Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
 
 
 
15.7. Daromadlar tengsizligi va kambag‘allik chegarasi 
 
Dunyo mamlakatlari aholisi turmush darajasi bilan farq qiladi. Bunga turli 
sabablar bilan (ko‘p yillar mustamlaka bo‘lganligi, tabiiy sharoiti, ko‘p yillik urushlar 
va shu kabilar) mamlakatlar iqtisodiyotining turlicha rivojlanishi asosdir. Lekin bir 
mamlakat ichida ham aholining turli qatlamlari daromadlari har xildir. Aholining aql-
idroki, jismoniy sog‘lomligi, bilimi, malakasi, oila tarkibi, tadbirkorlik omadi har xil. 
Shu sababli oilalar turlicha daromad topadilar va natijada turmush darajalari har xil 
bo‘ladi. Nazariy jihatdan daromadlarning haqiqiy taqsimoti egri chiziq bilan 
ifodalanadi va Lorens chizig‘i deyiladi. 


217 
50 -
40 -
30 - 
20 - 
10-
10 20 30 40 50 % oilalar foizi 
Mutloq tenglikni ifodalovchi to‘g‘ri chiziq bilan Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi 
tafovut daromadlar tengsizlik darajasini ifodalaydi. Bozor munosabatlari aholi 
daromadlarining mutloq tengligini inkor etadi. Shu bilan birga 10 % aholi 
daromadlarining 100 % ini o‘zlashtirib olishi mumkin ham emas. Chunki bunday holda 
90 % aholi daromadsiz qolib, qashshoqlikga mahkum etilgan bulur edi. 
Bozor munosabatlari sharoitida aholining bir qismi daromadlari kam bo‘lganligi 
sababli moddiy va manaviy ehtiyojlarini to‘liq qondira olmaydi. Aholining bunday 
qatlamini kambag‘allar deyiladi. Aholi daromadlari va kambag‘allik darajasini 
oilalarni tanlab kuzatish yo‘li va normativ usul bilan aniqlash mumkin. Tanlab 
ko‘zatish usulida oila daromadlari mamlakat o‘rtacha daromadidan bir necha baravar 
past bo‘lsa, bu oila kambag‘al hisoblanadi. Ko‘pincha, shu jumladan O‘zbekistonda 
ham normativ usulda kambag‘allik aniqlanadi. Bu usulda eng zaruriy oziq-ovqatlar, 
iste’mol buyumlar va xizmatlar to‘plami (iste’mol savati) qiymati asosida aniqlanadi. 
Bu qiymat iste’mol budjetini tashkil etadi. Eng kam iste’mol budjetiga yoki uning bir 
qismiga (misol 50 % foizi) to‘g‘ri keladigan daromad kambag‘allik chegarasi (kch) 
deyiladi. Hukumatimiz kambag‘allik chegarasidan past darajada yashovchi aholiga 
turli yordam ko‘rsatib, o‘zining ijtimoiy himoyasiga olgan. 
Mamlakat yoki hudud bo‘yicha kambag‘allikning vaqt (davr) mobaynida 
o‘zgarishi statistikada kambag‘allik indeksida ifodalanadi. Kambag‘allik indeksi (Jk) 
ushbu davrdagi kambag‘allik koeffitsientini (KK
1
) taqqoslanayotgan bazis davr 
kambag‘allik koeffitsientiga (KKo) bo‘lib topiladi. Ya’ni Jk = KK
1
: KKo: 
O‘z navbatida kambag‘allik koeffitsientlari esa joriy davr yoki bazis davrlarda 
kambag‘allik chegarasidan past daromadga ega bo‘lgan aholi (KCHPA) sonini barcha 
aholining tegishli davrdagi o‘rtacha soniga bo‘lib topamiz. 
KK
1

1
1
А
КCHPА
; KK
0

Ао
КCHPАо

Bu ko‘rsatkichlarni statistik o‘rganish natijasida davr mobaynida kambag‘allik 
darajasining chuqurlashib borayotganligini yoki sayozlashayotganligini aniqlash 
mumkin. Bu yerda Jk >1 bo‘lsa, kambag‘allik darajasi chuqurlashayotganini bildiradi. 
Kambag‘allik darajasining sayozlashuvi umuman aholi turmush darajasining 
yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi. 
Kishilarning yashash minumimi – eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, 
nooziq-ovqat iste’mol buyumlari va xizmatlar to‘plami qiymatlarining yig‘indisidir. U 
«istemol savati» nomi bilan ataladi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling