘risida ma’lumotlar keladigan manbadir. Hisobot - davlat statistika organlari belgilagan muddatda korxona va muassasalardan olib turadigan, oldindan tasdiqlangan shakldagi statistik kuzatish shaklidir. Yalpi (to‘liq) kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plamning barcha birliklarini qamrab oluvchi statistik kuzatish turidir. Qisman kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plamni faqat bir qismi qamrab oladigan statistik kuzatish turidir. Tanlab kuzatish - tasodifiy usulda ajratilgan to‘plam birliklarining qismining kuzatilishidir. Asosiy massivni kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plam birliklarining eng muhim belgilarini qamrab oladigan qisman kuzatishdir. Monografik kuzatish - maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan qandaydir to‘plam aloxida birliklarini chuqurroq va har tomonlama o‘rganish imkonini beruvchi qisman kuzatishdir. Bevosita kuzatish - o‘rganiladigan xodisalar belgilarini qayd qiluvchilar tomonidan o‘lchash, sanash, qarab chiqish natijasida aniqlashdir. Hujjatli kuzatish - ma’lumotlar manbai sifatida turli hujjatlardan foydalanishga asoslangan kuzatishdir. So‘roq orqali kuzatish - so‘roq qilinayotgan shaxslarning javoblari asosida olinadigan ma’lumotlar orqali amalga oshiriladigan kuzatishdir. 32 Statistik kuzatishning dasturi - kuzatish jarayonida javob olinishi lozim bo‘lgan savollar majmuidir. Reprezentativlik (vakillik) xatosi - tanlab olingan to‘plam bilan bosh to‘plam umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqdir. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling