Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis va turizm fa
Download 5.66 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KASB-HUNAR TA’LIMI KAFEDRASI Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi
- Reja: Kirish 1. Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI SERVIS VA TURIZM FA’KULTETI KASB-HUNAR TA’LIMI KAFEDRASI Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi Guruh: MR-112 Bajardi: Allayorov H.I. Ilmiy rahbar: dots: Kamilova N.A. Samarqand-2013 y 2 Reja: Kirish 1. Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli 2. Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirish. Iqtisodiyotni boshqarish organlari 3. Bozor munosabatlarini davlat tomonidan yanada rivojlantirish zarurati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilova 3 Kirish Butun insoniyat tarixida iqtisodiyotga qiziqish, uning qanday soha ekanligini tushunib yetishga katta e’tibor qaratilgan. Jamiyat hayotida xaqiqatdan ham “iqtisod” so’zi ko’pdan-ko’p uchraydi, ayrim hollarda esa avval iqtisod, so’ngra siyosat tushunchasini ishlatadilar. Insonning iqtisodiy sa’y-harakatlari negizida hamisha qonun-qoidalar yotadi. Bu qonun-qoidalarga amal qilish iqtisod hayotning rivojlanishiga ko’maklashadi, ya’ni ulardan to’g’ri foydalanishsa ijobiy va aksincha, noto’g’ri foydalanilganda esa salbiy natija berishi mumkin. Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning, iqtisodiy hodisa va jaroyonlarning turli asosiy tomonlari o’rtasida doimiy takrorlanib turuvchi barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning uzviy bog’liqligini ifodalaydi. Tabiiy qonunlar insonlar ongiga, irodasiga bog’liq bo’lmagan holda kishilik jamiyati bo’lmasa ham amal qilaveradi, bir so’z bilan aytganda bu qonunlar “Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish”ning ildizi va tak-tomiri hisoblanadi. Kishilik jamiyati uzoq tarixiy rivojlanish bosqichini o’z ichiga oladi. Bu davr mobaynida kishilar iqtisodiy hodisalarni kuzatib, ularni umumiylashtirib, turli fikr va mulohazalarni, ilmiy qarashlarni olg’a surganlar. Ularning natijasida iqtisodiyot ilmi yuzaga kelgan. Bu borada Qur’oni Karim, Hadisi sharifda, ajdodlarimiz bo’lmish buyuk allomalar asarlarida iqtisodiyitni davlat tomonidan boshqarish va uni amalga oshirish qonun-qoidalariga, tartiblariga, xo’jalik yuritish usullariga oid fikr va mulohazalar bayon etilgan. Lekin bunga yaqin yillargacha e’tibor berilmasdan kelindi. Mustaqillik sharofati bilan ular to’g’risida so’z yuritadigan, ularning iqtisodga oid fikr va mulohazalarini o’rganishga, hayotga tadbiq etishga kirishdik. Jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: “Murakkab o’tish davrida davlatning o’zi bosh islohatchi bo’lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo’lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi yo’nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suverent davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ruyobga chiqarishi kerak”, -deb ta’kidlagan edi. Download 5.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling