Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Statistik kuzatishning dasturi deb
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari
Statistik kuzatishning dasturi deb, kuzatish jarayonida javob
olinishi lozim bo‘lgan savollar majmuiga aytiladi. Kuzatish dasturining mazmuni statistik tadqiqotlar ob’ekti va vazifalari bilan belgilanadi. Undan tashqari qayd qilinishi lozim bo‘lgan belgilar ro’yxati bilan tasvirlanadi. Kuzatish dasturiga kiritiladigan belgilar muhim bo‘lishi lozim. Statistik kuzatish dasturining savollari va unga javoblar statistik kuzatishning asosiy instrumenti - statistik formulyar (ro‘yxatga olish varaqasi, anketa, shakl, va hokazo shu singari) larda aks ettiriladi. Amaliyotda formulyarlarning ro‘yxatli va yakka holdagi (individual) turlari qo‘llaniladi. Ro‘yxatli formulyarlarga bir qancha kuzatish birliklarining natijasi yoziladi, yakka holdagi formulyarlarga esa, har qaysi kuzatish birligi alohida to‘ldiriladi. Statistik formulyarlarga yo’riqnoma yozilib, unda formulyarlarning to‘ldirilish tartibi atroflicha bayon qilib beriladi. Statistik kuzatishning rejasida bir qator tashkiliy masalalar ham o‘rin oladi. 28 Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari Kuzatish organi Kuzatish vaqti va muddati Kuzatish joyi Kadrlarni tanlash va tayyorlash 2.4-chizma. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari Ular jumlasiga kuzatish organi, joyi, usullari kiradi. Statistik kuzatishning tashkiliy rejasiga ruyxatga oluvchi kadrlarni tayyorlash, ularga yo‘l - yo‘riqlar berish, to‘g‘ri bajarilishi ustidan nazorat qilish masalalari ham kiradi.Undan tashqari kuzatishning vaqti, mablag‘lar manbai singari masalalar ham rejalashtiriladi. Kuzatish organi – bu statistik kuzatishni tashkil qiladigan va bevosita o’tkazadigan tashkilotdir. Mamlakat miqyosidagi kuzatishlar rejasini O’zbekiston Respublikasi Davlat statitsikasi qo’mitasi tegishli vazirliklar bilan birgalikda tuzadi va o’tkazadi. Statitsik kuzatish vaqti va muddati deyilganda kuzatish qachon (qaysi vaqtda) va qancha muddatda o’tkazilishi tushuniladi. Misol: Mamlakatda aholini yoppasiga ro’yxatdan o’tkazish 1989 yil o’tkazilgan bo’lib, muddati 12-19 yanvar kunlari 8 kun belgilangan. Bu muddatda kuzatilayotgan voqea-hodisalarda o’zgarishlar bo’ladi. Shuning uchun kuzatishda kritik payt (moment)ni belgilash lozimdir. Kritik payt (moment) kuzatishda voqea-hodisalarni ma’lum muddatda (soat, kun va shu kabilar) qayd qilib (ro’yxatga olib), ma’lumot yig’ishdir. 1989 yil aholini ro’yxatga olishda 11 yanvardan 12 yanvarga o’tar kechasi soat 24 00 kuzatishning kritik payti (momenti) deb belgilangan. Shu muddatdan keyin tug’ilganlar va o’lganlar ro’yxatda qayd (hisobga) olinmagan. Kuzatish joyida kuzatish qayerda o’tkazilishi tushuniladi. Kuzatishga tayyorgarlik jarayonida kuzatish o’tkazuvchi kadrlar tanlanadi va ular bilan maxsus mashg’ulotlar olib boriladi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling