39
Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash
statistik jadvallarda
amalga oshiriladi. Statistik jadvallar gorizantal qatorlar va vertikal ustunlardan iborat
shakldir. Qatorlar va ustunlar kesishgan katakchalarga statistik ma’lumotlar
joylashtiriladi. Eng avvalo statistik jadvalning maketi tuziladi. Unda jadval qanday
ko‘rinishga ega bo‘lishi, nechta qator va ustunlar bo‘lishi belgilab olinadi. Ma’lumotlar
tahlil qilishga o’ng‘ay bo‘lishi lozim.
Statistik jadvallar boshqa turdagi jadvallardan farq qiladi. Birinchidan, statistik
jadvallarda ijtimoiy-iqtisodiy voqea-hodisalarni kuzatishdan olingan ma’lumotlar
tartibga
keltirilib, qayta ishlanib,
jamlari chiqarilib, jadvallarga joylashtiriladi;
ikkinchidan statistik jadvallar tegishli qoidalarga
rioya qilib tuziladi, uchinchidan
statistik jadvaldagi ma’lumotlar ixcham, tushunarli bo’lganligi sabbali,
iqtisodiy
tahlilga asos bo’ladi.
Demak, ommaviy hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rinarli,
tushunarli va ixcham tarzda tegishli qator va ustun katakchalarga tartib bilan yozish
statistik jadval deyiladi.
Har bir statistik jadval ega va kesimdan tashkil topadi. Jadval egasi bo‘lib,
o‘rganilayotgan ko‘rsatkich hisoblanadi va gap nima ustida borayotganligini anglatadi.
Jadval kesimi esa jadvalning egasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Ko‘pincha
jadval egasi qatorlarda, kesimi esa - ustunlarda ko‘rsatiladi. (ayrim hollarda teskarisi
bo‘lishi ham mumkin.)
Statistik jadvallar egasining tuzilishiga qarab: oddiy, guruxli va kombinatsion
(aralash) jadvallarga bo‘linadi.
Statistik kuzatish ob’ekti, xududi yoki boshqa hodisalar ega bo‘lib tuzulgan
jadvallar oddiy statistik jadvallar deyiladi. Bunday jadvallarda qo‘shimcha ishlar kam
bo‘lib, jadvalga ma’lumotlar kuzatish materiallaridan olinadi. Masalan, (3.1-jadvalga
qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: