Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   206
Bog'liq
sss111

10.2. Aholi tarkibi statistikasi 
Aholining umumiy soni muhim statistik ko‘rsatkich bo‘lib, juda 
ko‘p iqtisodiy jarayonlarda foydalaniladi. Lekin aholi statistikasining 
vazifalaridan biri, uning tarkibini ham o‘rganishdir. Aholining tarkibi 
quyidagi belgilari bo‘yicha o‘rganiladi: umumdemografik belgilar (jinsi, 
yoshi, oilaviy holati), milliy tavsifi bo‘yicha (millati, ona tili); aholining 
madaniy – ma’rifiy darajasini tavsiflovchi belgilar bo‘yicha (ma’lumot 
va shu kabilar); aholining ijtimoiy tarkibini tavsiflovchi va boshqa 
belgilari bo‘yicha. 
Umuman statistika yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida, o‘g‘il 
bolalar ko‘proq tug‘ilishini ko‘rsatadi. Lekin ular ulg‘aya borgan sari, 
o‘zaro tenglashib boradi. Aholining jinsiy tarkibiga jamiyatda bo‘lgan 
turli xil jarayonlar ham ta’sir etadi. Ikkinchi jahon urushi ta’siri 
natijasida 1959 yilda Respublika aholisi tarkibining 48% ni erkaklar
52% ni ayollar tashkil etgan. Keyingi yillar bu nisbatlar 
baravarlashmoqda. Hozirgi vaqtda aholi tarkibida erkaklar- 50,1% ni, 
ayollar – 49.9 % ni tashkil etadi. 
Statistika aholining yoshini quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganadi: 
3 yoshgacha; 3 yoshdan 7 yoshgacha; maktab yoshidagilar (7-17 
yosh); 18 va undan katta yoshdagi aholi; nafaqaxo‘rlar (55 va undan 
yuqori yoshli ayollar, 60 va undan yuqori yoshli erkaklar). 
Respublikamiz aholisining 2/3 qismini bolalar va yoshlar tashkil 
etadi. Bu ma’lumotlar mamlakatimiz juda katta mehnat potensialiga ega 
ekanligini va u yildan – yilga ko‘payib borayotganligini ko‘rsatadi. 
Aholining oilaviy holati qayd qilingan nikohlar va nikohdan 
ajralishlar soni bilan tavsiflanadi. O‘zbekiston jahonda eng yuqori nikoh 
darajasi 
va 
oila 
ajralishining 
eng 
past 
darajasi 
kuzatilgan 
mamlakatlardan biridir. Statistikada nikohdan o‘tganlar va nikohdan 
ajralishlar koeffitsientlari hisoblanadi. Nikohdan o‘tganlar koeffitsienti 
(Nk) nikohdan o‘tganlar sonini (NO’) 1000 ga ko‘paytirib, aholining 
o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi. 
soni
rtacha
o
Aholining
soni
tganlar
o
Nikohdan
Nk
`
1000
`

=


170 
Nikohdan ajralishlar koeffitsienti (Ak) nikohdan ajralganlar sonini 
1000 ga ko‘paytirib, aholining o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi. 
soni
rtacha
o
Aholining
soni
ar
ajrashganl
Nikohdan
Ak
`
1000

=

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling