Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   206
Bog'liq
sss111

 
13.4. Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari 
Davlat budjeti defitsiti (taqchilligi) deganda budjet daromadlaridan 
xarajatlarning ko‘p bo‘lganligi tushuniladi. Ko‘pgina davlatlarda, hatto 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida ham budjet defitsiti kuzatiladi. 
XVF ning ma’lumotiga ko‘ra 2000 yilda 126 davlatdan 98 tasi budjeti 
defitsit bo‘lgan. 
2020 yilda davlat byudjetining daromadlari 94 452,9 mlrd. soʼmni, 
xarajatlari esa 102 164,8 mlrd. soʼmni tashkil etdi yoki davlat byudjeti 7 
711,9 mlrd soʼm yoki davlat byudjeti defitsiti YaIMga nisbatan 1,9 % 
miqdorida taqchillik bilan ijro etildi. 
2020 yilning oktyabr oyining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 
davlat byudjeti (davlat byudjeti daromadi – 11920,2 mlrd. soʼm, xarajati 
– 11178,1mlrd. soʼm) profitsit bilan bajarilib, davlat byudjeti ijobiy 
saldosi 742,1 mlrd. soʼmni tashkil etdi. 
Umuman olganda, 2020 yil yanvar-oktyabr oylarida davlat 
byudjetida (davlat byudjeti daromadi – 106373,1 mlrd. soʼm, xarajati – 
113342,9 mlrd. soʼm) defitsit holati kuzatilib, uning umumiy manfiy 


255 
saldosi 6969,8 mlrd. soʼmni yoki davlat byudjeti daromadlariga 7,4 %ni 
tashkil etdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining defitsit bo‘lishiga 
bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholining kuchli ijtimoiy 
himoya qilinishi natijasida ijtimoiy sohaga yildan-yilga ko‘proq mablag‘ 
ajratilishi hamda xodimlarning minimal ish haqqining miqdorini har yili 
oshirib kelinishi asosiy sabablardan biridir. 
Davlat budjeti defitsiti ichki va tashqi manbalar hisobidan 
qoplanishi mumkin. Budjet defitsitini qoplovchi ichki manbalarga davlat 
boshqaruviga qarashli va iqtisodiyotning boshqa sektorlariga qarashli 
mablag‘larning jalb qilinishi: Respublika Markaziy bankidan olinadigan 
qarzlar, davlatning qisqa va uzoq muddatli obligatsiyalarini chiqarish va 
sotish, yangidan pul chop qilib, muomalaga chiqarish (pul emissiyasi) va 
boshqa yo‘llar bilan amalga oshiriladi. 
Tashqi manbalar ham mamlakat budjet defitsitini qoplash uchun 
xorijiy davlatlardan, xalqaro tashkilotlar, banklardan olinadigan qarzlar 
yoki ularning mablag‘larini iqtisodiyotga jalb qilishdir. 
Demak davlat budjetining deifitsitini qoplash davlatning ichki va 
tashqi qarz majburiyatlarini ko‘paytiradi. Lekin yuqoridagi davlat 
budjeti defitsitini qoplash manbalari iqtisodiyotni rivojlantirishga 
turlicha ta’sir qiladi. Masalan, yangi pul massasini muomalaga (pul 
emissiyasi) chiqarish, tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanmagan 
muomaladagi pulning ko‘payishiga olib keladi, natijada narxlar oshib, 
inflyatsiya darajasi ko‘tariladi. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling