Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
17.5. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning statistik
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
253 17.5. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning statistik ko‘rsatkichlari 17.5.1. Turizm xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlar statistik ko‘rsatkichlari Mamlakatimizda iqtisodiyot barqaror sur’atlar bilan o‘smoqda. Yalpi ichki mahsulot 2015 yilda 7,9 foiz, 2016 yilda 7,8 foiz 2017 yilda 5,3 foizga o‘sdi. So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohasi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari, tabiiy sharoiti hamda Sharqning buyuk mutafakkirlari turizmni yanada rivojlantirish imkoniyatlari katta ekanligini bildiradi. Ma’lumki, Respublika Prezidenti 2016 yil 2 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasining jadal rivojlantirishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon asosida sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog‘I sifatida belgilandi. Farmonga binoan xorijiy fuqoralarning O`zbekistonga tashrifi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: turizm maqsadida O`zbekistonga 30 kundan ortiq bo`lmagan muddatga keluvchi 15 ta davlat fuqoralari uchun, hamda 55 yoshga to`lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo`lmagan muddatga O`zbekiston Respublikasiga keluvchi Belgiya, Indoneziya, XXR, Malayziya, AQSh, Fransiya, Vetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiya fuqoralari uchun viza rejimi bekor qilindi. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarining xalqaro aeroportlarida xorijiy turistlar uchun “Yashil yo`lakcha”lar tashkil etilib, passport va bojxona nazoratidan o`tishning, bagajni olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi. Turizm sohasida quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish kishi-kunlarda ifodalanib qabul qilinganlar, shu jumladan chet elliklar va O‘zbekiston fuqarolari; jo‘natilganlar,shu jumladan MDH mamlakatlariga Uzoq xorijiy mamlakatlarga sayyohlarni joylashtirish vositalari quyidagicha guruhlanadi: - maxsus joylashtirish vositalari (Mehmonxonalar, motellar); - dam olish tashkilotlari; - dam olish pansionatlari; - dam olish uylari; - dam olish bazalari; - sayyohlar bazalari; - boshqa dam olish tashkilotlari. Loyihalarni joylashtirishning Ushbu vositalari soni (nechta ekanligi) va ulardagi o‘rinlar soni, sayyohlarga xizmat ko‘rsatganlik kishi-kunlarda kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: - xizmatlarni sotishdan tushgan daromadlar; - shu jumladan: - kollektiv joylashtirish vositalarini foydalanishdan tushgan daromadlar; 254 - qo‘shimcha pullik xizmatlar hisobiga tushgan daromadlar; - sayyohlik xizmatlari eksporti. Sarf xarajatlar jami: ulardan turistik xizmatlar ko‘rsatish xarajatlari. Bu ma’lumotlarni turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firmalar statistika organlariga belgilangan muddatlarda topshiriladi. Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko`rsatish va joylashtirish to`g`risida mikrofirma va kichik korxonalarning hisobotining yillik shakli 8-bo‘limdan iborat bo‘lib, mehnat ko‘rsatkichlari, umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar, qancha sayyohlarga xizmat ko‘rsatilganligi, sayyohlarni joylashtirish vositalarining turlari va o‘rinlar soni hamda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi kabi ma’lumotlar ko`rsatiladi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling