Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   206
Bog'liq
sss111

Davlat byudjeti 
daromadi
soliq tushumlari
Bevosita soliqlar
yuridik shaxslardan 
olinadigan solig'
jismoniy shaxslar 
daromadiga soliqlar 
yagona soliq 
to'lovi
Bilvosita soliqlar
qo‘shilgan qiymat 
solig‘i
aksis 
solig‘i
Bojxona boji va 
shu kabilar
Resurs to'lovlari va 
mulk solig'i
mulk solig'i
suv resurslaridan 
foydalanganligi 
uchun soliq
yer osti boyliklaridan 
foydalanganlik uchun soliq


252 
ko’rayotgan chora tadbirlar natijasida bevosita soliqlar summasi 
ko’paygani bilan, uning jami budjet daromadlaridagi xissasi kamayib 
bormoqda (13.1-jadval). 
13.1-jadval 
O‘zbekiston davlat budjeti daromadlar tarkibi dinamikasi
(mlrd. so‘m) 
Ko‘rsatkichlar 
2000 
2016 
2020

I.Daromadlar jami 
9.10.8 100% 41043.4 100,0% 94452,9 100,0% 
a. Bevosita soliqlar 
253.3 27.8% 9852.8 
24.0% 31385,0 33,2% 
b. Bilvosita soliqlar 495.1 54.4% 21130.7 51.5% 33113,2 35,1% 
v. Resurs to‘lovlar 
va mol-mulk solig‘i 
91.1 10.0% 5306.2 
12.9% 15272,4 16,2% 
z.Boshqa 
daromadlar 
71.3 
7.8% 
4753.7 
11.6% 14682,3 15,5% 
*
2020 yil yanvar-sentyabr oylaridagi davlat budjeti daromadlari
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida soliqqa 
tortish 
tizimini 
soddalashtirish, 
soliq 
ma’muriyatchiligini 
takomillashtirish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar 
qo‘llashga alohida e’tibor berilgan. 
13.3. Davlat budjeti xarajatlari statistikasi 
Davlat budjeti xarajatlariga davlatning o‘z funksiyasini bajarish 
maqsadida mamlakatni boshqarish, mudofaa qilish, xalq xo‘jaligini 
rivojlantirish hamda ijtimoiy sohani yanada yaxshilash bo‘yicha davlat 
budjetidan qilgan sarflari yig‘indisiga aytiladi. 
Davlat byudjetining 2020 yil yanvarь-sentyabr oylaridagi 
xarajatlari 102 164,8 mlrd. soʼmni yoki YaIMga nisbatan 25,0 foizni 
tashkil etdi. Dastlabki maʼumotlarga koʼra, oktyabr oyining oʼzida esa 
davlat byudjeti xarajatlari 11178,1 mlrd. soʼmni tashkil etib, yil 
boshidan beri davlat byudjeti xarajatlari 113342,9 mlrd. soʼmni tashkil 
etgan. 
Davlat mamlakatni boshqarish uchun xokimiyat apparatini 
saqlashi, tartibni saqlash va qonunni himoya qilish uchun sud
prokuratura, ichki ishlarni tuzadi, hamda barcha xarajatlarini budjetdan 
qoplaydi. 


253 
Davlat mamlakatni himoya qilish (tashqi va ichki qarshi 
kuchlardan) uchun mudafaa – qurolli kuchlarni tashkil etadi va barcha 
xarajatlarni budjetdan sarflaydi. 
Davlat madaniy sohasidagi barcha asosiy xarajatlarini budjetdan 
moliyalashtiriladi. 
Davlat budjeti xarajatlarini ikki xil guruhlash mumkin: a) 
yo‘nalishi ya’ni qaysi funksiyani bajarish uchun sarflangani bo‘yicha; b) 
sarflarning iqtisodiy mohiyati bo‘yicha. 
Yuqorida yozilganlardan ma’lumki, davlat budjeti ijtimoiy sohani 
(sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, fan, madaniyat va shu kabi) hamda 
mamlakatni boshqarish va mudafaa qilishga sarflanadi.
Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy mohiyati bo‘yicha quyidagicha 
tasniflanadi: 
I. Joriy sarflar – davlat budjeti sarflarining katta qismini tashkil 
etadi. Bu guruhga davlat boshqaruv sektorining barcha joriy xarajatlari 
kiradi. 
II. Kapital sarflar – bu tarmoqlarni rivojlantirish uchun asosiy 
kapital, nommodiy aktivlar, yer moddiy zaxiralar, qimmatbaho 
buyumlar sotib olish va shu kabi boshqa kapital sarflarni o‘z ichiga 
oladi. 
III. Kreditlash minus qarzning qoplanishi – bu guruhga davlatga 
tegishli muassasalarning boshqalarga bergan ssudalarni yoki aksiyalarni 
sotib olishga sarflangan (qaytarilgan ssudalar va qaytarib sotilgan 
aksiyalar qiymati chiqarib tashlanganidan keyin) xarajatlar kiritiladi. 
Davlat budjetining asosiy parametr ko‘rsatkichlari har yili 
Respublika Oliy Majlisida ko‘rib chiqiladi. Yil davomida davlat budjeti 
ijrosini Respublika Moliya vazirligi va uning joylardagi hududiy 
(viloyat, shahar, tuman) moliya organlari amalga oshiradi. Xo‘jalik 
yurituvchi 
boshqa 
soliq 
to‘lovchilardan 
soliqlarning 
to‘g‘ri 
hisoblanganligini va o‘z muddatida budjetga o‘tkazilganligini Davlat 
Soliq Qo‘mitasi va joylardagi uning boshqarmalari nazorat qilib boradi. 
Davlat budjetiga tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki yoki boshqa tijorat banklarida ochilgan hisob varaqlarda 
(Respublika budjeti, mahalliy budjetlar) saqlanadi va Moliya vazirligi 
ko‘rsatmasi bilan sarflanadi. Shuning uchun ham soliq, bojxona 
organlari, banklar davlat budjetiga tushumlar (daromadlar) hamda budjet 
mablag‘larini ishlatuvchilar olingan mablag‘larni maqsadli, reja (smeta) 
asosida foydalanganliklari bo‘yicha hisobot topshiradilar. 


254 
Umuman davlat budjetini o‘rganishda statistik usullardan keng 
foydalaniladi. Amaliyotda davlat budjeti daromadlari rejasining 
bajarilishi 
(hududlar 
bo‘yicha, 
daromad 
turlari 
bo‘yicha), 
daromadlarning bir necha yillarda umumiy hajmining va turlari bo‘yicha 
o‘zgarishini dinamika qatorlaridan foydalanib aniqlanadi. 
Daromadlar tushumini tahlil qilganda indeks usulidan foydalanib, 
soliq solinadigan baza (B), soliq stavkasi (SS) va soliqning yig‘ilish 
darajasiga (d) deb olinib, ularning o‘zgarishi soliqning umumiy hajmiga 
ta’sirini (∆st – soliq tushimi hajmining farqi) aniqlash mumkin. 
O‘tgan davrdagi soliq hajmi: ST

=B
0
· SS
0
· d
0

Joriy yildagi soliq tushumi: ST
1
= B
1
· SS
1
· d
1

Joriy yilda soliq tushumining o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi 
(farqi) ∆ST = St
1
-ST
0
. Bu farqga yuqoridagi uchta omilning ta’sirini 
qo‘yidagicha aniqlash mumkin: 
a) Soliq solish bazasining o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga 
ta’siri: ∆STa = (B
1
-B
0
)· SS
0
· d
0

b) Soliq stavkasining o‘zgarishining soliq tushumi umumiy 
hajmiga ta’siri. ∆STb = (SS

– SS
0
) · d
0
B
1

v) Soliq yig‘ilishi darajasi o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga 
ta’siri ∆STv = B
1
· SS
1
(· d
1
-d
0


Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling