Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
O‘zbekistonda turizmning rivojlanishi
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
15.5.2. O‘zbekistonda turizmning rivojlanishi O‘zbekiston turistik resurslarga boy mamlakat. Mamlakatda turistlarni jalb qiladigan tarixiy obidalar (Buxora, Samarqand, Toshkent, Xiva va boshqa shaharlar), tabiiy sharoitlar (Bo‘stonlik, Baxmal, Zomin kabi joylar), Buyuk ajdodlarimiz joylari (Imom-al-Buxoriy, At- Termiziy, Ulug‘bek observotoriyasi kabilar) ekologiya bilan bog‘liq resurslar ko‘pdir. Turizmni rivojlantirish bo`yicha ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida, sayyohlarga yaxshi sharoit yaratib berish, ko`rsatiladigan xizmat 307 turlarini ko`paytirish, ularning sifat darajasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Bu borada qadimiy shaharlarda kunu-tun ishlaydigan “Qadimiy Buxoro’ va “Samarqan Siti” sayyohlik hududlarining tashkiol etilishi, diniy obidalarni ziyorat qilish uchun kelayotgan sayyohlar uchun qurilayotgan maxsus mehmonxonalarning, xalol standarti asosida tayyorlanayotgan oziq-ovqatlarning ahamiyati katta. 2017 yil boshiga O`zbekistonda 750ta zamonaviy mehmonxonalar faoliyat yuritgan bo`lib, ularda 37795 joylar soni mavjud bo`lgan. Lekin turizm mavsumida bu joylar yetarli emas. Shuning uchun mehmonxonalarni ko`paytirish choralari ko`rilmoqda. 2017 yil O`zbekistonga 2 mln. 700 ming turist tashrif buyurganligi qayd etilgan. Turizm bo`yicha ko`rsatkichlarning 2010-2017 yillar davomida rivojlanishni Samarqand viloyati misolida ko`rib chiqamiz. 15.7-jadval Samarqand viloyati turizm salohiyatini ifodalovchi ko`rsatkichlar dinamikasi № Кo`rsatkichlar 2010 yil 2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2021 yil 2010 yilga nisbatan 1 Turistik firma va tashkilotlar soni, birlikda 58 57 68 45 41 70.6 2 Mehmionxona va boshqa joylashtirish ob’ektlari, birlik 85 104 139 144 131 154.1 3 Ulardagi joylar soni 2700 4245 5800 6495 5679 210.3 4 Joylashtirilgan tashrif buyuruvchilar 51457 176375 268367 65074 121398 235.9 4.1 Shu jumladan: O`zbekistondan 31374 86620 85819 51674 82798 263.9 4.2 MDH mamlakatlaridan 7452 22559 41898 5327 16348 219.4 4.3 Uzoq xorijiy davlatlardan 12631 67196 140650 8073 22252 176.2 308 5 Turizm faoliyatidan tushgan tushum, mln so`m 5315,9 86469,4 110025,7 5878,6 22293,3 419.4 Jadval ma’lumotlaridan ko`rinib turibdiki, 2021 yilda turistik firmalar soni 2020 yilda dunyo bo‘yicha pandemiya bo‘lganligi sabab, 29,4%ga kamaygan, mehmonxonalar soni qayirib – 54,1 %ga, ulardagi joylar soni esa 2,1 martaga ko`paygan. Lekin tashrif buyuruvchilar soni undanda yuqoriroq sur’atda – 2,3 martadan ziyodga oshgan, bunda shuni ta’kidlash kerakki uzoq xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchilar soni 1,7 baravar (176.2%) ko`paygan. Natijada turizm faoliyatidan tushgan tushum ham 2021 yilda 2010 yilga nisbatan 4,2 baravar ko`paygan. Bu raqamlar turistlarga ko`rsatilayotgan xizmat turlarining ko`payganligini, turistlar ko`proq vaqt bo`layotganligini ifodalaydi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling