Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova
Mehmonxonaning aloqa vositalari
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
«mehmonxona servis xizmati»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
5. Mehmonxonaning aloqa vositalari
Mehmonxonaning aloqa vositalariga xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan ichki aloqa, mijozlar bilan aloqa (shu jumladan peyjer aloqasi va radio), ovoz yozib oluvchi javob berish avtomatlari, fakslar, ma’lumotlar berish xizmati va avariya markazi kiradi. Mijozlar mehmonxona bilan ilk aloqani ko‘pincha telefon orqali bog‘laydilar. Bu barcha telefon qo‘ng‘iroqlariga jiddiy munosabatda bo‘lishning muhimligini ko‘rsatadi. Aloqa markazi – mehmonxona hayotining muhim tarkibiy qismi. Mehmonxona hayotining osoyishtaligi aloqa markazining normal ishlashiga bog‘liq. Bundan 133 tashqari, aloqa markazi qo‘shimcha daromad manbai hamdir, chunki mehmonxonalar odatda mehmon xonasidan amalga oshirilgan xalqaro so‘zlashuvlar qiymatiga 50% ustama qo‘yadi. Aloqa markazi uzzukun, bosh ma’mur ofisining grafigi bir xil tartibda – uch smenada ishlaydi. Ushbu xizmat xodimlari har qanday vaziyatda, ayniqsa, favqulodda holatlarda, asabiy muhitga qaramay, xotirjamlikni saqlashlari muhim ahamiyatga ega. Tayanch iboralar: Rezervlash xizmati, qayta bronlash (Overbooking), guruhiy bronlash, qabul qilish (reseption), VIP –mijozlar, elektron qulf, Fidelio, Lodging Touch, Nimeta tizimlari, Edelveys tizimi, Amadeus Calileo, Sabre va Worldspan. Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi? 2. Rezervlashning markazlashtirilgan tizimi qaysi tarmoqlar orqali ishlaydi va unda qanday ma’lumotlar beriladi? 3. Bronlash tartibi va mijozdan olinadigan dastlabki ma’lumotlar haqida gapirib bering. 4. Bronlashning qanday tartib qoidalari mavjud? 5. Bronlash xizmati qaysi bo‘limlar bilan aloqada bo‘ladi? 6. Mehmonlarni ro‘yxatga olish xizmati qanday xizmat va u nimalarni o‘z ichiga oladi? 7. Mijozni ro‘yxatdan chiqarish qanday amalga oshiriladi? 8. Qabul qilish xizmatini qanday jihatlari mavjud? 9. Zamonaviy mehmonxona biznesi qanday kompyuterlashtirilgan? 10. Mehmonxonalarda qanday kompyuter tizimlari ishlatiladi? Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling