195
“Aholi statistikasi” bobi bo`yicha TESTLAR
1. Qanday aholi mavjud aholi deb aytiladi:
A. Doimiy yoki vaqtincha yashashidan qat'iy nazar aholini ro`yxatga
olish paytida mavjud bo`lgan
aholiga
B. Mazkur joyda doimiy yashovchi aholiga
C. Aholini ro`yxatga olish paytida doimiy yashovchi aholiga
D. Aholini ro`yxatga olish paytida xizmat safarida bo`lgan aholiga
2. Qanday aholi doimiy aholi deb aytiladi:
A. Aholini ro`yxatga olish paytida qaеrda bo`lishidan qat'iy
nazar
mazkur aholi punktida doimiy yashovchi aholiga;
B. Aholi punktida doimiy yashaydigan aholiga;
C. Aholini ro`yxatga olish paytida mavjud bo`lgan aholiga;
D. Aholini ro`yxatga olish paytida bir yildan ziyod muhlatga chet elga
ketgan aholiga
3. Aholining tug`ilish koeffitsenti qanday aniqlanadi:
A. Tug`ilganlar sonini mingga ko`paytirib aholining o`rtacha
soniga
bo`lib
topiladi
B. Tug`ilganlar sonini o`lganlar soniga bo`lib topiladi
C. Tug`ilganlar sonidan o`lganlar
soni ayriladi va mingga
ko`paytirilib aholining o`rtacha soniga bo`lib topiladi.
D. O`lganlar sonini tug`ilganlar soniga bo`lib topiladi
4. Aholining tabiiy o`sish koeffitsenti qanday aniqlanadi:
A. Tug`ilganlar sonidan o`lganlar soni ayriladi va mingga
ko`paytirilib aholining o`rtacha soniga bo`lib topiladi.
B. Tug`ilganlar sonini mingga ko`paytirib aholining o`rtacha soniga
bo`lib topiladi
C. Tug`ilganlar sonini o`lganlar soniga bo`lib topiladi
D. O`lganlar sonini Tug`ilganlar soniga bo`lib topiladi
5. Aholining hayotiylik koeffitsenti qanday aniqlanadi:
A. Tug`ilganlar sonini o`lganlar soniga bo`lib topiladi
B. Tug`ilganlar sonidan o`lganlar soni ayriladi va mingga
ko`paytirilib aholining o`rtacha soniga bo`lib topiladi.
C. Tug`ilganlar sonini mingga ko`paytirib aholining o`rtacha soniga
bo`lib topiladi
D. O`lganlar sonini tug`ilganlar soniga bo`lib topiladi