Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Davlat budjeti daromadlari statistikasi
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
13.2. Davlat budjeti daromadlari statistikasi
Davlat budjetiga asosan soliqlar kelib tushadi va ular budjet daromadining 80 % ko‘prog‘ini takshil etadi. Budjetga to‘lanadigan soliq turlari ko‘p bo‘lib, ularning asosiylari aksiz, qo‘shilgan qiymat solig‘i daromad (foyda) solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foylanganlik uchun soliq va shu kabilar. Aksiz solig‘i aholi uchun juda zururiy ehtiyoj bo‘lmagan ayrim (spirtli ichimliklar: vino, aroq, konyak; tamaki mahsulotlari, benzin, mashinada to‘qilgan gilam kabi) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga belgilangan. Bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar aksiz solig‘i to‘lovchilar bo‘lib, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlar qiymatiga (tannarxiga) belgilangan stavkada aksiz solig‘i qo‘shib, xaridorlarga sotadilar. Korxonalar bu soliq summasini belgilangan muddatlarda davlat budjeti o‘tkazadilar. Qo‘shilgan qiymat solig‘i – korxonalar ishlab chiqargan va sotilishi lozim bo‘lgan tayyor mahsulotlar qiymatiga belgilangan stavkada (keyingi yillarda 20%) qo‘yiladi. Xaridorlar bu summani to‘lagandan keyin, ishlab chiqarish korxonasi (tayyor mahsulotni sotgan korxona) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini budjetga o‘tkazadi. Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat daromadlaridan (foydalaridan) belgilangan stavkalarda budjetga daromad (foyda) solig‘i to‘laydilar. Daromad solig‘i bo‘yicha turli imtiyozlar bor, ularni bu yerda batafsil tushuntirib o‘tmoqchi emasmiz. Chunki talabalar «Soliq va soliqqa tortish» deb nomlangan maxsus fan o‘tadilar. Faqat, shuni tushunish lozimki, bu soliq to‘lovlarining daromadidan (foydasidan) to‘lanadi. Demak, mohiyati bo‘yicha soliq solish ob’ektiga asosan to‘g‘ri (bevosita) soliq turiga kiradi. Daromad (foyda) solig‘i deyilishiga sabab, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatlaridan olgan sof tushumlaridan barcha xarajatlarini chegirib (chiqarib) tashlangan summadan, ya’ni foydadan soliq to‘laydilar. Tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, auksion, kozino, videosalon va shu kabilar daromad solig‘i to‘laydilar. 250 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni yer osti va yer usti suvlaridan foylanuvchilar (yuridik shaxslar) belgilangan stavka bo‘yicha budjetga soliq to‘laydilar. Soliqlardan tashqari davlat budjetiga soliqsiz to‘lovlar ham kelib tushadi. Soliqsiz to‘lovlarga qonun hujjatlariga muvofiq hadya etish, meros olish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan mablag‘lar; davlat mulkini xususiylashtirish (sotish) natijasida olingan mablag‘lar; yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar, hamda chet el mamlakatlari, yuridik va jismoniy shaxslaridan beg‘araz yordam sifatida qaytarilmaydigan olingan mablag‘lar kiradi.Davlat budjeti daromadlariga maxsus maqsad uchun tashkil etilgan pensiya fondiga, aholining ish bilan bandlik fondiga, yo‘l fondiga kelib to‘shadigan mablag‘lar ham tenglashtiriladi. Chet davlatlardan, chet el yuridik va jismoniy shaxslaridan olingan beg‘araz yordamlar transfertlar deb ataladi. Shunday qilib, davlat budjeti daromadlarini sxemada ifodalasak. Davlat budjeti daromadlari Soliq tushumlari Soliqsiz tushumlar Soliq tushumlarining o‘zi yuqorida ko‘rganimizdek iqtisodiy mohiyati bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi. Bular bevosita (to‘g‘ri) soliqlar, bilvosita (egri) soliqlar va resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar. 251 Demak Davlat budjetida soliqlarning hissasi kamayib mutloq summasi ko‘paymoqda) bormoqda. Bu davlatimizning iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq siyosatining amaldagi ifodasidir. Chunki korxonalarning rivojlanishini ta’minlash maqsadida yuridik shaxslar daromadlariga solinadigan soliq stavkalari har yili kamaytirilmoqda. Shuningdek aholi daromadlaridan olinadigan soliq ham kamaytirilmoqda. Davlat budjeti daromadida bilvosita (egri) soliqlarning hissasi ortib bormoqda. Davlat budjeti daromadida egri soliqlar katta hissani tashkil etadi. Resurs to‘lovlari davlat budjeti daromadining 10-13 % ini tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki davlat budjeti daromadida soliqlar muhim ahamiyatga ega ekan. Davlat budjeti daromadlari tarkibidan eng katta xisani bilvosita soliqlar tashkil etadi. Soliq yukini kamaytirish bo’yicha Hukumat Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling