bo‘limlarga guruhlanib ikki xonali son bilan kodlangan. Bo‘limlar esa o‘z navbatida
uch xonali raqamlar bilan kodlangan guruhlarga bo‘lingan. Guruhlar to‘rt xonali
raqamli kodda sinflarga, sinflar turkumlarga (besh xonali raqamli kod), ular esa
tiplarga (etti xonali raqamli kod), tiplar sakkiz xonali raqam bilan kodlangan turlarga
guruhlangan. Misol tariqasida transport xizmatlari tasnifini ko‘rsak.
I-seksiya.
Transport, omborxona xo‘jaligi va aloqa xizmatlari.
60-bo‘lim.
Quruqlikdagi transport xizmatlari va quvurlar orqali mahsulotni
etkazib berish.
60.1-guruh.
Temiryo‘l transporti xizmatlari.
60.10-sinf.
Temiryo‘l transporti xizmatlari.
60.10 II turkum.
SHaharlararo yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha temiryo‘l
transporti xizmatlari
60.10. II.20 tur.
SHaharlararo yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha temiryo‘l
transportining tezyurar poezdlari xizmatlari va shu kabi.
SHunday qilib, faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar FTBXUTda 17 seksiya, 99 ta
bo‘lim, yuzlab turlarga guruhlangan va ular tegishli ravishda kodlashtirilgan. FTBXUT
mamlakat miqiyosida xizmatlarni turlari bo‘yicha to‘g‘ri, bir xilda tasniflashni va ular
faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi 2007 yildan boshlab,
xizmatlarning: savdo va ovqatlanish xizmatlari, transport xizmatlari, aloqa va
informatizatsiya xizmatlari, moliya xizmatlari, turistik-ekskursiya xizmatlari,
mehmonxona xizmatlari, kommunal xizmatlar, maishiy xizmatlar, avtomobil va
boshqa texnikalarni ta’mirlash, bolalarni sog‘lomlashtirish va sport muassasalari
xizmatlari; turlari bo‘yicha guruhlashtirib ma’lumotlarni bermoqda. Xizmatlarning bu
turlari bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi va uning rivojlanish sur’atlari quyidagi jadvalda
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |