Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Davlat budjeti xarajatlari statistikasi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

14.3. Davlat budjeti xarajatlari statistikasi 
 
Davlat budjeti xarajatlariga davlatning o‘z funksiyasini bajarish maqsadida 
mamlakatni boshqarish, mudofaa qilish, xalq xo‘jaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy 
sohani yanada yaxshilash bo‘yicha davlat budjetidan qilgan sarflari yig‘indisiga 
aytiladi. 
Respublika Davlat budjetining 2016 yilgi xarajatlari 40911.3 mlrd. so‘mni 
tashkil qildi. Bu summaning katta qismi ijtimoyi soha ( maorif, sog’liqni saqlash va 
shu kabilar ) va aholini ijtimoyi qo’lab quvvatlashga sarflanadi. 2016-yilida bu sohaga 
davlat budjeti xarajatlarning 55,6 % sarflangan
Davlat mamlakatni boshqarish uchun xokimiyat apparatini saqlashi, tartibni 
saqlash va qonunni himoya qilish uchun sud, prokuratura, ichki ishlarni tuzadi, hamda 
barcha xarajatlarini budjetdan qoplaydi. 
Davlat mamlakatni himoya qilish (tashqi va ichki qarshi kuchlardan) uchun 
mudafaa – qurolli kuchlarni tashkil etadi va barcha xarajatlarni budjetdan sarflaydi. 


192 
Davlat madaniy sohasidagi barcha asosiy xarajatlarini budjetdan 
moliyalashtiriladi. 
Davlat budjeti xarajatlarini ikki xil guruhlash mumkin: a) yo‘nalishi ya’ni qaysi 
funksiyani bajarish uchun sarflangani bo‘yicha; b) sarflarning iqtisodiy mohiyati 
bo‘yicha. 
Yuqorida yozilganlardan ma’lumki, davlat budjeti ijtimoiy sohani (sog‘liqni 
saqlash, ta’lim-tarbiya, fan, madaniyat va shu kabi) hamda mamlakatni boshqarish va 
mudafaa qilishga sarflanadi.
Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy mohiyati bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi: 
I. Joriy sarflar – davlat budjeti sarflarining katta qismini tashkil etadi. Bu 
guruhga davlat boshqaruv sektorining barcha joriy xarajatlari kiradi. 
II. Kapital sarflar – bu tarmoqlarni rivojlantirish uchun asosiy kapital, 
nommodiy aktivlar, yer moddiy zaxiralar, qimmatbaho buyumlar sotib olish va shu 
kabi boshqa kapital sarflarni o‘z ichiga oladi. 
III. Kreditlash minus qarzning qoplanishi – bu guruhga davlatga tegishli 
muassasalarning boshqalarga bergan ssudalarni yoki aksiyalarni sotib olishga 
sarflangan (qaytarilgan ssudalar va qaytarib sotilgan aksiyalar qiymati chiqarib 
tashlanganidan keyin) xarajatlar kiritiladi. 
Davlat budjetining asosiy parametr ko‘rsatkichlari har yili Respublika Oliy 
Majlisida ko‘rib chiqiladi. Yil davomida davlat budjeti ijrosini Respublika Moliya 
vazirligi va uning joylardagi hududiy (viloyat, shahar, tuman) moliya organlari amalga 
oshiradi. Xo‘jalik yurituvchi boshqa soliq to‘lovchilardan soliqlarning to‘g‘ri 
hisoblanganligini va o‘z muddatida budjetga o‘tkazilganligini Davlat Soliq Qo‘mitasi 
va joylardagi uning boshqarmalari nazorat qilib boradi. Davlat budjetiga tushgan 
mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa tijorat banklarida 
ochilgan hisob varaqlarda (Respublika budjeti, mahalliy budjetlar) saqlanadi va Moliya 
vazirligi ko‘rsatmasi bilan sarflanadi. Shuning uchun ham soliq, bojxona organlari
banklar davlat budjetiga tushumlar (daromadlar) hamda budjet mablag‘larini 
ishlatuvchilar olingan mablag‘larni maqsadli, reja (smeta) asosida foydalanganliklari 
bo‘yicha hisobot topshiradilar. 
Umuman davlat budjetini o‘rganishda statistik usullardan keng foydalaniladi. 
Amaliyotda davlat budjeti daromadlari rejasining bajarilishi (hududlar bo‘yicha, 
daromad turlari bo‘yicha), daromadlarning bir necha yillarda umumiy hajmining va 
turlari bo‘yicha o‘zgarishini dinamika qatorlaridan foydalanib aniqlanadi. 
Daromadlar tushumini tahlil qilganda indeks usulidan foydalanib, soliq 
solinadigan baza (B), soliq stavkasi (SS) va soliqning yig‘ilish darajasiga (d) deb 
olinib, ularning o‘zgarishi soliqning umumiy hajmiga ta’sirini (∆st – soliq tushimi 
hajmining farqi) aniqlash mumkin. 
O‘tgan davrdagi soliq hajmi: ST

=B
0
· SS
0
· d
0

Joriy yildagi soliq tushumi: ST
1
= B
1
· SS
1
· d
1

Joriy yilda soliq tushumining o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi (farqi) ∆ST = 
St
1
-ST
0
. Bu farqga yuqoridagi uchta omilning ta’sirini qo‘yidagicha aniqlash mumkin: 
a) Soliq solish bazasining o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga ta’siri: ∆STa = 
(B
1
-B
0
)· SS
0
· d
0



193 
b) Soliq stavkasining o‘zgarishining soliq tushumi umumiy hajmiga ta’siri. 
∆STb = (SS

– SS
0
) · d
0
B
1

v) Soliq yig‘ilishi darajasi o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga ta’siri ∆STv = 
B
1
· SS
1
(· d
1
-d
0


Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling