Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Yakka iqtisodiy indekslar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
9.2. Yakka iqtisodiy indekslar Indekslarni hisoblashda ikkita davr qatnashadi, biri - joriy (hisobot), ikkinchisi - o‘tgan, bazis davr deb ataladi. Joriy davr deyilganda indekslashtirilayotgan hodisaning solishtirilayotgan darajasi tushuniladi. U “1” satr osti ishorachasi bilan ifodalanadi. Bazis davr deyilganda taqqoslash asosi qilib olingan daraja tushuniladi, uni “0” satr osti ishorachasi orqali ifodalash qabul qilingan. i va I lar esa mos ravishda yakka (individual) va umumiy indekslarni ifodalaydi. Yakka iqtisodiy indekslarni hisoblash uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlarni quyidagicha belgilash qabul qilingan. № Ko‘rsatkichlar Belgisi O‘tgan davr (bazis) Joriy davr 1. Mahsulot fizik hajmi (miqdori) Q q 0 q 1 2. Mahsulot narxi (bahosi) P p 0 p 1 3. Mahsulot bir birligining tannarxi Z Z 0 Z 1 4. Mahsulotga sarflangan harajatlar С С 0 С 1 5. Mahsulot bir birligiga sarflangan vaqt T t 0 t 1 6. Mehnat unumdorligi V v 0 v 1 7. Tovar aylanmasi Qp q 0 p 0 q 1 p 1 Yakka iqtisodiy indekslar yakka (alohida) voqea-hodisalarning davr (vaqt) mobaynida o‘zgarishini ifodalaydi. Yakka iqtisodiy indekslar bu voqea-hodisalarning joriy davri ko‘rsatkichini o‘tgan davr bilan taqqoslab (bo‘lib) uning o‘zgarishini indeksda ko‘rsatadi. Mahsulot fizik hajmi (miqdori) indeksi aniq biror mahsulotning (xizmatning) joriy davrdagi miqdorini (q 1 ) o‘tgan (bazis) davrdagi ishlab chiqarilgan miqdoriga (q 0 ) bo‘lish bilan aniqlanib, ushbu davrda bu mahsulot ishlab chiqarish hajmi indeksda qanday o‘zgarganligini bildiradi. Misol: sement zavodi joriy oyda 800 t mahsulot ishlab chiqardi. O‘tgan yili shu oyda zavod 600 tonna sement ishlab chiqargan edi. Demak, mahsulot fizik hajmi yakka indeksi i=q 1 :q 0 =800:600=1,33. Bu zavod joriy oyda o‘tgan davrga nisbatan sement ishlab chiqarish hajmini 33 foizga ko‘paytirganini bildiradi. 112 Bahoning (narxning) yakka indeksi joriy davrda biror-bir mahsulot (tovar, xizmat) turining narxi o‘tgan davrga nisbatan qanday o‘zgarganligini bildiradi. Shuning uchun ham biror mahsulot joriy davrdagi bahosini (p 1 ) o‘tgan davrdagi bahosiga (p 1 ) bo‘lib topiladi. Misol: Samarqand Marmar bozorida 1 kg kartoshkaning narxi 2018 yil aprel oyida 2800 so‘m bo‘lsa, shu yil may oyiga kelib kartoshkaning narxi 2500 so‘m bo‘lgan. Kartoshkaning narxi indeksi ip=p 1 :p 1 =2500:2800=0,893 ya’ni 1 kg kartoshkaning narxi ushbu davrda 10,7 % ga (100,0-89,3%) pasaygan. Mahsulot bir birligining yakka narxi indeksi ham aniq biror turdagi mahsulot (xizmat) joriy davrdagi tannarxining (Z 1 ), shu mahsulotning o‘tgan davrdagi tannarxiga (Z 0 ) bo‘lish bilan topiladi. Tannarx muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri. Faoliyat yurituvchi sub’ektlar yakka tannarx indeksi orqali bu ko‘rsatkichning qanday o‘zgarayotganligini o‘rganib borishi lozim. Tannarx foyda ko‘rsatkichiga bevosita ta’sir qiluvchi omildir. Shuning uchun ham tannarxni pasaytirish (mahsulot sifatiga ta’sir qilmasdan) choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi. Xuddi shunday boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yakka indekslar hisoblonadi. Ularni quyidagicha yozish mumkin. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling