Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
188 XIV bob. MOLIYA-KREDIT TIZIMI STATISTIKASI Reja: 14.1. Davlat budjeti mohiyati va statistikaning vazifalari. 14.2. Davlat budjeti daromadlari statistikasi 14.3. Davlat budjeti xarajatlari statistikasi 14.4. Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari. 14.5. Bank statistikasining asosiy ko’rsatkichlari. 14.6. Kredit mohiyati, manbalari va turlari 14.7. Pul muomalasi ko‘rsatkichlari statistikasi . 14.1. Davlat budjeti mohiyati va statistikaning vazifalari Davlat budjeti – mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda, xukumatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Davlat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (korxona, tashkilot, firmalar), hamda jismoniy shaxs daromadlarining bir qismini soliqlar tarzida olib, markazlashgan moliyaviy resurslar tashkil etadi va uni aholining turli sabablar bilan (nogironlik, ko‘p bolalik, ishsizlik va shu kabi sabablar) kam ta’minlangan qatlamini himoya qilish, ijtimoiy sohani hamda davlatni boshqarish uchun xarajat qiladi. Budjet so‘zining ma’nosi – chemodan, pul to‘ldirilgan xaltani bildiradi. Demak, budjet davlatning bir tomonidan daromadlar, ikkinchi tomondan ularni nimalarga sarflanishini bildiradigan moliyaviy rejadir. O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi (2000 yil 14 dekabrda tasdiqlangan) qonunida «Davlat budjeti-davlat pul mablag‘larini (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armali mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi», deyilgan. Davlat budjeti statistikasining asosiy vazifasi hukumatning fiskal siyosatining mazmuni va yo‘nalishini belgilovchi budjet ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tavsif berishdir. Buning uchun davlat budjetida quyidagilarni aniqlash va o‘rganish lozim: davlat budjeti daromadlarining hajmi va uning davr mobaynida o‘zgarishini; davlat budjeti xarajatlarining umumiy hajmi va uning davr mobaynida o‘zgarishini; budjet daromadlari tarkibi va uning o‘zgarishini; budjet xarajatlari tarkibi va uning o‘zgarishini; davlat budjeti daromadlarining xarajatlaridan ko‘pligini (BD >BX profitsit) yoki xarajatlarning daromadlardan (BD) ko‘pligini (BD < BX = defitsit) o‘rganish; budjet defitsitini moliyalash (qoplash) manbalarini; xukumat fiskal siyosatining samaradorligini hamda fiskal siyosatning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ta’sirini o‘rganish. 189 Xalqaro valyuta fondi tavsiyasi bo‘yicha davlat budjeti ko‘rsatkichlar tizimi quyidagicha guruhlanadi: A) Daromadlar va rasmiy olingan transportlar tasnifi; B) xarajatlar va sof kreditlari (qaytarilganidan tashqari) tasnifi; V) Budjet defitsitini moliyalashga doir operatsiyalar tasnifi; G) Davlat qarzining tasnifi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling