Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis va turizm fa


Download 5.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana23.11.2023
Hajmi5.66 Mb.
#1795530
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SAMARQAND IQTISODIYOT VA 
SERVIS INSTITUTI 
SERVIS VA TURIZM FA’KULTETI 
KASB-HUNAR TA’LIMI KAFEDRASI 
 
Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning mohiyati va zarurligi 
Guruh: MR-112 
Bajardi: Allayorov H.I. 
Ilmiy rahbar: dots: Kamilova N.A. 
Samarqand-2013 y 



Reja: 
Kirish
1. Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning 
roli 
2. Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirish. 
Iqtisodiyotni boshqarish organlari 
3. Bozor munosabatlarini davlat tomonidan yanada 
rivojlantirish zarurati
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
Ilova 



Kirish 
 
 
Butun insoniyat tarixida iqtisodiyotga qiziqish, uning qanday soha ekanligini 
tushunib yetishga katta e’tibor qaratilgan. Jamiyat hayotida xaqiqatdan ham 
“iqtisod” so’zi ko’pdan-ko’p uchraydi, ayrim hollarda esa avval iqtisod, so’ngra 
siyosat tushunchasini ishlatadilar. 
Insonning iqtisodiy sa’y-harakatlari negizida hamisha qonun-qoidalar yotadi. 
Bu qonun-qoidalarga amal qilish iqtisod hayotning rivojlanishiga ko’maklashadi, 
ya’ni ulardan to’g’ri foydalanishsa ijobiy va aksincha, noto’g’ri foydalanilganda 
esa salbiy natija berishi mumkin. 
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning, iqtisodiy hodisa va jaroyonlarning 
turli asosiy tomonlari o’rtasida doimiy takrorlanib turuvchi barqaror sabab-oqibat 
aloqalarini, ularning uzviy bog’liqligini ifodalaydi. 
Tabiiy qonunlar insonlar ongiga, irodasiga bog’liq bo’lmagan holda kishilik 
jamiyati bo’lmasa ham amal qilaveradi, bir so’z bilan aytganda bu qonunlar 
“Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish”ning ildizi va tak-tomiri hisoblanadi. 
Kishilik jamiyati uzoq tarixiy rivojlanish bosqichini o’z ichiga oladi. Bu 
davr mobaynida kishilar iqtisodiy hodisalarni kuzatib, ularni umumiylashtirib, turli 
fikr va mulohazalarni, ilmiy qarashlarni olg’a surganlar. Ularning natijasida 
iqtisodiyot ilmi yuzaga kelgan. Bu borada Qur’oni Karim, Hadisi sharifda, 
ajdodlarimiz bo’lmish buyuk allomalar asarlarida iqtisodiyitni davlat tomonidan 
boshqarish va uni amalga oshirish qonun-qoidalariga, tartiblariga, xo’jalik yuritish 
usullariga oid fikr va mulohazalar bayon etilgan. Lekin bunga yaqin yillargacha 
e’tibor berilmasdan kelindi. 
Mustaqillik sharofati bilan ular to’g’risida so’z yuritadigan, ularning 
iqtisodga oid fikr va mulohazalarini o’rganishga, hayotga tadbiq etishga kirishdik. 
Jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: “Murakkab o’tish 
davrida davlatning o’zi bosh islohatchi bo’lishi zarur. Davlat butun xalqning 
manfaatlarini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo’lishi, iqtisodiy 
taraqqiyotning yetakchi yo’nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va 
suverent davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlarni amalga 
oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ruyobga chiqarishi kerak”, -deb 
ta’kidlagan edi.

Download 5.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling