Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

Yi = U (xi) 
bu yerda: Yi - natijaviy belgi; 
Xi - omil belgisi
U (xi) - bu belgilarning ma’lum funksional bog‘lanishidir. 
Funksional bog‘lanishlarni to‘liq, aniq, “qattiq” bog‘lanishlar deyiladi. 
Funksional bog‘lanishlar matematika, fizika va boshqa tabiiy fanlar tomonidan 
o‘rganiladi. 


88 
Misol: kuchli yomg‘ir yog‘sa, sel keldi. Tabiatda bo‘ladigan sel ketish 
xodisasiga, faqat kuchli yomg‘ir yog‘ishdir (bir omil belgi sabab). 
Funksional bog‘lanishlar turli - tuman bo‘lib, ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatda 
amaliy jixatdan uchramaydi. Odatda omil belgining aniq qiymatiga natijaviy belgining 
bir qancha turli qiymatlari to‘g‘ri keladi. Bunday bog‘lanish statistikada korrelyatsion 
(correlatio - lat - narsalarning o‘zaro nisbatini anglatadi) bog‘lanish deb aytiladi. 
Ularning harakterli xususiyati shundaki, natijaga ta’sir qiluvchi barcha omillarning 
to‘liq ro’yxatini aniqlash qiyin, faqatgina formula yordamida korrelyasion 
bog‘lanishlarning faqat taxminiy ifodalarini yozish mumkin, xolos. Korrelyatsion 
bog‘lanishni quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:
 
Yi = U(xi) + Ei 
 
bu yerda: U (xi) + hisobga olingan ma’lum omil belgilar ta’siri ostida shakllangan 
natija belgining bir qismidir. Ei - ikkinchi darajali va tasodifiy omillar ta’sirida yuz 
beradigan natija belgisini bir qismidir. 
Misollar: 1. Paxta hosildorligiga yerning unumdorligi, vaqtida shudgor bo‘lishi, 
chigitning navi va sifati, yaxshi sharoitda ekilganligi, o‘g‘itning berilganligi, suvning 
vaqtida berilagnligi va boshqa ko‘pgina omillar ta’sir qiladi.
2. Korxona foydasi hajmiga ishlab chiqarilagn mahsulotlar hajmi, xom 
ashyoning sifati, mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, narx va shu kabi omillar 
ta’sir qiladi. 
Omil belgining ko‘payishi (yoki kamayishi) natijaviy belgining ham ko‘payishi 
(yoki kamayishiga) olib kelsa, bu bog‘lanish to‘g‘ri bog‘lanish, aksincha natijaviy 
belgining o‘zgarish yo‘nalishi omil belgining yo‘nalishiga qarama qarshi bo‘lsa, 
bunday bog‘lanish teskari bog‘lanish deyiladi. 
Xodisalar 
(iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar) 
o‘rtasidagi 
to‘g‘ri 
yo‘nalishli 
bog‘lanishlarga misollar: 
Xodimlar mehnat unumdorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi: 
xodimlar mehnat unumdorligi oshsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi ham 
ko‘payadi. Uning teskarisi xodimlar mehnat unumdorligi pasaysa, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham kamayadi. Demak, bu ko‘rsatkichlar 
o‘rtasidagi bog‘lanish to‘g‘ri bog‘lanishdir.
Sotilgan mahsulot hajmi bilan foyda o‘rtasidagi bog‘lanish; talab va mahsulot 
narxi (bahosi) o‘rtasidagi va shu kabi bog‘lanishlar to‘g‘ri bog‘lanishlardir.
Hodisalar 
(iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar) 
o‘rtasidagi 
teskari 
yo‘nalishli 
bog‘lanishlarga misollar: 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi bilan tannarxi o‘rtasidagi bog‘lanish. 
Mahsulot hajmi qanchalik ko‘p ishlab chiqarilsa, mahsulot bir birligining tannarxi 
shuncha pasayadi (Teskari, chunki doimiy harajatlar o‘zgarmaydi). Uning teskarisi
mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaysa, tannarxi oshaveradi.
Mahsulot tannarxi va foyda ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘lanish,
Taklif va narx (baho) o‘rtasidagi va shu kabi bog‘lanishlar teskari yo‘nalishdagi 
bog‘lanishlarga misol bo‘la oladi.


89 
O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda turli usullar qo‘llaniladi. Bu usullardan eng 
asosiylari balans usuli, oddiy yondosh (parallel) qatorlar tuzish usuli guruhlash 
singarilardir.
Balans usuli ishlab chiqarish bilan iste’mol, iste’mol bilan jamg‘arma, aholi pul 
daromadlari bilan harajatlari va shu kabilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishda 
keng qo‘llaniladi. 
Xodimlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasi analitik guruhlash orqali ham 
aniqlanadi. Bu usul yordamida omil va natija belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. 
Analitik guruhlash odatda omil belgi asosida amalga oshirilib har bir guruh uchun 
natijaviy belgilarni tasvirlovchi o‘rtacha va nisbiy miqdorlar hisoblanadi. Keyin esa, 
har ikkala belgi o‘rtasidagi bog‘lanishni kuzatish maqsadida natijaviy belgilarni 
o‘zgarishini omil o‘zgarishi bilan solishtiriladi va tegishli xulosalar qilinadi.
Muayyan davr ichida belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishni oddiy parallel qatorlar 
tuzish yo‘li bilan ham o‘rganiladi. Shu maqsadda eng avvalo taqqoslanayotgan belgilar 
o‘rtasida bog‘lanish bor-yo‘qligi nazariy jihatdan asoslab chiqiladi. Keyin esa har 
ikkala qator yonma-yon joylashtirilib, bir-biri bilan taqqoslanadi.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling