Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
14.4. Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari Davlat budjeti defitsiti (taqchilligi) deganda budjet daromadlaridan xarajatlarning ko‘p bo‘lganligi tushuniladi. Ko‘pgina davlatlarda, hatto iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida ham budjet defitsiti kuzatiladi. XVF ning ma’lumotiga ko‘ra 2000 yilda 126 davlatdan 98 tasi budjeti defitsit bo‘lgan. 2004 yil O‘zbekiston Davlat budjeti taqchilligi YAIMga nisbatan 0,4 % tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining defitsit bo‘lishiga bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholining kuchli ijtimoiy himoya qilinishi natijasida ijtimoiy sohaga yildan-yilga ko‘proq mablag‘ ajratilishi hamda xodimlarning minimal ish haqqining miqdorini har yili oshirib kelinishi asosiy sabablardan biridir. 2004 yil ijtimoiy sohani rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga katta ahamiyat berildi. Natijada aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 6,5 %, aholining ish bilan bandligi – 3,4%, real pul daromadlar 16 % ko‘paygan, davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan yordam va nafaqalar ko‘paygan. Faqat keyingi yillarda Respublika Prezidenti farmoniga asosan 2017 yilda minimal ish haqqi 1.15 baravar, 2018 yil 1 noyabrdan esa 1,10 baravar oshirildi va amaldagi minimal ish haqi 202730 so‘mni tashkil etadi. Davlat budjeti defitsiti ichki va tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mumkin. Budjet defitsitini qoplovchi ichki manbalarga davlat boshqaruviga qarashli va iqtisodiyotning boshqa sektorlariga qarashli mablag‘larning jalb qilinishi: Respublika Markaziy bankidan olinadigan qarzlar, davlatning qisqa va uzoq muddatli obligatsiyalarini chiqarish va sotish, yangidan pul chop qilib, muomalaga chiqarish (pul emissiyasi) va boshqa yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Tashqi manbalar ham mamlakat budjet defitsitini qoplash uchun xorijiy davlatlardan, xalqaro tashkilotlar, banklardan olinadigan qarzlar yoki ularning mablag‘larini iqtisodiyotga jalb qilishdir. Demak davlat budjetining deifitsitini qoplash davlatning ichki va tashqi qarz majburiyatlarini ko‘paytiradi. Lekin yuqoridagi davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari iqtisodiyotni rivojlantirishga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, yangi pul massasini muomalaga (pul emissiyasi) chiqarish, tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanmagan muomaladagi pulning ko‘payishiga olib keladi, natijada narxlar oshib, inflyatsiya darajasi ko‘tariladi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling