Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Tashqi savdo aylanmasining hajmi va tarkibiy


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

16.3. Tashqi savdo aylanmasining hajmi va tarkibiy
o’zgarishi 
 
Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarida tashqi savdo asosiy o‘rinni 
egallaydi. Tashqi savdo eksport va importdan iborat. Tashqi savdoga mamlakatda 
tayyorlangan tovarlarni sotish, olib kelingan xom ashyo yoki tovarlarni qayta ishlab, 
eksportga chiqarish kiradi. Importga esa, shu mamlakat ichida iste’mol qilinadigan 
tovarlarni sotib olish, tovarlarni qayta ishlash uchun xom ashyo, yarim tayyor mahsulot 
sifatida sotib olish kiradi. Umuman, tovarlarni tashqi savdoda 2 xil hisobda olib 
boriladi: 1) umumiy 2) maxsus hisob. 
Maxsus hisobda tovarlar qayta ishlanib, sotilishi lozim bo‘lganlar hisobga 
olib boriladi. 
O’zbekistoning mustaqillik yilarida tashqi savdo aylamasi yuqori suratlar bilan 
o’sdi. 1994-yilgi 5299,4 mln AQSh dollaridan 2017-yilga 26962,1 mln AQSh dollariga 
yetdi yani 5,1 barabaridan ko’proq o’sdi. Bunda eksport hajmi import hajmidan 
yuqoriroq suratlar bilan o’sdi.1994-yil eksport hajmi 2689,9 mli AQSh dollari bolgan 
bo’lsa, 2017-yil 13953,8 mli AQSh dollari yetdi yaniy 5,2 barobarga o’sdi.
Tashqi savdao aylanmasining tarkibi ijobiy o’zgardi va geografik hududlari 
kengaydi.Mustaqillikning dastlabki yillarida asosan paxta homashyosi va boshqa 
materiallar eksport qilgan bo’lsa, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish 
natijasida iqtisodiyotning rivojlanish taminlanib eksport tarkibida tayor mahsulotlar, 
mashina va asbob-uskunalar hissasi ortib bormoqda.
Import tarkibida mustaqillikning dastlabki yillarida oziq-ovqat mahsulotlari katta 
hissani tashkil etgan bo’lsa, xozirgi yillarda yangi texnika va texnalogiyalar tashkil 
etadi. 2017 yil import tarkibida mashina va asbob- uskunalar hissasi 41,4% ni tashkil 
etdi . 
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy aloqalar asosan MDX mamlakatlari 
bilan amalga bo’lsa, xozirda Yevropa, Sharqiy osiyo, Amerika mamlakatlari bilan 
amalga oshirilmoqda. 2016-yildagi eksport hajmining 54,0% ushbu mamlakatlarga 
to’g’ri keladi.  

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling