Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


«Moliya va davlat budjeti statistikasi» bobi bo‘yicha TAYANCH


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206
Bog'liq
sss111

«Moliya va davlat budjeti statistikasi» bobi bo‘yicha TAYANCH 
IBORALAR 
Davlat 
budjeti 
– mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda
xukumatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim vosita 
hisoblanadi. 
Budjet so‘zining ma’nosi – chemodan, pul to‘ldirilgan xaltani 
bildiradi. Demak, budjet davlatning bir tomonidan daromadlar, ikkinchi 
tomondan ularni nimalarga sarflanishini bildiradigan moliyaviy rejadir. 
Davlat budjeti statistikasining asosiy vazifasi hukumatning fiskal 
siyosatining 
mazmuni 
va 
yo‘nalishini 
belgilovchi 
budjet 
ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tavsif berishdir. 
Aksiz solig‘i aholi uchun juda zururiy ehtiyoj bo‘lmagan ayrim 
(spirtli ichimliklar: vino, aroq, konyak; tamaki mahsulotlari, benzin, 


261 
mashinada to‘qilgan gilam kabi) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga 
belgilangan. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i – korxonalar ishlab chiqargan va 
sotilishi lozim bo‘lgan tayyor mahsulotlar qiymatiga belgilangan 
stavkada qo‘yiladi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni yer osti va yer 
usti suvlaridan foylanuvchilar (yuridik shaxslar) belgilangan stavka 
bo‘yicha budjetga soliq to‘laydilar. 
Joriy sarflar – davlat budjeti sarflarining katta qismini tashkil 
etadi. Bu guruhga davlat boshqaruv sektorining barcha joriy xarajatlari 
kiradi. 
Kapital sarflar – bu tarmoqlarni rivojlantirish uchun asosiy kapital, 
nommodiy aktivlar, yer moddiy zaxiralar, qimmatbaho buyumlar sotib 
olish va shu kabi boshqa kapital sarflarni o‘z ichiga oladi. 
Kreditlash minus qarzning qoplanishi – bu guruhga davlatga 
tegishli muassasalarning boshqalarga bergan ssudalarni yoki aksiyalarni 
sotib olishga sarflangan (qaytarilgan ssudalar va qaytarib sotilgan 
aksiyalar qiymati chiqarib tashlanganidan keyin) xarajatlar kiritiladi. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling