Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   206
Bog'liq
sss111

 
15.4. Sug‘urta xizmatlari statistikasi 
 
15.4.1. Sug‘urta xizmatlarining mohiyati va statistika vazifalari 
Sug‘urta xizmatlari deyilganda turli noxush xodisalar oqibatida 
(tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, zilzila va transport falokatlari va 
shu kabilar) yo‘qotiladigan zararlarni qoplash uchun maqsadli pul 
zaxiralarni (fondlarini) shakllantirish va ulardan foydalanish bilan 
bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Insonlar uz kundalik 
yumushlarida ishga borish va ishdan qaytish uchun transport 
vositalaridan foydalanadilar. Bunday turli transport vositalaridan 
foydalanish jarayonida baxtsiz xodisalar bo‘lmasligiga xech kim 
kafolatlay olmaydi. Shuning uchun ham kishilar baxtsiz hodisalar ro‘y 
berganda ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun o‘z hayotlarini sug‘urta 
qildiradilar. Faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining, fuqarolarning 
turli xil mol-mulklari mavjud. Bu mol-mulklarga tabiiy ofatlar (suv 
toshqini, zilzila) yoki yong‘in natijasida juda katta zarar yetkazilishi 
mumkun. Bunday xollarda kishilar yashaydigan joyigan, kiyadigan 
narsalardan ajralishi mumkun. Bunday vaziyatda insonlar qiyin iqtisodiy 
axvolga tushib qoladilar. Xo‘jalik yurutuvchi subektlarda (korxonalar, 
firmalalarda) tabiy ofatlar ro‘y berganda katta iqtisodiy zarar ko‘rib, 
faoliyatini davom ettiraolmasligi mumkun. Agarda bunday vaziyatlarda 
kishilar hayoti va subektlar mol-mulki sug‘urtalangan bo‘lsa, sug‘urta 
tashkilotlari tomonidan bu zararlar oldindan jamg‘arilgan sug‘urta 


298 
jamg‘armasi mablag‘idan qoplanadi. Qadimgi Rim va Yunonistonda 
shaxsiy sug‘urta paydo bo‘lganligi, o‘rta dengiz orqali kemalarda 
tashiladigan yuklarni sug‘urta qilinganligi to‘g‘risida yozilgan. Sug‘urta 
xizmatlari iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borgan sari kengayib 
borgan. Kapitalistik munosabatlar rivojlanib, chet mamlakatlarga 
tovarlar sotish kengayganligi sababli, mulklarni sug‘urtalash zaruriyati 
ko‘paygan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach o‘ziga xos bozor 
munosabatlariga o‘tish yo‘lini tanladi. Xalq xo‘jaligini juda ko‘pgina 
tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar xususiylashtirildi, 
yangidan juda ko‘p turli mulk shakliga asoslangan xo‘jalik yurituvchi 
su’bektlar paydo bo‘ldi. Shu bilan birgalikda O‘zbekistonning chet 
mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari rivojlandi. Agarda Respublika 
tashqi savdo aylanmasi 1991-yilda 2063.2 mln. AQSH dollarda bo‘lsa, 
2021-yilga kelib O‘zbikistonning tashqi savdo aylanmasi 28323,2 mln. 
AQSH dollariga yetdi ya’ni 13,7 barobardan ko‘proqqa ko‘paydi. 
O‘zbekiston aholisi esa 35,0 mln kishidan ortdi. Aholining ko‘payishi, 
iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosda rivojlanishi mustaqil
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlarining ham rivojlanishini taqozo qildi.
O‘zbikiston Respublikasi Prezidenti raxbarligida sug‘urta xizmatlarini 
tashkil etish va rivojlantirish uchun xuquqiy baza yaratildi. O‘zbikiston 
Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 2021 yil 23 
noyabrda (yangi tahrirda) qabul qilindi. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 
Qonun sug‘urta sohasida tajribadan o‘tgan milliy amaliyot va xalqaro 
tamoyillarga asoslangan bo‘lib, 10 ta bob va 72 ta moddani o‘z ichiga 
oladi. 
Qonun 
bilan 
quyidagi asosiy 
o‘zgarishlar amaliyotga joriy 
etilmoqda: 
• 
sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi 
o‘rtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilishi mumkin; 
• 
sug‘urtalovchilar 
(qayta 
sug‘urtalovchilar) aksiyadorlik 
jamiyati shaklida tashkil etiladi; 
• 
sug‘urtalovchilarning, sug‘urta brokerlarining hamda ular 
alohida bo‘linmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari malaka 
talablariga muvofiq bo‘lsa tayinlanadi; 


299 
• 
sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish maqsadida sug‘urtalovchilar belgilangan prudensial 
normativlarga rioya etishi shart
15

Sug‘urta xizmatlari hozirgi paytda sug‘urta bozorida amalga 
oshirilib, unda sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi sug‘urta agentlari
sug‘urta 
brokerlari 
qatnashadi. 
Sug‘urtalovchi 
O‘zbekistonda 
belgilangan xuquqiy asoslarga asoslanib tuzilgan maxsus sug‘urta 
tashkilotlari (korxonalari, kompaniyalari va shu kabilar) bo‘lib, shu 
xizmat bilan shug‘ulanish bo‘yicha litsenziya olgan bo‘ladi. Sug‘urta 
tashkilotlari o‘zlarining agentlari yordamida sug‘urtalanuvchilardan 
sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta badali yig‘ib, maxsus sug‘urta 
jamg‘armasi (fondi) tuzadi va uni ishlatadi.

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling