Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Davlat budjeti daromadlari statistikasi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

14.2. Davlat budjeti daromadlari statistikasi 
 
Davlat budjetiga asosan soliqlar kelib tushadi va ular budjet daromadining 80 % 
ko‘prog‘ini takshil etadi. Budjetga to‘lanadigan soliq turlari ko‘p bo‘lib, ularning 
asosiylari aksiz, qo‘shilgan qiymat solig‘i daromad (foyda) solig‘i, mulk solig‘i, suv 
resurslaridan foylanganlik uchun soliq va shu kabilar. 
Aksiz solig‘i aholi uchun juda zururiy ehtiyoj bo‘lmagan ayrim (spirtli 
ichimliklar: vino, aroq, konyak; tamaki mahsulotlari, benzin, mashinada to‘qilgan 
gilam kabi) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga belgilangan. Bu mahsulotlarni ishlab 
chiqaruvchilar aksiz solig‘i to‘lovchilar bo‘lib, ular ishlab chiqargan tayyor 
mahsulotlar qiymatiga (tannarxiga) belgilangan stavkada aksiz solig‘i qo‘shib, 
xaridorlarga sotadilar. Korxonalar bu soliq summasini belgilangan muddatlarda davlat 
budjeti o‘tkazadilar. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i – korxonalar ishlab chiqargan va sotilishi lozim 
bo‘lgan tayyor mahsulotlar qiymatiga belgilangan stavkada (keyingi yillarda 20%) 
qo‘yiladi. Xaridorlar bu summani to‘lagandan keyin, ishlab chiqarish korxonasi 
(tayyor mahsulotni sotgan korxona) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini budjetga 
o‘tkazadi. 
Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat daromadlaridan (foydalaridan) 
belgilangan stavkalarda budjetga daromad (foyda) solig‘i to‘laydilar. Daromad solig‘i 
bo‘yicha turli imtiyozlar bor, ularni bu yerda batafsil tushuntirib o‘tmoqchi emasmiz. 
Chunki talabalar «Soliq va soliqqa tortish» deb nomlangan maxsus fan o‘tadilar. Faqat, 
shuni tushunish lozimki, bu soliq to‘lovlarining daromadidan (foydasidan) to‘lanadi. 
Demak, mohiyati bo‘yicha soliq solish ob’ektiga asosan to‘g‘ri (bevosita) soliq 
turiga kiradi. Daromad (foyda) solig‘i deyilishiga sabab, ishlab chiqarish korxonalari 
faoliyatlaridan olgan sof tushumlaridan barcha xarajatlarini chegirib (chiqarib) 
tashlangan summadan, ya’ni foydadan soliq to‘laydilar. Tijorat banklari, sug‘urta 
tashkilotlari, auksion, kozino, videosalon va shu kabilar daromad solig‘i to‘laydilar. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni yer osti va yer usti suvlaridan 
foylanuvchilar (yuridik shaxslar) belgilangan stavka bo‘yicha budjetga soliq 
to‘laydilar. 
Soliqlardan tashqari davlat budjetiga soliqsiz to‘lovlar ham kelib tushadi. 
Soliqsiz to‘lovlarga qonun hujjatlariga muvofiq hadya etish, meros olish huquqi 
bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan mablag‘lar; davlat mulkini xususiylashtirish (sotish) 
natijasida olingan mablag‘lar; yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan budjet 
ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar, hamda chet el mamlakatlari, yuridik 
va jismoniy shaxslaridan beg‘araz yordam sifatida qaytarilmaydigan olingan 


190 
mablag‘lar kiradi.Davlat budjeti daromadlariga maxsus maqsad uchun tashkil etilgan 
pensiya fondiga, aholining ish bilan bandlik fondiga, yo‘l fondiga kelib to‘shadigan 
mablag‘lar ham tenglashtiriladi. 
Chet davlatlardan, chet el yuridik va jismoniy shaxslaridan olingan beg‘araz 
yordamlar transfertlar deb ataladi. 
Shunday qilib, davlat budjeti daromadlarini sxemada ifodalasak. 
Davlat budjeti daromadlari 
Soliq tushumlari 
Soliqsiz tushumlar 
Soliq tushumlarining o‘zi yuqorida ko‘rganimizdek iqtisodiy mohiyati bo‘yicha 
uch guruhga bo‘linadi. Bular bevosita (to‘g‘ri) soliqlar, bilvosita (egri) soliqlar va 
resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar. 
Demak Davlat budjetida soliqlarning hissasi kamayib mutloq summasi 
ko‘paymoqda) bormoqda. Bu davlatimizning iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling