Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


O‘rtacha miqdorlarning mohiyati


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

5.1. O‘rtacha miqdorlarning mohiyati,
ahamiyati va turlari 
Statistika ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarning umumiy tomonlarini ko‘proq 
o‘rganadi. Statistik to‘plam bir nechta yakka miqdorlardan tashkil topadi. Bu yakka 
xodisalarda o‘ziga xos bo‘lgan jihatlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham 
to‘plamga umumiy bo‘lgan ya’ni juda ko‘p marta yakka xodisalarda takrorlanadigan 
jihatlarni aniqlash zarur. Buning uchun o‘rtacha miqdorlar hisoblanadi. O‘rtacha 
miqdorlarda yakka miqdorlarga xos individual bo‘lgan farqlar sezilmasdan, shu 
to‘plamdagi umumiy, tipik bo‘lgan jihatlar to‘planadi. 
Demak, o‘rtacha miqdorlar to‘plamga umumiy bo‘lgan jihatlarni 
ifodalovchi ko‘rsatgichdir. 
Misol: xo‘jalikda paxta terimchilar turlicha natijaga erishadilar. Birinchi 
terimchi bir kunda – 80, ikkinchi terimchi – 70, uchinchi terimchi 110 kg va hokazo 
ko‘rsatgichlarga erishgan. Bu yakka miqdoriy ko‘rsatgichlarga juda ko‘p omillar ta’sir 
qilgan. Bu omillarga paxtaning yaxshi ochilganligi, terimchining qancha vaqt 
ishlaganligi, g‘ayrati va shu kabilar. Lekin har bir terimchining ko‘rsatgan natijasi 
asosiy, umumiy bo‘lgan omillarni aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi. 
Agarda shu kuni xo‘jalikda 120 kishi 9600 kg. Paxta tergan bo‘lsa, o‘rtacha har 
bir terimchining tergan paxtasini umumiy terilgan paxta miqdorini terimchilar umumiy 
soniga bo‘lib aniqlaymiz. Misolimizda o‘rtacha har bir terimchi tergan paxta 80 kg dir. 
Ya’ni 9600: 120 terimchiga. 
Bu misoldan shunday xulosa chiqarish mumkinki, o‘rtacha miqdorlar 
to‘plamning umumiy miqdorini ifodalamasdan, balki umumiyning to‘plam birliklariga 
nisbati natijasida o‘rtacha olingan miqdorni ifodalaydi. 
O‘rtacha miqdorlarni hisoblashda o‘ziga xos qoidalarga rioya qilinishi lozim: 
 
o‘rtalashtirilayotgan yakka miqdorlar mohiyati jihatidan bir xil bo‘lishi 
lozim. Har bir yakka miqdorlar turlicha ko‘rsatgichda ifodalanadi, lekin ular ko‘p sonli 
bo‘lib, mazmun jihatidan bir xil ko‘rsatgichni ifodalashi lozim; 


56 
 
o‘rtacha miqdorlar yetarli darajada ko‘p bo‘lgan bir mazmundagi 
to‘plamlar bo‘yicha hisoblanish lozim. Chunki to‘plamdagi miqdorlar soni qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, yakka miqdorlarga xos omillar o‘z ta’sirini shunchalik yo‘qotadi. 
To‘plamda miqdorlar soni kam bo‘lsa, yakka miqdorlarga xos omillar ta’siri sezilarli 
bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘rtacha miqdorlar katta sonlar qonuniga bo‘ysunadi; 
 
o‘rtacha miqdorlar ijtimoiy-iqtisodiy muhim xodisalarni ko‘rsatishi 
lozim. Xodisa, jarayonlarning muhim belgilarini ko‘rsatmaydigan o‘rtacha miqdorlarni 
hisoblashning zaruriyati yo‘q, chunki bunday ma’lumotlarning ahamiyati yo‘q. 
Shunday qilib, o‘rtacha miqdorlar statistikada muhim o‘rin egallab, fanning 
mohiyatini ochib beruvchi ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarning umumiy 
belgilarini ifodalab tahlil qilish va xulosalar chiqarishda keng qo’llanadi. 
Miqdorlar turlicha va juda ko‘p bo‘lib, o‘rtacha miqdorlarni hisoblashda ham 
turlicha usullardan foydalaniladi. Shuning uchun ham arifmetik o‘rtacha miqdorlar
garmonik o‘rtacha miqdorlar, xronologik o‘rtacha miqdorlar, geometrik o‘rtacha 
miqdorlar, kvadratik o‘rtacha miqdorlar amaliyotda foydalaniladi. 
Bu o‘rtacha miqdorlarning qaysi shaklining qo‘llanishi, hisoblanayotgan 
o‘rtacha miqdorning mohiyati, hamda bo‘luvchi va bo‘linuvchi miqdorlarning 
ko‘rsatkichlariga bog‘liq. 
Arifmetik va garmonik o‘rtacha miqdorlar o‘z navbatida ikki xil: oddiy va 
tortqichli (vaznli) o‘rtacha miqdorlarga bo‘linadi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling