Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti marketing kafedrasi


Download 329.5 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi329.5 Kb.
#1589425
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abutolib Rahmatullayev (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
SERVIS FAKULTETI
MARKETING KAFEDRASI


KURS ISHI

Mavzu: Tovar va xizmatlar bozorini marketing tadqiqotlarida kuzatish
Bajardi: MR-120 guruh talabasi Shogdorov Suhrob
Rahbar: Marketing kafedrasi professor v.b. Sh.A.Musayeva


Kurs ishi himoyaga qabul qilinadi (qabul qilinmaydi). Sana: "____" _______ 2023 yil
Kurs ishini baholash: ___. Kurs ishini himoya qilish sanasi “____” ______ 2023 yil
Samarqand - 2023


Reja
Kirish 3

  1. O‘tkazish shakli bo‘yicha kuzatish usullarining tasnifi…………………..6

  2. Kuzatish jarayonining bosqichlari …………………………………….. 15

  3. Kuzatuv rejasini tuzish bosqichlari. ………………………………………21

  4. Korxona faoliyati jarayonida kuzatish usullarining o'rni( "Transavtotreyd" MCHJ misolida)……………..………………………………………………………….

Xulosa
Adabiyotlar ro'yxati 26

Kirish


Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimizda tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ularning faoliyatida kelib chiqayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilmoqda.
Natijada o‘tgan bir yilda 55 mingdan ortiq biznes uchun mo‘ljallangan binolar barpo etildi, pul aylanmasini 1 million dollardan oshirgan tadbirkorlar soni 5 mingtaga ko‘payib, 26 mingtani tashkil etdi, eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga yetib, jami eksport hajmi 30 foizga ko‘paydi.
Joriy yilning 22-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti” doirasida tadbirkorlardan kelib tushgan 12 mingdan ortiq murojaatda ko‘tarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda “ochiq muloqot”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida:
1. Quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli ishlash;
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratish;
tadbirkorlar uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor yaratish;
mulk huquqini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, mol-mulkni haqiqiy bozor aktiviga aylantirish;
tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortishni erkinlashtirish;
tadbirkorlar bilan uchrashuvda bildirilgan tashabbuslar ijrosini tashkil etish hamda “ochiq muloqot” natijalarini keng targ‘ib qilish.
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlik subyektlari, ilmiy doiralar va keng jamoatchilikning 2-ilovaga muvofiq tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashini (keyingi o‘rinlarda — Jamoatchilik kengashi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot”da bildirilgan taklif va tashabbuslarning vazirlik va idoralar tomonidan samarali va o‘z vaqtida ijro qilinishi holati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, ilmiy doiralar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash;
tadbirkorlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish;
tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda vakolatli davlat organlariga taqdim etish;
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish.
Bosh vazir o‘rinbosarlari J. Xodjayev va J. Qo‘chqorov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishga nufuzli xalqaro tashkilotlar va milliy ilmiy-tadqiqot muassasalari ekspertlari hamda mutaxassislarini jalb etsin.
Hozirgi kunda bozor sharoitida raqobatbardosh Tovar ishlab chiqargan holdagina bozorda korxona va kompaniyalar o’z o’rnini saqlab qolishi mumkin. Va bu jarayonda tovarga bo’lgan talabni o’rganish vas hu talab va takliflar orqali tovarni tahlil qilish lozim shundagina kamchilik va ustunliklarni saqlab qolish mumkin. Tovar va xizmat ishlab chiqaruvchi korxonalarda marketing tadqiqotlari kuzatuv uslubi ishni yengillashtiradi.

Download 329.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling