Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil ish


Download 7.87 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi7.87 Kb.
#1620065
Bog'liq
Falsafa


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
Bajardi: BIS-122 sirtqi Xolboyev.M
Tekshirdi: O’rozov.Sh
Axloqiy madaniyat va qadriyatlar.
Reja:
1.Axloqiy madaniyat.
2.Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.
3.Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy ta’siri.
Axloqiy madaniyat. Madaniyat taraqqiyoti tarixida inson madaniyati avvalo uning axloqiy madaniyati bilan belgilanganln gini kuzatish mumkin. Modomiki, axloqiy madaniyatda madaniy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, shu bilan birga, ayni uning o‘ziga xos xususiyatlari gavdalanar ekan, ularni madaniyat fak safasi negizida qarab chiqish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Axloqiy madaniyat madaniyat turlari ichida keng qamrovliligi bilaiy ajralib turadi.
Axloqiy madaniyat jamiyat a’zolari tomonidan axloqiy tushuncha, tamoyil me'yorlar, ideallarni o‘zlashtirish aso. sida axloqiy kamolotga yetishishdir.
Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o‘z tajribalaridan foydalanish, o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish singarj jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajanj yuksaltirishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, shaxsni mas'uliyatlj siyosiy jihatdan idrokli, axloqan pok va ma’naviy barkamoj bo‘lishida axloqiy madaniyatning ahamiyati katta bo‘lib, u insoj, faoliyatining barcha soha va tarmoqlari bilan bog‘liqdir.
MA’NAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH KOMPONENTLARI
Milliy meros, urf- odat va ananalarga hurmat hissining qaror topishi
Axloqiy me’yorlar asosida munosabatga kirisha olish
Ma’naviy axloqiy bilimlar shakllanishi
Ma’naviy-axloqiy masalalarning tarkib topshi va yuksalishi
Axloqiy madaniyatning muomala odobi, etiket, kasbiy odob kabj tarkibiy qismlari mavjud bo‘lib inson hayoti, faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yish bo‘lib, ko‘pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap boshqalarni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini tashkil etadi.
Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi. Kasb etikasi (odob-axloqi) — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o‘zaro munosabatlarning axloqiy yig‘indisidir. Tarixda kasb odo- bining shakllanishi qadimga borib taqaladi. Ilk kasbiy-ma’naviy talablarni qadimgi Misrda paydo bo‘lgan «Pxatotep o‘gitlarida» uchratish mumkin. Ushbu pandnomada mehnat orqali boylik va yuqori mavqega erishish uchun o‘z vazifasini vijdonan bajarish lozimligi ta’kidlangan.
Shuningdek, Qadimgi Yunonistonda pay- do bo‘lgan Gippokrat qasami ham kasb odobi kodeksi zaruriyati, unga ehtiyoj avvaldan bo‘lganligi, birinchi navbatda, u kasbiy faoliyatni axloqiy jihatdan izga solish, ma’lum qoidalar doirasida ish yuritish, turli murakkab holat va vaziyatlarda kasbiy-insoniy nuqtayi nazarlardan to‘g‘ri xatti-harakat qilish mezonlarini yara- tish Shuningdek, kasblarning jamiyatdagi o‘rni, mavqei, salo- hiyatini mustahkamlash maqsadida paydo bo‘lganidan dalolat beradi.
Muomila odobi me’yorlari
Kamsuqumlik
Xushfellik
Bosiqlik
Insoniy qarash
Shirinsuxanlik
Sharqda ham kasb odobi masalalariga katta e’tibor qaratil- gan. Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi fasllari turli kasb egalari odobiga bag‘ishlangan. Masalan, o‘n to‘rtinchi fasl «Kasb-kor va savdo-tijorat odobi haqida» deb nom- lanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odo- bi qonun-qoidalarini bayon etadi.
««Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, Shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb ayt- gil: o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin; rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin; kasbni obro‘ olish, yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin; moli harom odam- lar (amaldorlar, poraxo‘rlar qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar, kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...
Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy ta’siri.
XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera, ya’ni texnikaviy muhit paydo bo‘ldi, insoniyat «tabiat-jamiyat-inson-texnika» munosabatlari uyg‘unligining yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi.
Bu tarixiy davr o‘z real imkoniyatlari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qo‘ymoqda.
Texnika qudrati oshgan sayin unga moslashish, u bilan hamkorlik ham murakkablashib bormoqda.
Avtomatlashtirilgan aqlli mashina bilan hamkorlik jarayonida ularga bo‘lgan munosabat o‘zgarib bormoqda. Ya- qin-yaqingacha inson texnikani nazorat qilardi, ammo u murak- kablashib borgan sayin ishlash prinsipini tushunish qiyinlashib, harakatlarini bilish murakkab bo‘lib bormoqda. Kompyuter, mo- bil telefonlar paydo bo‘lganidan buyon inson jahldor va asabiy bo‘lib borayotgani tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanmoqda.
Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini to'xtatish, inkor etish mumkin emas. Shunday ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning yangidan- yangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega bo‘lishi taqozo etiladi. Ayni paytda inson ma’naviyatining sub- stansiyasi, ijodiy kuch quvvati va o‘z o‘rnida har bir inson ijodiy quvvatining in’ikosi bo‘lgan mehnatda texnikaning o‘rni va aha- miyati ortib borayotgani barchaga ma’lum.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Download 7.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling