Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


188 
XIV bob. MOLIYA-KREDIT TIZIMI STATISTIKASI 
 
Reja: 
 
14.1. Davlat budjeti mohiyati va statistikaning vazifalari. 
14.2. Davlat budjeti daromadlari statistikasi
14.3. Davlat budjeti xarajatlari statistikasi
14.4. Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari. 
14.5. Bank statistikasining asosiy ko’rsatkichlari. 
14.6. Kredit mohiyati, manbalari va turlari 
14.7. Pul muomalasi ko‘rsatkichlari statistikasi . 
14.1. Davlat budjeti mohiyati va statistikaning vazifalari 
Davlat budjeti – mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda, xukumatning iqtisodiy 
siyosatini amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Davlat xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar (korxona, tashkilot, firmalar), hamda jismoniy shaxs daromadlarining bir 
qismini soliqlar tarzida olib, markazlashgan moliyaviy resurslar tashkil etadi va uni 
aholining turli sabablar bilan (nogironlik, ko‘p bolalik, ishsizlik va shu kabi sabablar) 
kam ta’minlangan qatlamini himoya qilish, ijtimoiy sohani hamda davlatni boshqarish 
uchun xarajat qiladi. Budjet so‘zining ma’nosi – chemodan, pul to‘ldirilgan xaltani 
bildiradi. Demak, budjet davlatning bir tomonidan daromadlar, ikkinchi tomondan 
ularni nimalarga sarflanishini bildiradigan moliyaviy rejadir. O‘zbekiston 
Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi (2000 yil 14 dekabrda tasdiqlangan) 
qonunida «Davlat budjeti-davlat pul mablag‘larini (shu jumladan davlat maqsadli 
jamg‘armali mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromad 
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq 
maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda 
tutiladi», deyilgan. 
Davlat budjeti statistikasining asosiy vazifasi hukumatning fiskal siyosatining 
mazmuni va yo‘nalishini belgilovchi budjet ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tavsif 
berishdir. Buning uchun davlat budjetida quyidagilarni aniqlash va o‘rganish lozim: 
 davlat budjeti daromadlarining hajmi va uning davr mobaynida o‘zgarishini; 
 davlat budjeti xarajatlarining umumiy hajmi va uning davr mobaynida 
o‘zgarishini; 
 budjet daromadlari tarkibi va uning o‘zgarishini; 
 budjet xarajatlari tarkibi va uning o‘zgarishini; 
 davlat budjeti daromadlarining xarajatlaridan ko‘pligini (BD >BX profitsit) yoki 
xarajatlarning daromadlardan (BD) ko‘pligini (BD < BX = defitsit) o‘rganish; 
 budjet defitsitini moliyalash (qoplash) manbalarini
 xukumat fiskal siyosatining samaradorligini hamda fiskal siyosatning mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirishga ta’sirini o‘rganish. 


189 
Xalqaro valyuta fondi tavsiyasi bo‘yicha davlat budjeti ko‘rsatkichlar tizimi 
quyidagicha guruhlanadi: 
A) Daromadlar va rasmiy olingan transportlar tasnifi; 
B) xarajatlar va sof kreditlari (qaytarilganidan tashqari) tasnifi; 
V) Budjet defitsitini moliyalashga doir operatsiyalar tasnifi
G) Davlat qarzining tasnifi.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling