Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
17.4-jadval
Transport turlari bo‘yicha yuk aylanmasi dinamikasi y i l l a r Jamiga nisbati, % 2016 yil 2003 yilga nisbatan, % 2003 2004 2010 2016 YUk aylanmasi, mlrd.t/km 63,3 64,5 75,8 88,0 100,0 139,0 SHu jumladan: Temir yo‘l transporti 19,1 18,0 22,2 22,9 26,0 119,9 Avtomobil transporti 9,6 11,0 24,5 36,0 40,9 375,0 244 Quvur transporti 34,6 35,4 28,9 28,9 32,9 83,5 Havo transporti, mln t/km. 95,3 117,3 168,0 132,2 0,02 138,7 mlrd. t/km yuk aylanmasi bo‘lsa, 2016 yilga kelib 36,0 mlrd. t/km ga etgan. Bu albatta Mamlakatimizning hududlaridagi xalqaro, Respublika va mahalliy ahamiyatidagi yo‘llarning sozlanishi bilan bir vaqtda, Respublikamizda zamonaviy transport vositalarining ko‘payganligidan dalolat beradi. Transport turlari yuk aylanmasi tarkibiga nazar tashlasak, katta hissani (2016 yilda 32,9 % ni) quvur transporti tashkil etishini ko‘ramiz. Tashilgan yuklarda quvur transporti 3,9 % ni tashkil qilishga qaramasdan, yuk aylanmasida 32,9 % ni tashkil etishi, bu quvurlar bilan yuklar uzoq masofalarga etkazishligi bilan bog‘liq. Hozirgi paytda quvur transporti bilan tabiiy gaz va neft mahsulotlari tashish xizmatlari ko‘rsatiladi. Gazga boy bo‘lgan Buxoro viloyati va janubiy hududlardan tabiiy gaz O‘zbekistonning barcha viloyat hududlariga, hamda Qozog‘istonning janubiy viloyatlariga, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘onistonga etkazib beriladi. Transport turlarining bir qismi yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangandir. Ularga avtobuslar, engil mashinalar kabi transport vositalari kirib, xodimlarni ish joyiga, turli yo‘lovchilarni (mehmonga, xizmat safariga va boshqa yumush bilan safarga chiqqanlarni) manzillariga etkazib qo‘yishda yo‘lovchi tashuvchi transportlar muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, bu borada yirik shaharlarda (Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Navoiy, Buxoro kabi shaharlarda) xizmat ko‘rsatuvchi avtomobil, tramvay – trolleybus, Toshkent shahridagi metroning ahamiyati kattadir. Yo‘lovchi tashuvchi transport xizmatlarining asosiy ko‘rsatkichlari qancha yo‘lovchiga (kishi) xizmat qilgani va ularni qancha masofaga olib borgani, ya’ni yo‘lovchi aylanmasi (yo‘lovchi kishi/km) bilan o‘lchanadi (ifodalanadi). Transport vositalarining sonini va ularning turlarining ko‘payib borishi, hamda avtomobil, temir yo‘llarining ko‘payishi, ularning ta’mirlanib sifatining yaxshilanishi Respublikada yo‘lovchilar tashish hajmining yildan – yilga ko‘payib borishi bilan xarakterlanadi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling