Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova


Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar markasi


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/81
Sana07.11.2023
Hajmi5.07 Kb.
#1754128
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Bog'liq
«mehmonxona servis xizmati»

3. Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar markasi 
 
AQShda hukumat tomonidan rasman tasdiqlangan mehmonxonalarni tasniflash 
tizimi mavjud emas. Shinamlik darajasiga qarab mehmonxonalar odatda 5 toifaga 
ajratiladi. Oliy toifa (5 yulduz) ikki muassasa: «American Automobile Assosiation» 
(AAA) va «Mobile Travel Guide» tomonidan beriladi.
Mehmonxona 
tarmoqlari 
mehmonxonalarni 
tasniflashga 
nisbatan 
o‘z 
yondashuviga ega. Odatda ularda toifalar emas, balki markalar ajratiladi. Bunday 
markalar muayyan tarmoqdagi barcha mehmonxonalarda amal qiladi. Har bir 
markada nafaqat shinamlik darajasi, balki mehmonxonaning vazifasi, jyolashgan yeri 
va boshqa ayrim mezonlar ham hisobga olinishi mumkin.
Masalan, Yevropadagi yirik «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i (Fransiya) har 
xil xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning bir nechta markasini taklif etadi: 
- Sofitel; 
- Nnovotel; 
- Mercury – u shinamlik va narx-navo darajasiga ko‘ra yana 3 guruhga bo‘linadi:
- Relais

Inn – standart nomerlar, sifatli xizmatlar taklif etadi;



40 
- Hotell

Mercury – nisbatan yuqori saviyada xizmat ko‘rsatiladi, shinamlik 
darajasi ham yuqori; 
- Grand

Hotell – mehmonxona juda qulay yerda joylashgan, shinamlik darajasi 
juda yuqori bo‘ladi, kun bhyi xizmat ko‘rsatiladi; 
- Ibis; 
- Etap; 
- Formule 1. 
Bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i, 
turizm bozorining ma’lum segmentlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida, qaysi markaga 
egaligidan qat’i nazar, bir qancha mehmonxona korxonalarini birlashtiradi. Masalan, 
«Novotel» va «Mercury» markasiga ega bo‘lgan ayrim mehmonxonalar 
kongressmenlar, ko‘rgazmalar va boshqa shunga o‘xshash anjumanlar va tadbirlarni 
qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan «Atria» guruhiga kiradi. 
Mehmonxonalarning boshqa bir guruhi o‘z nomida «Goralia» belgisiga ega bo‘ladi – 
bu «kurort mehmonxonasi» degan ma’noni anglatadi.
AQShdagi «Holiday Inn» yirik mehmonxonalar tarmog‘i markalarni belgilashda 
mehmonxona korxonasi qayerda joylashganini, mijozlar bu yerda qancha vaqt 
bo‘lishini va ayrim boshqa mezonlarni hisobga oladi va quyidagi markalarni nazarda 
tutadi: 
- Garden Cort – iqtisodiy toifadagi mehmonxonalar; 
- Holiday Inn express – kvartira tipidagi mehmonxonalar (apart-otellar); 
- Holiday Inn sun sprii resorts – katta daromadli shaxslar uchun mo‘ljallangan 
kurort mehmonxonalari; 
- Holiday Inn select – ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar; 
- Holiday Inn hotels end – nomerlar fondining 10% ni uzoq vaqt yashaydigan 
ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan apartamentlar tashkil etuvchi 
mehmonxonalar. 
Ayrim hollarda mehmonxonalar markalarining nomlari foydalanuvchiga tegishli 
axborot bermaydi. Shu bois turoperatorlar har bir markani Yevropa tizimidagi 
yulduzlar miqdoriga mos ravishda belgilay boshladilar. «Accor» mehmonxonalar 
tarmog‘i bilan bog‘liq holda: Sofitel – 5 yulduz; Novotel – 4 yulduz; Mercury – 3 
yulduz; Ibis – 2 yulduz; Formule 1 – yulduzsiz. 

Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling