Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Pul muomalasi ko’rsatkichlari statistikasi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
14.7. Pul muomalasi ko’rsatkichlari statistikasi
 
 
Iqtisodiy nazariya fanida pulning paydo bo‘lish tarixi va uning funksiyalari: 
qiymat o‘lchov, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi vazifalari 
o‘rganilgan. Pul muomalasi statistikasi ob’ekti bo‘lib pul muomalasi bilan bog‘liq 
ko‘plab hodisalarning miqdori jihatlarini iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida baholash va 
ularning o‘zgarish tendensiyalarini o‘rganishdir. 
Ma’lumki, pulning yuqoridagi o‘z vazifalarini bajarishdagi to‘xtovsiz harkati 
pul muomalasini tashkil etadi. Pul muomalasi naqd va naqdsiz mablag‘lari harakatida 
nomoyon bo‘ladi. Demak, tayyor mahsulotlar, tovarlar sotish, xizmat ko‘rsatish va turli 
xil to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlaridagi pullarning naqd va naqd pulsiz hisoblar 
orqali bo‘ladigan harakatlari pul muomalasini tashkil etadi. 
Statistikada pul massasi, uning darajasi, davr mobaynida dinamik o‘zgarish, 
tarkibi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar yordamida pul muomalasi o‘rganiladi. Bu 
ko‘rsatkichlarni ifodalovchi miqdorlar o‘rganilib, pul muomalasini tavsiflovchi sifat 
o‘zgarishlarni aniqlaymiz. 
Pul muomalasi bozor iqtisodiyotining moliyaviy asoslaridan biri bo‘lib, uning 
barqarorligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning kengayishi aholining bandligini 
ta’minlovchi, narxning keskin tebranishga yo‘l qo‘ymaydigan quroldir. 
Shuning uchun ham pul muomalasi statistikasining asosiy vazifasi muomaladagi 
pul massasining miqdorini va uning o‘zgarishini o‘rganishdir. 
Pul muomalasi va kredit statistikasining asosiy vazifalari: 
 pul massasi miqdori va uning tarkibini o‘rganish; 


197 
 pulning aylanishini izohlash va pulning qadrsizlanishga sabab bo‘lgan 
omillarni o‘rganish; 
Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi tovarlarni sotish, xizmatlar 
ko‘rsatish va turli xil to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida naqd pul yoki naqd pulsiz 
hisob-kitoblarni bajaradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (bundan keyin korxonalar) 
faoliyatlarini yuritish uchun kerakli mehnat predmetlarini sotib olishi; xodimlarni 
ishlatib, ularga ish haqqi to‘lashlari, budjetga soliqlarni o‘tkazishlari va shu kabi 
to‘lovlarni amalga oshirish lozim. Aholi o‘z ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini 
sotib olishi; transport, kommunal xizmatlar uchun (gaz, svet, suv va shu kabilar) 
to‘lovlarni amalga oshirishi lozim. Bu operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun 
korxonalarga ham, aholiga ham yetarli miqdorda pul mablag‘lari kerak. 
Xalqaro valyuta fondi (XVF) tasdiqlangan standartlarga asoslangan holda 
umumiy pul miqdori quyidagicha aniqlanadi. 
M
0
– naqd pullar; 
M
1
M
0
+ talab qilib olinguncha depozitdagi pullar: ya’ni budjet mablag‘lari, 
jamoa va boshqa tashkilotlarning hisob-kitob schetlaridagi pul mablag‘larining 
qoldig‘i; 
M

M

+ banklardagi muddatli va jamg‘armali omonatlar (depozitlar). 
M
3
M
2
+ chiqarilayotgan sertifikatlar + zayom obligatsiyalari + hazina 
majburiyatlari. 
O‘zbekisitonda ham bu pul massasi agregatlaridan foydalanilmoqda va u 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
M
0
– naqd pullar; 
M
1
– M
0
+ hisob varaqlardagi pul qoldig‘i + mahalliy budjet mablag‘lari + jamoa 
va boshqa tashkilot mablag‘lari; 
M
3
– M
2
+ sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + Xazina 
majburiyatlari. 
Ma’lum davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagicha 
aniqlanadi. 
Pm

.
.
Т
А
P
Х
МКТ
КТ
ТХ






Bu yerda Pm = muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori; 
ΣTX – sotilish lozim tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi; 
ΣKT – Kreditga sotilgan tovarlar summasi. 
ΣMKTX – to‘lov muddati kelgan, qarzga sotilgan tovarlar va xizmatlar. 
P.A.T. – pulning aylanish tezligi. 
Agarda keditga sotiladigan tovarlarning hozirgi paytda yo‘qligini yoki (- KT va 
ΣMKTX) o‘zaro teng bo‘lishini inobatga olsak, asosan
Pm = 
.
.
Т
А
P
ТХ

; Bu yerda PMx P.A.T. = ΣTX yoki Σqp: 
Amerikalik iqtisodchi olim I. Fisher pulning miqdoriy nazariyasini quyidagi 
«almashuv tengligi» bilan ifodalagan: 
MU = QP 
Bu yerda: M – muomaladagi pullar miqdori; 


198 
U – pulning aylanish tezligi; 
Q - tovarlar fizik hajmi
P – narxlarning o‘rtacha darajasi. 
Demak yuqoridagi formulalardan ko‘rinib turibdiki, baho (narx) darajasi pul 
massasi va uning aylanish tezligiga to‘g‘ri, tovar hajmi bilan esa teskari bog‘lanishda. 
P = 
ТХ
PММхPА
yoki
Q
U
М .

Shuning uchun ham narxning (bahoning) ko‘paytirilib ketmasligi ishlab 
chiqarilayotgan tovar-mahsulot hajmiga bog‘liq ekan. 
O‘zbekistonda 1995 yilda nominal pul massasi M
2
bo‘yicha pul massasining 
1994 yildagi o‘sish darajasidan 1,5 baravar (marta) kam bo‘lgan. Respublika Markaziy 
banki tomonidan inflyatsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 
muomaladagi pul massasining o‘sish sur’atlari qisqarib bormoqda. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling