Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Kredit mohiyati, manbalari va turlari


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

14.6. Kredit mohiyati, manbalari va turlari 
 
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni 
ma’lum maqsad uchun pulga muhtojlarga ma’lum muddatga foizi bilan qaytarish sharti 
bilan qarzga berishdir. Kreditning mavjudligi takror ishlab chiqarish jaryonida pul 
mablag‘larining (kapitalning) aylanishi bilan bog‘liq. Takror ishlab chiqarish 
jaryonining biror joyida vaqtincha bo‘shab qolgan mablag‘lar, takror ishlab 
chiqarishning boshqa biror joyida kerak bo‘lib,turganda, bo‘sh mablag‘lar kredit 
manbai sifatida paydo bo‘ladi. Bozor munosabatlarining boshlang‘ich davrlarida 
mablag‘larga talab ko‘payadi. Shuning uchun ham hozir kredit xalq xo‘jaligi tarmoq 
korxonalarini rivojlantirishda, umuman pul aylanmasini tashkil etishda ahamiyati 
katta.
Kredit resurslarining asosiy manbalari: 
 korxona, tashkilotlarning bankdagi amartizatsiya ajratmalari; 
 takror aylanish jarayonida korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari; 
 korxonalarning fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy 
rag‘batlantirish va boshqa fondlar mablag‘lari; 
 aholining bankdagi omonatda saqalanayotgan mablag‘lari; 
 Budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa nodavlat 
tashkilotlarining banklardagi pul mablag‘lari. 
Kreditni tijorat banklari, korxona va tashkilotlar, kredit uyushmalari, investitsiya 
jamg‘armalari, davlat, firmalar, sug‘urta kompaniyalari berishi mumkin. 
Statistikada kreditlar bir necha belgilari bo‘yicha guruhlanishi mumkin: 
Kreditning maqsadi bo‘yicha: iste’mol krediti,sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi, 
kommunal kredit va boshqalar. 
Kredit miqdori bo‘yicha kreditlar: mayda, o‘rta va yirik (katta) hajmdagi 
kreditlar bo‘linadi. Katta hajmdagi kreditlar ko‘pincha asosiy vositalarni 
modernizatsiya qilishga, kapital qo‘yilmalarga beriladi. Ta’minot darajasi bo‘yicha 
kreditlar: ta’minlangan va ta’minlanmagan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlangan 
kreditlar aniq bir moddiy yoki nomoddiy boyliklar bilan garovga qo‘yilib yoki sug‘urta 
qilinib qaytarilishi garantiyalangan bo‘ladi. 
Kredit statistikasida kredit hajmi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Kredit hajmi 
ma’lum davrga berilgan kredit summalaridan (barcha mijozlarga berilgan) qaytarilgan 
kredit summasini ayirib tashlanganiga teng. Kreditlar qo‘yilmalari hajmi banklar


196 
mijozlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga berilgan kredit hajmi va hissalari aniqlanib 
o‘rganiladi. 
Kreditning o‘rtacha hajmi vaznli arifmetik o‘rtacha bilan aniqlanishi mumkin. 
Bunda kredit summalari (Pi) kredit muddatlariga (t
i
) ko‘paytirilib, kredit muddatlari 
yig‘indisiga bo‘linadi. 
i
i
i
t
t
P
P




; bu yerda 

P
= kreditning o‘rtacha hajmi. 
Kreditdan foydalanish o‘rtacha muddati – bu barcha kreditlarning o‘rtacha necha 
kunda bir marta qaytarilganligini bildiradi. Bu quyidagicha aniqlanadi: 


t
i
i
i
P
P
t


Kredit summasining bir yilda o‘rtacha necha marta aylanganligini bilish uchun 
har bir ssuda bo‘yicha kredit hajmi va aylanishini kredit hajmlari yig‘indisiga bo‘lib 
topiladi. 
i
i
i
P
P
n
n




yoki 



t
D
n

Bu yerda 

n
- kreditning bir yilda o‘rtacha necha marta aylanganligi D – bir 
yildagi yoki ma’lum davrdagi kunlar soni.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling