49
bildiradi. Bu ko‘rsatkichni muayyan davrdagi
haqiqiy bajarilgan miqdorni
shartnomada (buyurtmada) ko‘rsatilgan miqdor bilan taqqoslab ko‘riladi. Shbnm
ko‘pincha
foizlarda aniqlanganligi uchun, uni quyidagicha hisoblanadi.
Haqiqiy bajarilgan miqdor x 100
Shbnm = ----------------------------------------------------------------
Shartnomada (buyurtmada) ko‘rsatilgan miqdor
Bu ko‘rsatkich ham xalq xo‘jaligi tarmoqlarida juda ko‘p qo‘llanadi. Chunki
tarmoq korxonalari o‘zaro mahsulot yetkazib berish uchun har yili shartnoma tuzadilar.
Yil davomida bu shartnomada ko‘rsatilgan shartlar qanday bajarilayotganligini nazorat
qilib borish zarur. Qishloq xo‘jalik korxonalari
davlatdan paxta va boshqa
mahsulotlarni sotish bo‘yicha davlat buyurtmasini oladi. Bunda ham belgilangan
davlat buyurtmasining haqiqiy bajarilishini ma’lum muddatlarga
taqqoslab borish
zarur.
Misol: Qishloq xo‘jaligi shirkati ushbu yilda davlatga 8500 tonna
paxta sotish bo‘yicha buyurtmaga kelishgan. Xo‘jalik shu yil 26 oktyabrga 8200
tonna paxta sotgan. Demak, buyurtmani
8200 x 100
96,5 % (-------------------) bajargan.
8500
Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishining tendensiyasini bilish uchun
ularni bir necha davr davomida kuzatish lozim. Bunday
kuzatish dinamika nisbiy
miqdor natijasida aniqlanadi.
Dinamika nisbiy miqdorda (Dnm) ko‘rsatkichning hisobot davridagi miqdori
(mutloq yoki o‘rtacha) shu ko‘rsatkichning o‘tgan davrdagi miqdorlariga nisbati bilan
topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: