Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


To‘plamning ayrim guruh miqdori (bir qismi) x 100


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

To‘plamning ayrim guruh miqdori (bir qismi) x 100 
Tnm = ---------------------------------------------------------------------- 
 
 
To‘plamning umumiy miqdori 
Misol: Qandolatchilik korxonasi parvarda, novvot va xolva ishlab chiqaradi. 
Ushbu yilda bu korxona 2360 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan, shu jumladan 
parvarda 950 ming so‘mlik, navvot - 650 ming so‘mlik va xolva - 760 ming so‘mlik. 
Bu korxona ishlab chiqarayotgan har bir mahsulot turi umumiy ishlab chiqarilgan 
mahsulot so‘mmasining qanchalik hissasi (tarkibi)ni bilish uchun, ular har bir turi 
miqdorini umumiy miqdorga bo‘lish lozim.
Parvarda = 
950,0∗100
2360
= 40,3% 
Navvot = 
650∗100
2360
= 27,5% 
Xolva = 
760∗100
2360
= 32,2%
Agarda ushbu misolni jadval shakliga keltirsak: 
Mahsulot turlari 
Mahsulot miqdori (ming so‘m) 
Tarkibi, % 
Parvarda 
950,0 
40,7 
Navvot 
650,0 
27,5 
Holva 
760,0 
32,2 
Jami 
2360,0 
100,0 
Intensivlikni ifodalovchi nisbiy miqdor (Inm). Bu ko‘rsatkich o‘zaro bir-biri 
bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa va jarayonlarni ifodalovchi ikki miqdor bir-biri bilan 
taqqoslanadi.
Bir ob’ektga doir to‘plam miqdori 
Inm = ------------------------------------------------------------- 
Ikkinchi ob’ektga doir to‘plam miqdori 
Misol: 1) O‘zbekiston Respublikasida 1997 y. 23443,7 ming aholi bo‘lib, 614,0 
ming kishi tug‘ilgan. Demak har bir 1000 kishiga tug‘ilganlar sonini hisoblaydigan 
bo‘lsak = 614000 : 23443,7 = 26 kishi bo‘ladi. 
2) O‘zbekiston hududi 448,97 ming kv.km. bo‘lib, uning aholisi 2016 y. 31800 
ming kishini tashkil etgan. Hududning har bir kv.km ga qancha aholi to‘g‘ri kelishini 


51 
topamiz, ya’ni aholining har bir kv.km ga zichligini aniqlaymiz: 
31800 ming kishi 
Aholi zichligi = ----------------------------- = 71kishi 
448.97 ming kv. km 
Demak intensiv nisbiy miqdorlar natijalarida ikki ko‘rsatkichlarning o‘lchov 
birliklari ham qatnashadi. Intensiv nisbiy miqdorlarning boshqa nisbiy miqdorlardan 
yana bir farqi shundaki, ularning natijalari aniq sonlar bilan ifodalanadi. 
Intensiv nisbiy miqdorlar aholining hududlardagi zichligi, har 100 aholiga 
tug‘ilish, nikoh, o‘lim kabi ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri kelishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan milliy daromad, har bir gektar yerga solingan o‘g‘it salmog‘i kabilarni 
aniqlashda foydalaniladi. 
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari (Knm) to‘plamning bir-biriga bog‘liq ikki 
guruhlarining bir-biriga nisbati bilan aniqlanadi. Bunday nisbiy miqdorlarni aniqlash 
to‘plam guruhlarining bir-biri o‘rtasidagi nisbiy koordinatsiyani aniqlashda 
foydalaniladi: 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling