Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   206
Bog'liq
sss111

Sug‘urtalanuvchi – faoliyat yurituvchi xo‘jaliklar (yuridik 
shaxslar) va axoli bo‘lib, mol mulkini yoki hayotini sug‘urtalash uchun, 
sug‘urtalovchi tashkilotga sug‘urta badali to‘lash bo‘yicha shartnomalar 
tuzib, ular bilan sug‘urta munosabatlarini o‘rnatuvchilardir. 
Sug‘urtalovchi tashkilotlar sug‘urtalanuvchilarni o‘zlarining sug‘urta 
agentlari yoki maxsus sug‘urta brokerlari orqali (yordamida) sug‘urta 
qiladilar. 
Sug‘urta agentlari bo‘lib yuridik va jismoniy shaxslar ishlashlari 
mumkun. Sug‘urta agentlari sug‘urta tashkilotlari topshirig‘iga 
asoslanib, sug‘urta faoliyatlarini amalga oshiradilar.
Sug‘urta brokeri – belgilangan tartibda tadbirkor sifatida qayd 
qilingan bo‘lib, sug‘urtalovchi tashkilot yoki sug‘urtalanuvchi 
topshirig‘iga asosan sug‘urta faoliyatini yuritadi. Sug‘urtalovchi brokeri 
sug‘urtalanuvchilar brokeri bilan munozara olib borib, sug‘urta obektini, 
sug‘urta badali va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlab, sug‘urta 
shartnomasini amalga oshirishda vositachi bo‘ladi. Sug‘urtalanuvchi 
brokeri o‘z navbatida sug‘urta xodisasi yuz berganda (tabiiy ofat, baxtsiz 
xodisa va shu kabilar), ko‘rilgan zararni aniqlaydi va sug‘urtalovchi 
kompaniya brokeri bilan sug‘urtalovchi qoplashi lozim bo‘lgan 
summani kelishadi, hamda shartnoma bilan rasmiylashtiradi. Sug‘urta 
xizmatlari sug‘urta bozorida ko‘rsatiladi. Sug‘urta bozori – bu alohida 
xususiyatga ega bo‘lgan pul munosabatlari bo‘lib, unda oldi-sotdi obekti 
sifatida mulk yoki boshqa hayotiy ehtiyojlarining sug‘urta ximoyasi 
nomoyon bo‘ladi. 
Sug‘urta xizmatlari statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar:
15
 
https://imda.uz/oz/sugurta-qonuni-anjuman/
  


300 
- Mamlakat miqyosida va hududlar bo‘yicha sug‘urta obektlari 
hajmining holati va davr mobaynida o‘zgarishini o‘rganish;
- Sug‘urta umumiy hajmini va uning tarkibini o‘rganish;
- Sug‘urtalash holatlarining sonini, uning sabablarini va davr 
mobaynida o‘zgarishini o‘rganish;
- Sug‘urta mukofotlari (badallari) summasini, uning hududlar va 
sug‘urta turlari bo‘yicha tarkibini o‘rganish; 
- Sug‘urta bo‘yicha to‘langan qoplamalar summasining umumiy 
hajmini, uning hududiy va sug‘urta turlari bo‘yicha tarkibini 
o‘rganish; 
- Sug‘urta xizmatlari bo‘yicha nisbiy ko‘rsatkichlar holati va 
o‘zgarishini aniqlash, hamda tahlil qilish;
- Sug‘urta xizmatlarining holati va davr mobaynida o‘zgarish 
tendensiyasiga umumiy baho berib, tegishli xulosalar qilish

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling