Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
16.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari Tashqi savdoda tovarlar, yuklar, brutto, netto og‘irligi va maxsus xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan narxlarda hisobga olib boriladi. Eksport qilinadigan tovarlar qiymati. «FOB» usulida hisoblanadi. FOB qiymatida 2 usulda: 1) FOB jo‘natish porti 2) FOB franka oluvchi mamlakatning quruqlik chegarasi usullarida olib boriladi. FOB usulida tovarlar qiymatiga tovarlarning narxi, tovarlarni jo‘natish uchun transportga yuklash xarajatlari, transport xarajatlari, bojxona xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi. Import tovarlari «SIF» hisobida yuritiladi. SIF ham 2 usulda olib boriladi: 1) import qilinadigan mamlakat chegarasigacha 2) fraxt qilinadigan dengiz portgacha. Xalqaro iqtisodiy faoliyat statistikasida quyidagi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: 1) tashqi savdo aylanmasi - bu import va eksport qilinadigan tovarlarning umumiy summasidan iborat; 2) savdo balansi saldosi. Bu yerda summa eksport qiymatidan import qiymatini olib tashlaganiga teng. Agar eksport importdan ko‘p bo‘lsa, saldo ijobiy, ya’ni aktiv saldo deyiladi. Aksincha, import eksportdan ko‘p bo‘lsa, saldo manfiy, salbiy, passiv saldo hisoblanadi. 3) qoplash koeefitsenti. Eksport qiymatini import qiymatiga bo‘lish bilan topiladi. 4) savdo balansi. Savdo balansida bir tomondan eksport qilingan tovarlar, xizmatlar ko‘rsatiladi va boshqalar. Ikkinchi tomondan esa, import qilingan tovarlar, xizmatlar ko‘rsatiladi va savdo balansi, to‘lov balansi tayyorlanadi. Tashqi savdo aloqalari quyidagi ko‘rsatkichlarda ifodalanadi: - import kvotasi; - eksport kvotasi; - jon boshiga to‘g‘ri keladigan tashqi savdo aylanmasi; - tashqi savdo aylanmasining elastiklik koeffitsienti; - importning mamlakat iste’molidagi salmog‘i; - eksportning YAIMdagi, ayrim mahsulot turlaridagi salmog‘i; - mamlakatning xalqaro savdo-sotiqdagi salmog‘i. Bu ko‘rsatkichlar asosida tashqi savdo aloqalarining holati, davrlar mobaynidagi o‘zgarishi, tarkibi, tashqi savdo faoliyatlarining samaradorliklari o‘rganiladi. Kvota – bu ishlab chiqarish hajmi, import, eksport, sotish va boshqa iqtisodiy faoliyat sohalaridagi kelishuv asosida har bir ishtirokchi uchun joriy qilingan hissadir. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling