Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis va turizm fa


Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirish


Download 5.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana23.11.2023
Hajmi5.66 Mb.
#1795530
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi

2. Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirish 
Markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi sharoitida xo`jalik yuritish to`la-
to`kis davlatning direktiv, ya`ni yuqoridan tushiriladigan ko`rsatmalari va reja 
topshiriqlari asosida amalga oshirilar edi. Rejalar qonun kuchiga ega bo`lib, ularni 
bajarish shart va majburiy hisoblanar edi. Hamma narsani yuqoridan turib 
rejalashtirish amaliyoti korxonaning xo`jalik mustaqilligi, erkinligi va 
tashabbuskorligini cheklab qo`yar, bu o`z navbatida iqtisodiyot taraqqiyotiga 
salbiy ta`sir ko`rsatar edi. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tilgach, tabiiyki, xo`jalik yuritishni yuqoridan turib 
rejalashtirish tizimi barham topdi. Ayni vaqtda iqtisodiy taraqqiyot masalalarini 
bozor munosabatlari o`zi hal qiladi, ularga hech kim, hatto davlat ham 
aralashmasligi kerak, degan noto`g`ri tushuncha ham paydo bo`ldi. Biroq o`tgan 
yillar tajribasi shundan dalolat beradiki, iqtisodiy taraqqiyotni, umuman, korxona 
(firma)lar iqtisodiy faoliyatining, xususan, o`rta va uzoq muddatlarga 
mo`ljallangan rejalarining yo`qligi bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. Xo`jalik yuritishdagi qator qiyinchiliklar, korxona (firma)ning bankrotga 
uchrashi, ayrim tovarlar narxining “osmon”da ekani, ishsizlar sonining ko`payishi 
va boshqalar rejalashtirish tizimining yaxshi yo`lga qo`yilmaganining oqibati, deb 
baholash mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ham iqtisodiyotni boshqarish va qo`yilgan 
maqsadga yo`naltirishni davlat tomonidan tartibga solib turilishi muhim ekanligi 
ayon bo`lib qoldi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning engmuhim shakllaridan 
biri iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish varivojlantirishdir. Mamlakat miqyosida 
ishlab chiqaruvchi kuchlarnirivojlantirish, hududiy va tarmoqlararo mehnat 
taqsimoti, davlat mulkiningmavjudligi, iqtisodiyotga jalb etilayotgan sarmoyalar 
harakatinimuvofiqlashtirish zarurati va boshqalar iqtisodiy taraqqiyotni bashorat 
qilishva rejalashtirishni taqozo etadi.
Bashorat qilish istiqbolni oldindan ko`ra olishning quroli sifatida 
boshqaruvning samarali dastagi hisoblanadi. Undan foydalanmaslik ishlab 
chiqarishning kamayishiga olib keluvchi sabablardan biridir. Shuning uchun 
mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, korxonalar (firmalar) rivojlanishini o`rta va 
uzoq muddatga bashoratlash va davlat tomonidan tartibga solish tizimini joriy 


10 
qilish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy taraqqiyot istiqbolini aniqlash bashorat qilish deb yuritiladi va u, 
odatda, uzoq muddatga (10 yilgacha) va o`rta muddatga (5 yilgacha) mo`ljallanadi. 
Bunda o`tgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish holati va yo`l qo`yilgan kamchiliklar 
tahlilidan kelib chiqib va bozor kon`yukturasini o`zgarish tendentsiyalariga 
asoslanib, kelajakda iqtisodiy rivojlanishning qanday bo`lishi va u qanday 
natijalarga olib kelishi bashorat qilinadi.
Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilishda bozor munosabatlarinig o`ziga xos 
xususiyatlarini e`tiborga olish juda muhim. Gap shundaki, iqtisodiy bashorat 
markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi hukmron bo`lgan davrda ham mavjud edi. 
Biroq u davrda bashorat qilish va rejalashtirishning bosh masalasi ishlab 
chiqirishning rivojlanishi edi. Endilikda, ya`ni bozor munosabatlari sharoitida, 
bosh masala iste`mol bozori talabini qondirishdir. Bozor munosabatlari sharoitida 
istiqbolni belgilashning oldingi davrdagi bashoratlashdan asosiy farqi ham shundan 
iborat. 
Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirishni iste`mol bozori 
talabiga qaratilishi korxona (firma)larni yaxshi samara bermayotgan ishlab 
chiqarishdan voz kechib, yuqori samaradorlikni ta`minlovchi ishlab chiqarish bilan 
shug`ullanishga majbur etadi.
Bozor iqtisodiyotining bu xususiyatini e`tiborga olish bilan bir qatorda 
bashoratlash va rejalashtirishning ilmiy asosda amalga oshirilishi, marketing 
tadqiqotlari va ishonchli ma`lumotlarga asoslanishi ham muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Bashoratlar asosida iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Ularda 
iqtisodiyot rivojlanishining moddiy va ijtimoiy maqsadlari belgilanadi. 
Maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan sarmoyalar rejalari tuziladi, 
ishlab chiqarish bilan iste`mol o`rtasidagi, ishlab chiqarish bilan import, ishlab 
chiqarish bilan eksport, eksport bilan import o`rtasidagi bog`liqliklar aniqlanadi. 
Iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat dasturlari asosida rejalar qabul qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida dastur va rejalar davlat korxonalari uchun 
direktiv, xususiy sektor uchun taklif xarakteriga egadir. Tadbirkorlarning rejalarga 
amal qilishlarini rag`batlantirish maqsadida ularga soliq to`lashda, kredit va 
subsidiyalar olish, xomashyo, yoqilg`i, energiya, asbob-uskunalar xarid qilishda, 
tovarlarni eksport qilishda imtiyozlar beriladi. 


11 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida istiqbolni belgilash tizimi mahsulot ishlab 
chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligiga asoslanadi. Katta tashkiliy-iqtisodiy 
tadbirlarni amalga oshirishda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o`zlari 
tashabbuskorlik qiladilar. Istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda davlatning 
aralashuvi kredit xizmati ko`rsatish, xomashyo, yoqilg`i resurslarini ajratish, 
oqilona soliq siyosatini o`tkazish va davlat ehtiyoji uchun mahsulotlar sotib 
olishdan iborat bo`ladi. Iqtisodiy rivojlanish istiqbolini belgilashda davlat 
resurslari va mablag`larining nodavlat sektorida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning 
mablag`lari bilan birgalikda ishtirok etishini ta`minlash hamkorlikdagi dasturlar va 
loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutish katta ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy taraqqiyotni belgilash tizimi quyidagi vazifa va masalalarni 
bajarishga qaratiladi:
-milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari hamda mintaqalarning yaqin va uzoq 
muddatdagi rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlarini belgilash;
-ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish istiqbollarini 
belgilash.
Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilishdan ko`zlangan maqsad ishlab 
chiqarishni boshqarish va tartibga solishni ta`minlash, mavjud resurslardan 
samarali va oqilona foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaratish va pirovard 
natijada iste`mol bozori talablarini to`laroq qondirishdan iborat bo`lib, bu 
vazifalarni bajarish ko`p jihatdan bashoratlash usullariga bog`liq.
Jahon amaliyotida bashoratlashning bir necha usullari mavjud bo`lib, ular 
asosan quyidagilardan iboratdir: 
-dasturiy-maqsadli usul;
-indikativ (tavsiyaviy) usul;
-ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur sarmoyalarning o`sish 
istiqbollarini belgilash usuli.
Dasturiy-maqsadli usul ko`proq mamlakat miqyosidagi yirik ijtimoiy-
iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun qo`llansa, indikativ (tavsiyaviy) usul 
ishlab chiqarish, ayniqsa, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining istiqbollarini 
belgilashda asqotadi. Sarmoyalarning o`sish istiqbollarini belgilash usuli 
mamlakat, uning hududlari va viloyatlari miqyosida ham, iqtisodiyot tarmoqlari va 
ishlab chiqarish korxonalari darajasida ham qo`llanishi mumkin. 
Iqtisodiy taraqqiyotni belgilashning eng nozik tomonlari, bu – bashoratlash 
ko`rsatkichlariga erishish uchun ishlab chiqarishni kafolatlangan moddiy va 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganidir. Bu muammo to`liq hal etilmaganligi 
ishlab chiqilgan dastur va loyihalarning ko`p hollarda qisman bajarilib yoki 
umuman bajarilmay qolishiga sabab bo`ladi. 
Shunday qilib, bozor munosabatlari sharoitida davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi iqtisodiyot tarmoqlarini oqilona boshqarish, mamlakat va uning 
hududlari iqtisodiy taraqqiyotidagi nozik jihatlarni oldindan belgilab olish, 
taraqqiyotning ustivor yo`nalishlarini aniqlash va aholining turmush sharoitlarini 
yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan 
iboratdir.


12 
Milliy iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish zarurati muayyan 
vazifalarni bajaruvchi va muayyan vakolatlarga ega bo`lgan boshqarish organlari 
faoliyatini taqozo etadi. Mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish respublika 
hukumati, ya`ni Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. U o`z 
vakolatlari doirasida nafaqat iqtisodiy jarayonlarni, balki ijtimoiy jarayonlarni ham 
boshqaradi.
Iqtisodiyotni boshqarish va uni umumdavlat manfaatlariga asoslangan holda 
tartibga solish, tabiiyki, oddiy vazifalar sirasiga kirmaydi. Buning uchun hukumat 
tomonidan bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ro`yobga chiqarish asosida 
mulkchilik shakllarining tengligini ta`minlash, erkin tadbirkorlik uchun zarur 
sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish siyosatini o`tkazish, 
kichik va o`rta biznesning rivojlanishiga ko`maklashish talab qilinadi. Shu 
maqsadda hukumat pul va kredit tizimini mustahkamlash siyosatini ishlab chiqadi
yagona narx siyosatini o`tkazadi, mehnat miqdori va ijtimoiy ta`minot darajasi 
borasida belgilangan kafolatlarni ta`minlash chora-tadbirlarini ko`radi. Vazirlar 
Mahkamasi o`ziga bo`ysinuvchi vazirliklar va idoralar ishini muvofiqlashtirib, 
ularning ijtimoiy siyosatni ro`yobga chiqarish borasidagi mas`uliyati darajasini va 
buning uchun zarur bo`lgan funktsiya va vakolatlarni belgilaydi, respublika 
byudjeti, shuningdek, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng 
muhim dasturlarini ishlab chiqadi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq mamlakat hududidagi 
barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar va farmoyishlar 
chiqaradi.
Ma`lumki, iqtisodiy islohotlarning pirovard natijalari uni amalga oshirish 
ob`ektidan (respublika, tarmoq, korxona) qat`iy nazar, mujassamlashgan holda 
hududiy birlik (viloyat, tuman, shahar)lar darajasida namoyon bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda 
huquqiy-demokratik davlat barpo etish oliy maqsad qilib belgilandi. Buning uchun 
ikkita muhim vazifani hal etish talab qilinadi. Bularning birinchisi, bozor 
munosabatlariga asoslangan va ijtimoiy yo`naltirilgan iqtisodiyotni barpo etish 
bo`lsa, ikkinchisi, davlat hokimiyatining vakillik va o`zini-o`zi boshqarish 
organlarining yangi tizimini yaratishdir.
O`tgan davr ichida respublikamizda bozor islohotlari chuqurlashib, huquqiy-
demokratik institutlar rivoj topdi va ayni vaqtda mahalliy ijroiya hokimiyati 
organlarining faoliyati ham takomillashib bordi.
Mahalliy davlat hokimiyati bir-biriga bo`ysunmagan davlat va vakillik 
organlaridan iborat bo`lib, ular o`z faoliyatlarini o`zaro hamkorlik asosida tashkil 
etadilar.
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor 
shaxsi bo`lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini 
boshqaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir hudud o`z iqtisodiy rivojlanishida 
ko`proq erkinlikka ega bo`lishi, ishlab chiqarish natijalaridan, avvalo, ushbu hudud 


13 
aholisi manfaatdor bo`lishi lozim. Ma`lumki, respublikamizda bozor 
munosabatlariga o`tish jarayoni yangi-yangi ijtimoiy munosabatlarning, ayniqsa, 
mulk munosabatlarining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. O`zini-o`zi mablag` bilan 
ta`minlash tamoyili joriy etilib, xo`jalik yuritishning mutlaqo yangi usullari 
vujudga keldiki, bularga eskicha usul bilan, eski organlar bilan rahbarlik qilib 
bo`lmay qoldi. Shu munosabat bilan yangicha ishlash qobiliyatiga ega bo`lgan, 
ya`ni mas`uliyatni o`z zimmasiga olib, masalalarni tezkorlik bilan hal qila oladigan 
davlat organlari zarur bo`lib qoldi. Bu zarurat mahalliy boshqaruv amaliyotida 
mavjud bo`lgan organlarni vakillikka asoslangan va yakka boshchilik tamoyili 
asosida ish yurituvchi organlar bilan almashtirishni taqozo etdi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan mahalliy hokimiyat 
organlari vakolatiga quyidagilar kiradi: 
-qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash; 
-hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
-mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, 
yig`imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg`armalarni hosil qilish; 
-mahalliy kommunal xo`jalikka rahbarlik qilish;
-atrof-muhitni muhofaza qilish;
-fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta`minlash;
-normativ xujjatlarni qabul qilish hamda O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga 
oshirish.
Yuqoridagilar mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining 
birgalikda amalga oshiradigan vazifalari bo`lib, ularning vakolati shu vazifalardan 
kelib chiqadi. 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning 
moliya-xo`jalik mustaqilligini kengayib borishini taqozo etadi. Bu o`z navbatida 
ularning gorizontal xo`jalik aloqalarining rivojlanishiga olib keladi. Natijada 
markaziy boshqaruv organlarining vakolatlari torayib boradi.
Hozirga qadar saqlanib qolgan tarmoq boshqaruv organlari 
mamlakatimizning strategik iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda quyidagi 
vazifalarni hal etish bilan shug`ullanadi:
-tarmoq rivojlanishining umumiy yo`nalishlarini aniqlash; 
-ilmiy-texnikaviy siyosatni o`tkazish;
-chet el investitsiyalarini jalb etish;
-ekologik muammolarni hal qilish. 


14 
Shuni ham aytib o`tish kerakki, mamlakat miqyosida makroiqtisodiy 
barqarorlik va rivojlanishga oid vazifalarni bajarishda O`zbekiston Respublikasi 
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi o`zlarining alohida 
o`rniga ega bo`lib, bozor munosabatlarining rivojlanishi ularning maqsadiga salbiy 
ta`sir ko`rsata olmaydi.
Respublikamiz milliy iqtisodiyotida o`nlab tarmoqlar, minglab korxonalar 
faoliyat ko`rsatadi. Ularni bir-biri bilan muvofiqlashtirish, mamlakatimiz hududida 
joylashtirish va mahsulot (xizmat)ga bo`lgan talabni aniqlash har bir tarmoq oldida 
turgan keng qamrovli masalalar hisoblanadi. Bularni samarali va oqilona hal qilish 
boshqarishning tarmoq organlari hisoblanuvchi vazirliklar, davlat qo`mitalari, 
kontsernlar, kontsortsiumlar, assotsiatsiyalar va xolding kompaniyalari zimmasiga 
yuklatilgan.

Download 5.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling