Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis va turizm fa


Download 5.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.11.2023
Hajmi5.66 Mb.
#1795530
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi

Vazirlik – o`ziga tegishli tarmoqning xo`jalik tizimida boshqarishning eng 
oliy bo`g`ini hisoblanadi. U tarmoqning ahvoli, rivojlantirish istiqbollari, fan-
texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi, 
mahsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga 
bo`lgan talabni qondirish uchun mas`uldir. Vazirlikka O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan tayinlangan vazir rahbarlik qiladi.
Davlat qo`mitalari – vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, 
nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo`li bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga 
rahbarlik qilishga mo`ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir.
Kontsern – ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o`zgarishi, xilma-
xilligining ko`payishi) asosida tarkib topadigan ko`p tarmoqli korporatsiyadir. 
Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli 
korxona va muassasalar ixtiyoriylik asosida kiradi. 
Korporatsiya - bu rivojlangan yirik aktsionerlik jamiyatlari va trestlar 
birlashmasidir. Korporatsiyalarning negizi bo`lib aktsionerlik jamiyatlari 
hisoblanadi. Ular muayyan mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini 
birlashtiradi. Korporatsiyalar sarmoyalar kapitalining markazlashuviga yordam 
beradi, ilmiy-texnika taraqqiyotiga turtki bo`ladi, mahsulotning raqobatbardoshligi 
va hayotiy tsiklini uzoq davom etishini ta`minlaydi. 
Konsortsium - aniq vazifalarni, ya`ni fan-texnika, qurilish, tabiatni muhofaza 
qilish bo`yicha va boshqa yirik dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil 
etiladigan birlashmadir. U mustaqil firmalarning vaqtinchalik ittifoqi yoki 
moliyaviy muammolarni hamkorlikda hal qilish maqsadida tuzilgan banklararo va 
sanoat korxonalariaro bitim ko`rinishida bo`lishi mumkin. Konsortsium ko`pincha 
aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta sarmoyali 
sohalar bo`yicha tashkil qilinadi. Dastur bajarilgandan so`ng konsortsium o`z 
faoliyatini to`xtatadi yoki boshqa turdagi birlashmaga aylantiriladi. 
Assotsiatsiya – korxonalarning paychilik asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. 
U bir yoki bir necha ishlab chiqarish-xo`jalik vazifalarini birgalikda amalga 
oshirish maqsadida korxonalarning shartnoma asosida birlashishi natijasida tashkil 
topadi. Assotsiatsiyalar tarkibiga, odatda, muayyan hududda joylashgan va turdosh 
kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi.


15 
Xolding kompaniyasi – bu, eng avvalo, moliyaviy jamg`arma bo`lib, 
korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga 
kiruvchi aktsionerlik jamiyatlari aktsiyalarining nazorat paketi kompaniyaning 
ixtiyorida bo`ladi. Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan 
nazorat o`rnatish va dividentlar ko`rinishida foyda olishdir.
Har qanday iqtisodiy tizimda iqtisodiyotning birlamchi va asosiy bo`g`ini 
korxona va firmalar hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodiyotni boshqarish deganda, 
eng avval shu korxona va firmalar faoliyatini boshqarish tushuniladi. Bozor 
munosabatlari sharoitida boshqarish tushunchasi xo`jalik sub`ektlari faoliyatini 
faqat yuqori tashkilot va organlar tomonidan tartibga solishni qamrab olmaydi. 
Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi bozordagi talab va taklif asosida 
ularning o`zini-o`zi boshqarishidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, korxona va 
firmalar boshqaruv tizimida shunchaki ijrochigina emas, balki shu tizimning faol 
ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan xo`jalik sub`ekti bo`lib, 
o`ziga tegishli mulk asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, 
ishlar bajaradi, xizmat ko`rsatadi.
Firma - korxonadan farqli o`laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
sohalaridagi turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Bunday nomni 
sanoat korxonasi yoki davlat muassasasi uchun ham, savdo-vositachilik faoliyati 
uchun ham, sayyohlik va boshqa tashkilotlarga nisbatan ham qo`llash mumkin. 


16 

Download 5.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling