Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


“Statistik kuzatish” bobi bo‘yicha TAYANCH IBORALAR


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   206
Bog'liq
sss111

 
“Statistik kuzatish” bobi bo‘yicha TAYANCH IBORALAR 
Statistik kuzatish - ijtimoiy hayot xodisa va jarayonlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda, rejali, ilmiy asosda 
to‘plash (yig‘ish)dir. 
Statistik kuzatishning ob’ekti (statistik to‘plam) - kerakli 
ma’lumotlar to‘planishi lozim bo‘lgan ko‘plab hodisa va jarayonlar 
majmui. 
Kuzatish birliklari - to‘plam elementlaridir. 
To‘plam belgisi - statistik kuzatishning har birligining 
xususiyatlarini ifodalovchi aniqlanishi (o‘rganilishi) lozim bo‘lgan 
miqdoriy tasvirini ko‘rsatuvchi tushunchadir. 
Sifat (atributiv) belgilar - hodisa va jarayonlarning mohiyatini 
ifodalovchi ko‘plab tushunchalardan tashkil topgan belgilardir. 
Miqdoriy belgilar - mohiyati son jihatdan ifodalanishi mumkin 
bo‘lgan belgilardir. 
Hisobot birligi - kuzatish birligi to‘g‘risida ma’lumotlar keladigan 
manbadir. 
Hisobot - davlat statistika organlari belgilagan muddatda korxona 
va muassasalardan olib turadigan, oldindan tasdiqlangan shakldagi 
statistik kuzatish shaklidir.
Yalpi (to‘liq) kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plamning barcha 
birliklarini qamrab oluvchi statistik kuzatish turidir. 


31 
Qisman kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plamni faqat bir qismi 
qamrab oladigan statistik kuzatish turidir. 
Tanlab 
kuzatish 

tasodifiy usulda ajratilgan to‘plam 
birliklarining qismining kuzatilishidir. 
Asosiy massivni kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plam birliklarining 
eng muhim belgilarini qamrab oladigan qisman kuzatishdir. 
Monografik kuzatish - maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan 
qandaydir to‘plam alohida birliklarini chuqurroq va har tomonlama
o‘rganish imkonini beruvchi qisman kuzatishdir. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling