Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy aholi
- DYA = MA + VY – VB.
Mavjud aholi deb ro‘yxatga olish vaqtida (paytda) shu joyda
bo‘lgan aholi soniga aytiladi. Lekin aholini ro‘yxatga olish paytida mazkur aholi punktidan boshqa joylarga vaqtinchalik turli sabablar bilan ketganlar (6 oydan ozroq muddatga) bo‘lishi mumkin. Bunday aholilar vaqtinchalik yo‘qlar deyiladi va ro‘yxatga olishda ular shu punkt doimiy aholi soniga qo‘shiladi. Xuddi shunday aholini ro‘yxatga olishda, mazkur punktda vaqtinchalik bo‘lib turganlar ham bo‘lishi mumkin 167 (xizmat safarida, mehmonda va boshqa sabablar bilan). Ular ro‘yxatga olishda bor bo‘lib, mavjud aholi soniga qo‘shiladi, lekin shu punktda doimiy yashaydigan aholi soniga qo‘shilmaydi. Doimiy aholi deganda aholi punkitida doimiy yashaydigan (6 oydan ko‘proq muddat yashaydigan) aholi soni tushuniladi. Demak, aholi ro‘yxatini olayotgan paytida, doimiy yashaydigan aholining ma’lum qismi, ushbu punktda vaqtinchalik yo‘q bo‘lishi mumkin. Shu vaqtning o‘zida ushbu punktda ro‘yxatga olish paytida vaqtincha yashayotganlar ham bo‘lishi mumkin. Mavjud aholiga (MA) ro‘yxatga olish paytida ushbu punktda vaqtincha yo‘q (VY) aholi sonini qo‘shib, bu punktda vaqtincha bo‘lganlar (VB) sonini chiqarib tashlasak, shu punktda doimiy yashaydigan (DYA) aholi sonini aniqlaymiz: DYA = MA + VY – VB. Statistika bo‘yicha aniqlangan, doimiy yashovchi va mavjud aholi sonlari xalq xo‘jaligi tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish istiqbollarini belgilashda, hamda aholi harakati sabablarini (ayniqsa vaqtincha yo‘qlar va vaqtincha bo‘lganlar soni) o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Hududdagi doimiy aholi soniga qarab, ishlab chiqarish, xizmat ko‘ rsatish tarmoqlarini, o‘quv yurtlarini tashkil qilishni rejalashtirish mumkin. Mavjud aholi sonini, ularni oziq-ovqat va boshqa tovarlar bilan ta’minlashda, transport tarmoqlarini rivojlantirishda foydalanish mumkin bo‘ladi. Albatta aholi soni muhim ko‘rsatkich bo‘lib, boshqa juda ko‘p iqtisodiy – ijtimoiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda qo‘llaniladi. Masalan, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining, kasalxonalarning mavjudligi, har 1000 kishiga oliy, o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarning to‘g‘ri kelishi va hokazo. Lekin aholi soni ko‘pincha yil boshidagi sanaga yoki ma’lum davrlarga beriladi. Statistik ma’lumotlar ma’lum davrlarga hisoblangani uchun, aholining o‘rtacha soni asosida aniqlanadi. Aholining o‘rtacha soni ma’lumotlar qanday bo‘lishiga qarab, bir necha usullarda aniqlanishi mumkin. I. Agarda faqat aholi sonining ikki davrga ma’lumotlari mavjud bo‘lsa, u holda aholining o‘rtacha soni oddiy arifmetik o‘rtacha formulasi bo‘yicha hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston aholisi 2020 yil boshiga 33255,5 ming kishi, 2021 yil boshiga esa 34558,9 ming kishini tashkil etgan. Demak, Respublika aholisining 2020 yilda o‘rtacha sonini topish uchun 168 2 , 33907 2 9 , 34558 5 , 33255 = + = А ming kishi bo‘lgan. II. Agar aholi soni har oy boshiga berilgan bo‘lsa, bunda aholining o‘rtacha sonini xronologik usul bilan aniqlanadi. 1 2 ...... 2 3 2 1 − + + + + = n Аn А А А A Masalan, mazkur tumanda aholi soni bo‘yicha qo‘yidagi ma’lumotlar mavjud: Sanalar 1.01. 20 1.02 1.03 1.04 1.05 1.06 1.07 1.08 1.09 1.10 1.11 1.12 1.01.21 Aholi soni ming kishi 120,0 120,5 120,8 121,0 120,4 119,6 120,4 121,2 121,8 122,0 122,6 122,4 123,0 киши минг А . 2 , 121 1 13 2 123 4 , 122 6 , 122 122 8 , 121 2 , 121 4 , 120 6 , 119 4 , 120 121 8 . 120 5 , 120 2 120 = = − + + + + + + + + + + + + = III. Agarda aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ma’lum davr mobaynida teng bo‘lmagan intervallarda ma’lum bo‘lsa, unda aholining o‘rtacha soni o‘rtacha tortilgan arifmetik tarzda hisoblanadi. = t t A A ; bu yerda t vaqt oralig‘i. Masalan: Aholi soni 2020 yil 1 yanvarga → 120,0 ming kishi, 1 mayga → 120,4 ming kishi, 1 avgustga → 121,2 ming kishi va 2021 yil 1 yanvarga → 123,0 ming kishi bo‘lsin. Bunday ma’lumotlar bilan aholining o‘rtacha soni qo‘yidagicha hisoblanadi: = А 2 4 , 120 0 , 120 + = 120,2 ming kishi; davr muddati = 4 oy; Shunday tarzda boshqa oylar bo‘yicha ham aniqlaymiz. O‘rtacha aholi soni: 169 1 , 121 12 77 . 1453 5 3 4 ) 5 1 , 122 ( ) 3 8 , 120 ( ) 4 2 , 120 ( = = + + + + = A 121,1 ming kishi bo`lar ekan. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling