Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova
Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi va unga xizmat ko‘rsatish
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
«mehmonxona servis xizmati»
3. Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi va unga xizmat ko‘rsatish
Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi tarkibiga nomerlar, gorizontal kommunikatsiyalar (yo‘laklar), zina-lift maydonchalari, navbatchi xodimlarning xonalari kiradi. Ko‘p qavatli mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qavati bir yoki bir necha yo‘lakdan iborat, tarxining shakli har xil bo‘lishi mumkin. Mijozlar yashaydigan qism maydonining nomerlar va boshqa xonalar o‘rtasida taqsimlanishi turli mehmonxonalarda har xil bo‘ladi: nomerlar ulushi 54-70% ni, koridorlar ulushi – 13-22% ni tashkil etadi. Sig‘imi 25 kishidan oshmaydigan ayrim chet el mehmonxonalarida dam olish zonasining maydoni kamida 16,7 kv. m bo‘lishi nazarda tutilgan. Yirikroq mehmonxonalarda har bir qo‘shimcha mijozga 5 kv. m dan iborat dam olish zonasi nazarda tutiladi. Mehmonxona nomeri ko‘p funksiyali ahamiyatga ega. U mijozning tunashi, dam olishi, ovqatlanishi, yuvinishi, ishlashi, muloqot qilishini ta’minlaydi. Nomerda mehmonning shaxsiy buyumlari saqlanadi. Nomerlar o‘rinlar soni, xonalar soni, maydoni, jihozlanishiga qarab tasniflanadi. Jahon amaliyotida bir yoki ikki kishiga mo‘ljallangan bir xonali nomerlar ayniqsa keng tarqalgan. Ayrim mehmonxonalarda har bir yashovchiga nisbatan bir xonali nomerlar ulushi nomer fondining 60-100% ga yetadi. 4.1-jadvalda Tohkent mehmonxonalaridan biri nomer fondining tuzilishi keltirilgan. «DEDEMAN SILK ROAD» mehmonxonasining nomer fondida bir xonali nomerlar ulushi 53% ni tashkil qiladi. Xonalar (yoki xona) maydoni funksional zonalarga bo‘linadi. Bir xonali nomer umumiy maydonining 70% yashash zonasiga, 14% - dahlizga, 20% - hojatxona va vannaga tegishli bo‘lishi mumkin. Yashash maydoni bunda 7-14 kv.m ni tashkil etishi mumkin. Ayrim chet mamlakatlarning hozirgi standartlari bir o‘rinli nomerda polning minimal maydoni 14 kv. m, ikki o‘rinli nomerda esa – kamida 18 kv. m bo‘lishini talib qiladi. Germaniyada amalda bo‘lgan me’yorlarga ko‘ra shinamli bir 49 xonali nomerning maydoni unda yashaydigan bir kishiga 16-18 kv. m, ikki kishiga esa – 20-21 kv. m bo‘lishi kerak. 4.1-jadval Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling