Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti marketing kafedrasi
Download 0.56 Mb.
|
Suhrob (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand - 2023 Reja
- KIRISH Kurs ishining dolzarbligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI SERVIS FAKULTETI MARKETING KAFEDRASI KURS ISHI Mavzu: Korxonada sifatli tadqiqotlar Bajardi: MR-120 guruh talabasi Shogdorov Suhrob Rahbar: Marketing kafedrasi professor v.b. Sh.A.Musayeva Kurs ishi himoyaga qabul qilinadi (qabul qilinmaydi). Sana: "____" _______ 2023 yil Kurs ishini baholash: ___. Kurs ishini himoya qilish sanasi “____” ______ 2023 yil Samarqand - 2023 Reja Kirish 3 Marketing tadqiqotlari tushunchasi. ..…………………………………..6 Sifatli tadqiqot usullarining umumiy tavsifi………………………….. 15 Korxona marketing axborot tizimi. ………………………………………21 Korxona misolida tadqiqotlarning olib borilish jarayoni("TD Unit" MChJ). …………………………………………………………………………. Xulosa Adabiyotlar ro'yxati 26 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: Marketing tadqiqotlari marketologlarni axborotlar orqali bozor, iste’molchilar, raqobatchilar va marketing tashqi muhitining boshqa elementlari bilan bog‘lovchi vazifa hisoblanadi. Umuman olganda, marketing tadqiqotlari korxona faoliyati haqidagi noaniqliklarni kamaytirishga yordam berib, korxonaning samarali faoliyatini ta’minlaydi. Har qanday fan kabi marketing tadqiqotlari fani ham o‘zining funksiyalari bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan marketing tadqiqotlarining quyidagi bir qancha funksiyalarini ajratish mumkin. -Korxonaning faoliyat turini belgilash. Ushbu funksiya orqali marketing tadqiqotlari korxonaning bozordagi o‘rnini va bozor munosabatlari mazmunini belgilaydi. Marketing talqiqotlariga asoslanib tadbirkorlar ishlab chiqarish resurslarini qaysi yo‘nalishada konsentratsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qiladilar; -Korxonaning raqobatbardoshligini baholash. Marketing tadqiqotlari korxonaning salohiyati va chiqaradigan maxsulotlari bozor talabalariga qanchalik javob berishi to‘g‘risida axborot beradi; -Boshqaruv qarorlarini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. Marketing tadqiqoti marketingning axborot ehtiyojlarini qondirishi ko‘da tutilgan tadqiqotchilik faoliyati turini ifodalaydi. Marketing tadqiqoti jarayonida raqobat sharoitlarida marketing qarorlari qabul qilish uchun axborot-tahliliy asoslar yaratiladi; -Rejalashtirish va istiqbollash funksiyasi. Marketing tadqiqotlari korxona oldida turgan aniq muammo yoki masalani hal qilishga qaratiladi va rejalashtirishning ajralmas qismi hisoblanadi. -Korxonani tashqi muhit bilan bog‘lash vositasi. Marketing tadqiqotlari yordamida korxona boshqa bozor sub’ektlari bilan kommunikatsiya kanallarini shakllantiradi va axborot almashish tzimini yaratadi. Marketing firma faoliyatini, uning ichki va tashqi muhit elementlarini, kommunikatsiya kanallar tizimini bog‘laydi. Marketing tadqiqotlari funksiyalari ularning korxonalar va tashkilotlar boshqaruvidagi o‘rni naqadar yuqoriligini ko‘rsatib beradi. Marketing tadqiqotlari yana bir ta’rifi bo‘yicha uni marketing faoliyatining turli jihatlari bo‘yicha ma’lumotlarni tizimli ravishda to‘plash, 41 tartibga saralash va tahlil qilish tushuniladi. Marketing tadqiqotlari marketologlarni axborotlar orqali bozor, iste’molchilar, raqobatchilar va marketing tashqi muhitining boshqa elementlari bilan bog‘lovchi funksiya hisoblanadi. Ayniqsa, bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borayotgan bugungi kunda har bir korxona uchun marketing tadqiqotlari o‘tkazishning ahamiyati beqiyosdir. Marketing tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyoj bir qancha vaziyatlarda dolzarb bo‘ladi, ya’ni kompaniya yangi biznes-rejani tuzish maqsadini qo‘ygan bo‘lsa; kompaniya raqobatchilarga nisbatan zaiflashayotgan bo‘lsa; kompaniya ko‘zlagan maqsadlarga erisha olmayotgan bo‘lsa; kompaniya faolyatini boshqa soxaga qaratayotgan bo‘lsa; kompaniya rahbariyati strategik marketing qarorlarini ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsa. Ko‘rinib turibdiki, kompaniyaning barcha strategik qarorlarda marketing tadqiqotlari natijalari mujassamlashgan bo‘ladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling