Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti marketing kafedrasi
Kurs ishining maqsad va vazifalari
Download 0.56 Mb.
|
Suhrob (1)
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Marketing tadqiqotlarining maqsadlar bilan birga yo‘nalishlari kengayib bormoqda. Quyidagi yo‘nalishlaridagi tadqiqotlar korxona uchun eng muhim hisoblanadi:
1.Kompaniya faoliyat ko‘rsatayotgan bozorini tavsiflash, ya’ni bozor sig‘imini aniqlash, bozorning o‘sish tezligini baholash, bozorning drayverlarini ko‘rsatish, bozorning asosiy segmentlarining xajmini aniqlash, bozorning asosiy ishtirokchilarini va ularning tutgan o‘rnini baholash, bozorga ta’sir o‘tkazishga qodir ishtirokchilarga ta’rif berish; 2. Bozorni segmentlash, shu jumladan kompaniya iste’molchilari va iste’molchi bo‘lmagan sub’ektlarni o‘rganish; kompaniya tovarlarini xarid qilish yoki ularni xarid qilmaslik sabablarini o‘rganish; bozor segmentlarini o‘rganish; eng jozibador segmentlarda iste’molni o‘rganish; bozor segmentining o‘zgarish omillarini taxlil qilish; 3. Iste’mochilarning xaridorga aylanish omillarini o‘rganish. Bunda quyidagi oltita omilga e’tibor qaratiladi: iste’molchining mazkur bozorning mavjudligini bilishi; kompaniya maxsulotining mavjudligini bilishi; maxsulotni xarid qilish istagi; maxsulotni bepul ishlatib ko‘rish; birinchi xarid; takroriy xarid. Ushbu pillapoya zinalarining o‘sib borishi kuzatilsa, kompaniya rivojlanish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. 4. Kompaniya maxsulotlarini xarid qilish sabablarini o‘rganish: maxsulot to‘g‘risida qachon fikr tug‘iladi, tovarni qachon xarid qiladilar, qanday mezonlar asosida tovarni tanlaydilar, tovarni xarid qilish yoki fikrni o‘zgartirishga nimalar ta’sir qiladi, tovarni xarid qilishdan voz kechish sabablari va x.k; 5. Mijozlarning kutishlari, sodiqligi va munosabatlarini o‘rganish, shu jumladan tovarning shakllangan obrazi, tovar xossalarining mijozlarning kutishlariga mosligi, tovardan qoniqish darajasi, xaridorlarning sodiqlak chegarasi, ya’ni boshqa tovarga o‘tishdan o‘zini tiyib turish chegarasi; 6. Yangi tovar konsepsiyasini va unga bo‘lgan talabni o‘rganish. Kompaniya tomonidan yangi tovarni ishlab chiqish va sotuvga chiqarishda marketing tadqiqotlarida maxsulot konsepsiyasining jozibadorligi, konsepsiyaga iste’molchilarning ishonishi yoki ishonmasligi, konsepsiyaning qabul qilinishi, xarid qilish ehtimoli, konsepsiyaning kelajakda foyda keltirish darajasi o‘rganish; 7. Iste’molchilarning turmush tarzi va odatlarini baholash, shu jumaladan bozordagi maqsadli segmentning turmush tarzi va yashash uslubi, tovarni iste’mol qilish odatlari, xaridorning qimmatliklari va hayotdagi maqsadlari, iste’molchi va tovarning uyg‘unlashishi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlash; 8. Reklama kampaniyasining samaradorligini baholash. Ko‘plab marketing tadqiqotlari reklamaga sarflangan mablag‘lar samaradorligini baholashga qaratiladi, ya’ni reklama kampaniyasini qamrovligi, reklama shakllantiradigan obraz, reklamani esda qolishi, reklama murojaatining tushunarliligi va iste’molchi ongiga yaqinligi, reklamadan keyin xarid qilish istagining paydo bo‘lishi va boshqalar; 9.Tovarni siljitish va sotish samaradorligini baholash. Bunday tadqiqotlar tovar tarqatish kanallarini va sotishni rag‘batlantirish tizimini o‘rganishga qaratiladi, jumladan tarqatish kanallarining darajasi, kanallarning tutgan o‘rni va ahamiyati, kompaniya maxsulotlari assortimentini qamrab olish darajasi, tovarning savdo tarmog‘ida etarliligi yoki ortiqchaligi, tovarni savdoda namoyon qilish sifati va boshqalar; 10. Tovarga bozordagi eng maqbul narxni o‘rnatish. Narxga doir marketing tadqiqotlari maqsadlariga tovarga bo‘lgan talabni baholash, talabning qayishqoqligini baholash, bozorning narx bo‘yicha segmentlarini ajratish, tovarning iste’mol qiymatini aniqlash, optimal narx chegaralarini aniqlash kiritiladi; 11. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rganish. Ko‘p kompaniyalar o‘z maxsulotiga xaridorlar sodiqligini shakllantirishda sotuv jarayonida xizmat ko‘rsatish mazmuniga e’tibor beradilar, shu munosabat bilan tadqiqotlarda xaridorlarning servis darajasidan qoniqishi, xodimlar bilan muloqotni ijobiy baholashi, xizmat ko‘rsatish jarayonidagi yaxshi va yomon baholadanadigan jixatlarni aniqlash ko‘zda tutiladi. Yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar marketing tadqiqotlarining bir qismini izohlaydi, lekin shulardan ham ko‘rinib turibdiki, marketing tadqiqotlari korxona faoliyati bilan bog‘liq hamma yo‘nalishlarda olib boriladi va pirovardida korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga imkon beradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling