96
“Кorrelyatsion va regression tahlil” bobi bo‘yicha
TAYANCH IBORALAR
1.
Correlftio (lot) – xodisalarning o‘zaro nisbatini anglatadi.
2.
Funksional bog‘lanishlar deb - bir o‘zgaruvchan
belgining har bir qiymatiga
boshqa o‘zgaruvchan belgining aniq bitta qiymati mos keluvchi bog‘lanishlarga
aytiladi.
3.
Funksional bog‘lanishlarni - to‘liq, aniq, “qattiq” bog‘lanishlar deyiladi.
4.
Korrelyatsion bog‘lanishlar deb - omil belgining
aniq qiymatiga natijaviy
belgining bir necha qiymatlari mos keladigan bog‘lanishga aytiladi.
5.
Korrelyatsion bog‘lanishlarni harakterli xususiyati shundaki - natijaga ta’sir
qiluvchi barcha omillarning to‘liq ro’yxatini
aniqlash qiyin,
faqatgina formula
yordamida korrelyatsion bog‘lanishlarning taxminiy
ifodalarini yozishgina
mumkin, xolos.
6.
Balans usuli ishlab chiqarish bilan iste’mol - iste’mol bilan jamg‘arma, axoli pul
daromadlari bilan harajatlari va shu kabilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishda
keng qo‘llaniladi.
“Кorrelyatsion va regression tahlil” bobi bo‘yicha
SAVOLLAR
1. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning turlari.
2. Korrelyatsion bog‘lanishning mohiyati.
3. To‘g‘ri chiziqli bog‘lanish tenglamasi mohiyatini tushuntiring.
4. Regrissiya ko‘rsatkichlarining mohiyatini tushuntiring.
5. Korrelyatsiya koeffitsiyenti qanday aniqlanadi.
6. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning zichlik ko‘rsatkichlari.
7. Ko‘p omilli korrelyatsiya mohiyati va uning tenglamasini tushuntiring.
8. Ko‘p omilli korrelyatsiya koeffitsiyenti qanday hisoblanadi.
9. Egri chiziqli bog‘lanishlar mohiyati.
10 Korrelyatsion jadval to‘g‘risida tushuncha.