Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

3.1-jadval 
O‘zbekistonda asosiy chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 
 
 
O‘tgan yil
 
Joriy yil 
Joriy yilni o‘tgan 
yilga nisbati, % 
Go‘sht(tirik vaznda) 
800,6 
801,1 
100,1 
Sut 
3403,9 
3405,6 
100,0 
Tuxum, mln. dona 
1057,1 
1057,3 
102,0 
 
Jadval egasi biror belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratilib tuzulsa guruxli jadvallar 
deyiladi. Masalan, (3.2-jadvalga qarang). 
3.2-jadval 
Iqtisodiy sektorlar bo‘yicha band bo‘lgan aholi soni 
(ming kishi) 
1-yil 
2-yil 
3-yil 
4-yil 
5-yil 
Xalq xo‘jaligi bo‘yicha jami 
7940,8 
8254,6 
8271,4 
8259,0 8680,0 


40 
Iqtisodiyotning davlat 
sektori 
5211,1 
5326,3 
5187,6 
4845,5 2480,0 
Iqtisodiyotning nodavlat 
sektori 
2729,7 
2928,3 
3083,8 
3413,5 6200,0 
Ko‘pincha ommaviy hodisa va jarayonlar ko‘p omillar ta’sirida vujudga 
kelganligi sababli, ko‘rsatkichning tub mohiyatini bir necha belgilari bo‘yicha 
guruhlash natijasida o‘rganiladi. Bunday ega ham kesim ko‘rsatkichlari ham bir necha 
belgilari bo‘yicha guruhlangan jadvallar kombinatsion (aralash) jadvallar hisoblanadi. 
Mana shunday jadvallarga guruhlangan statistik ma’lumotlardan foydalanib hodisa va 
voqealarning tub mohiyatini ochish mumkin. 
Statistik jadvallar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim: 
- har bir jadvalning qisqacha nomi bo‘lib, ob’ektning mazmunini to‘liq va aniq 
ifodalashi kerak; 
- jadval iloji boricha kichik va ixcham bo‘lishi lozim. Agarda o‘rganilayotgan 
to‘plam nihoyatda ko‘p bo‘lib, murakkab guruhlanadigan bo‘lsa, bitta jadval o‘rniga 
bir nechta kichik jadvallar tuzilgani ma’qul; 
- javdal qator va ustunlarining nomlari, o‘lchov birliklari, hamda qaysi joy va 
vaqtga (davrga) taaluqli ekanligi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim: 
- jadvalda umumtartibda qisqartirilgan so‘zlar, o‘lchov birliklaridan foydalanish 
lozim (mln, kv. km, m3 va shu kabilar): 
- jadval qator va ustunlari nomerlanishi, agarda ular yana guruhchalarga 
ajratilishi lozim bo‘lsa, qatorlar a4, b4, v4 va hokazo tarzida, kesim esa raqamlar bilan 
belgilansa maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
- jadval katakchalari to‘lg‘azilgan bo‘lishi lozim. Agarda to‘lg‘azilmaydigan 
bo‘lsa, quyidagi shartli belgilar ishlatiladi: 
“. . .” xodisa mavjud, lekin ma’lumot yo‘qligini bildiradi; 
“ — ” xodisa umuman yo‘qligini bildiradi. 
“ O, O ” - nol xodisa bor, lekin qabul qilingan aniqlikdan kichik (ahamiyatsiz) 
ekanligini bildiradi; 
“ X ” - iks to‘ldirilishi lozim bo‘lmagan katakni bildiradi. 
Jadval guruxlari, qator va ustunlari bo‘yicha yakunlar chiqarilgan bo‘lib, 
yakuniy ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling