Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Asosiy vositalar korxonaning o‘zi tomonidan qurilganda
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
asosiy vositalar kirimining hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
- II-BOB ASOSIY VOSITALAR KIRIMINING HISOBI 2.1 «O’ZBEKISTON MUDODAASIGA KUMAKLASHUVCHI “VATANPARVAR”»TASHKILOTI FOALIYATINING UMUMIY
Asosiy vositalar korxonaning o‘zi tomonidan qurilganda, qurilishga
qalingan harajatlarga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi: Debet: 0810 «Kapital qurilish»; Kredit: 1050, 6710, 6520, 2310, 2510, 0200 va boshq. Qurib bitkazilgan asosiy vositalarga qabul-topshirish dalolatnomalari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi:
qilingan barcha harajatlar dastlab kapital investitsiya sifatida jamlanadi (schyot- faktura, dalolatnomalar, turli hisob-kitoblar asosida):
Ishchi holatga keltirilgan asosiy vosita foydalanishga qabul qilinadi (qabul- topshirish dalolatnomasi asosida):
qilish-topshirish dalolatnomalari asosida qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga qo‘yidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Bepul berilgan asosiy vositalarni tashib keltirish harajatlari ularning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi va bu hisobda qo‘yidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: Debet 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar» Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar» Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari» Kredit 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar asosida qo‘yidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi: Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari» Kredit 4610 «Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» Asosiy vositalarga O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy andozalarida kursatilgan talablarga tula javob beradigan mexnat vositalari kiradi. O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi-ning milliy andozalarida kursatilgan talablarga javob bermaydigan mexnat vositalari kam baxoli va tez eskiruvchi buyumlar tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan mexnat vositalari keyinchalik oylik minimum ish haqining uzgarishidan kat’iy nazar asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi. Bundan tashkari asosiy vositalar tarkibini aniklashda va ularni hisobga olishda kuyidagilarni hisobga olish zarur: - agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan, ammo kiymati kayta kurib chikilgandan sung kam baxoli va tez eskiruvchi buyumlar tarkibiga olib borilishi lozim bulgan mexnat vositalari, texnik harakteri buyicha (Masalan: traktorlar, stanoklar, telivizorlar va boshkalar) asosiy vositalar bulgan va xalk xujaligi tarmoklaridagi yagona amortizsiya ajratmalari kurinishida amortizatsiya hisoblash kuzda tutilgan bulsa bunday mexnat vositalari ham asosiy vositalar tarkibida hisobga olinishi zarur. - agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan lekin ish haqining uzgargandan sung kam baxoli va tez eskiruvchi buyumlar katorida hisobga olinishi zarur bulsada ular asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi. Kuyidagilar asosiy vositalar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari hisoblanadi: - asosiy vositalarning kirimini, korxonadagi harakati va hisobdan uchirish, uz vaktida tegishli hujjatlarga asosan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish; - asosiy vositalarning eskirishini to'g'ri hisoblash va buxgalteriya hisobi
registrlarida aks ettirish; - asosiy vositalar junatilganda moliyaviy natijalar to'g'risida anik ma’lumotlar olishni ta’minlash; - solik tulovlarni hisoblash uchun zarur bulgan ma’lumotlarni anik hisoblash imkonini ta’minlash; - asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari va ularning samarali foydalanishni nazorat kilish; - asosiy vositalar nakdligi va ularning harakatini to'g'risidagi statistik va buxgaleriya hisoblarida talab kilingan ma’lumotlarni berish imkoniyatini yaratish va x.k. Yuqoridagi buxgalteriya hisobining vazifalarini bajarish uchun asosiy vositalarni ilmiy asoslangan turkumlash shuningdek buxgalteriya hisobida baxolash uchun esa koidalar zarur. Korxonalarning asosiy vositalari tarkibiga kura har xil bulib va ma’lum belgilari asosida turkumlanadi. Korxonalarda asosiy vositalarning yagona namunaviy turkumlash kullaniladi. Unga kura ular tarmok belgilariga, tayinlanishiga, turlariga, kaysi soxaga tegishli ekanligi va foydalanishiga kura turkumlanadi. Asosiy vositalarni tarmoq belgilariga qarab guruhlash (sanoat, kurilish, savdo, kishlok xujaligi va boshqalar) har bir tarmoqqa tegishli asosiy vositalarlarning kiymati to'g'risida ma’lumot olish imkonini beradi. Tayinlanishiga kura korxonalarning asosiy vositalari asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar, boshka tarmoklardagi asosiy ishlab chikarish vositalar va noishlab chikarishdagi asosiy vositalar. Korxonalarning asosiy vositalari turlari buyicha kuyidagicha guruxlanadi: - inshootlar; -uzatuvchi moslamalar; -mashina va asbob uskunalar; -transport vositalari; -asbob uskunalar; - ishlab chikarish inventarlari va buyumlar; -xujalik inventarlari; -ish va mahsuldor xayvonlar; -kup yillik daraxtlar; -yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital sarflar va boshka asosiy vositalar. Shuningdek ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital kuyilmalar ham asosiy
vositalar tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalarni turlari buyicha turkumlashdan kuzlangan asosiy maksad ularning analitik hisobini tashkil qilishdir. Kimga tegishliligiga qarab asosiy vositalar uziga tegishli va ijaraga olingan asosiy vositalarga bulinadi. Foydalanish belgilariga qarab esa asosiy vositalar ekspluatatsiyadagi, rekonstruksiyadagi va kayta kurollantirishdagi asosiy vositalarga bulinadi. Asosiy vositalarning daslabki kiymati xukumatning maxsus karori buyicha kayta baxolanganda uzgarishi mumkin. Shuningdek ularni dastlab kiymati texnik jixatdan rekonstruksiya kilish va kayta kurish okibatida foydalanish, xizmat kursatish muddati uzaysa ob’ektlarning ishlab chikarish kuvvati oshsa, ishlab chikarishgan mahsulotlarning soni kupaysa yoki ishlab chikarish tannarxi pasaysa ularning dastlabki kiymati kupayishi mumkin. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning dastlabki kiymatidan eskirish kiymatini ayirish yuli bilan aniklanadi. Vakt utishi natijasida asosiy vositalarning dastlabki kiymati xuddi shunga uxshash zamonaviy asosiy vositalarning kiymatidan farq kila boshlaydi. Ushbu farqni tugatish uchun asosiy vositalarni ma’lum davrlarda kayta baxolash amalga oshiriladi va ularning tiklash kiymati aniklanadi. Tiklash kiymati deb asosiy vositalarni xozirgi sharoitda amal kilayotgan baxoni hisobga olish, zamonaviy texnika va texenologiya bilan kurish yoki ishlab chikarish tushuniladi. Respublikamizda asosiy vositalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining maxsus qaroriga kura 1995 yil 1 yanvarga oxirgi marta kayta baxolandi. Ushbu karorga kura korxonalarning balansidagi imoratlar, inshootlar, uzatuvchi moslamalar, asbob uskunalar, transport vositalari va boshqa asosiy fondlarning texnik xolatidan qat’iy nazar qayta baxolandi. Asosiy vositalarning qayta baxolash ularning balans kiymatlarini belgilangan koeffitsentlarga kupaytirish buyicha indeksatsiya kilish orkali amalga
oshirildi. Asosiy vositalarning hisob birligi bulib aloxida inventar ob’ektlari hisoblanadi. Inventar ob’ektlari deganda bitta funksiyani bajarishga muljallangan, tula kurib bulingan yoki ishlab chikarilgan aloxida predmet yoki predmetlar kompleksi tushiniladi. Har bir inventar ob’ektiga aloxida inventar nomerlari belgilanadi va foydalanish jarayonida, tugatish va kayta ta’mirlash jarayonida inventar nomerlari saklanadi. Inventar nomerlari hisobga olinadigan predmetga biriktirib kuyiladi vategishli hujjatlarda aks ettiriladi. Murakkab inventar ob’ektlari u yoki bu inshootlar, aloxida elementlari birligida bitta inventar ob’ektni tashkil kiluvchi har biriga ushbu inventar ob’ektning nomeri yozib kuyiladi. Tashkilotdan chikib ketayotgan asosiy vositalarning inventar nomerlari yangi kelib tushgan asosiy vositalarga berilishi mumkin. Ijaraga olingan asosiy vositalar ijaraga beruvchi inventar nomerlar buyicha hisobga olinadi. Asosiy vositalarning harakati ulaning kelib tushishi, chikib ketishi va korxona ichidagi harakati bilan boglik bulgan xujalik jarayonlari ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ushbu xujalik jarayonlari tegishli hisob hujjatlariga asosan rasmiylashtiriladi. Korxonaga kelib tushgan asosiy vositani korxona raxbari tomonidan tayinlangan komissiya kabul kiladi. Komissiya kabul kilgan har bir ob’ekt uchun aloxida bir nusxada asosiy vositalarni kabul kilish-topshirish dalolatnomasi (OS-1 shakl) tuziladi va uni korxona raxbari tasdiklaydi. Bir nechta ob’ekt uchun umumiy dalolatnoma fakat ushbu ob’ektlarning hammasi yagona tipda bulsa va ularning kiymati bir xil bulsa, shuningdek bir kunda bitta javobgar shaxs tomonidan kabul kilinganda tuzish mumkin. Dalolatnomalarda ob’ektlarning nomi, kuril-gan yoki zavoddan chikarilgan vakti, dastlabki kiymati, berilgan inventar nomeri, foydalanish joyi va boshka zarur ma’lumotlar kursatiladi. Kabul kilingan ob’ektni tavsiflovchi texnik hujjatlar dalolatnomaga ilova kilinadi. Asosiy vositalarning
kabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan sung korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va ularga asosan buxgalteriyada asosiy vositalarning inventar kartochkalarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi. Undan sung texnik hujjatlar doimiy saklash uchun tegishli bulimlarga beriladi. Asosiy vositalarning korxona ichidagi harakati yuk xatiga asosan (OS-2 shakl) rasmiylashtiriladi. Unda topshiruvchi va kabul kiluvchinig nasabi, ismi, sharifi, lavozimi, asosiy vositalarning birinchisi ikkinchisiga berish sabablari va asosi, ob’ektning kiskacha tavsifi, texnik xolati kursatiladi. Yuk xati ikki nusxada tuziladi va topshiruvchi hamda qabul kiluvchi imzo chekadi. Yuk xatining bir nusxasi korxona buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi topshiruvchida qoladi va u asosiy vositalarning inventar ruyxatidan chikishi to'g'risida belgini quyish uchun asos bo‘ladi. Kapital kuyilmalar hisobidan kurib bitkaziladigan ob’ektlarni kurish va asbob uskunalar bilan jixozlash bilan boglik bulgan tugallangan ishlarni kabul kilish, ta’mirlangan, rekonstruksiyalangan va kayta modernizatsiyalangan ob’ektni kabul kilish topshirish dalolatnomasiga asosan (OS-3 shakli) rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada ob’ektning dastlabki kiymati va sodir bulgan texnik uzgarishlardan sungi kiymati va boshka zarur texnik kursatkichlar aks ettiriladi. Ushbu ishlarni korxonaning uzi amalga oshirsa akt bir nusxada agar boshka tashkilot amalga oshirsa ikki nusxada tuziladi va dalolatnomani ob’ektni kabul kiluvchi va topshiruvchilar uz imzolari bilan tasdiklaydi. Asosiy vositalarlarning soni unchalik kup bulmagan korxonalarda ob’ektlar buyicha hisob asosiy vositalarning inventar daftarida (№OS-11 shakl) yuritilishi mumkin. Daftarga asosiy vositalar ularning turkumlari buyicha va
foydalanilayotgan joylari buyicha yoziladi. Buxgalteriyada ijaraga olingan asosiy vositalar buyicha inventar kartochkalari ochilmaydi.Analitik hisobni tashkil kilish uchun esa ijaraga beruvchi tamonidan berilgan asosiy vositalarning inventar kartochkasining kuchirmasidan foydalaniladi. Inventar kartochkalar tulgazilgandan sung maxsus ruyxatda kayd etiladi.
Kartochkalar ruyxatda turkumdagi guruxlari buyicha joylashtiriladi. Inventar kartochkalardan tashkari asosiy vositalarning harakatini hisobga olish kartochkasi ham yuritiladi. Unda korxona va uning bulimlari buyicha asosiy vositalarning harakati mikdori va kiymati buyicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarning sintetik hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasidagi kuyidagi schetlarda hisobga olinadi: 01 asosiy vositalar (aktiv schyot ) 02 asosiy vositalarning eskirishi (passiv schyot ) Barcha turdagi asosiy vositalarning korxonadan chikib ketishi asosiy vositalarning tugatilishi to'g'risidagi dalalotnoma bilan rasmiylashtiriladi. Fakatgina bundan yuk va yengil avtomobillar istesno. Ular avtotransport vositalarini tugatish haqidagi dalolatnomaga binoan hisobdan chikariladi. (№ OS-4a). Asosiy vositalarni tugatilishi to'g'risidagi dalolatnomalarda ularni
tugatishdan olingan materiallar ehtiyot kismlar va boshkalar, shuningdek tugatish uchun kilingan harajatlar, boshlankgishlab chikarish kiymati, eskirish kiymati va tugatish natijasi kursatiladi. Shuni aytib o‘tish joizki, 5-sonli BHMSning 53 moddasiga binoan asosy vositalar ob’ektlarining chiqib ketishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlashda ilgari qayta baholangan asosiy vositalar ob’ektlarini qo‘shimcha baholash summasi, mazkur asosiy vositalar ob’ektini ilgarigi qo‘shimcha baholashlar summasining ilgarigi arzonlashtirishlar summasidan oshib ketishi «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» hisobvarag‘i bo‘yicha zahira sar-moyasini bir yo‘la kamaytirish bilan asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi.
II-BOB ASOSIY VOSITALAR KIRIMINING HISOBI 2.1 «O’ZBEKISTON MUDODAASIGA KUMAKLASHUVCHI “VATANPARVAR”»TASHKILOTI FOALIYATINING UMUMIY TAVSIFI O‘zbekiston mudofasiga kumaklashuvchi “vatanparvar ” tashkiloti 1990- yilning 18-mayda tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Vatanni himoya qilish haqidagi g‘oyalarini targ‘ib qilishni “Vatanparvar” tashkiloti o‘zining asosiy burchi, deb hisoblaydi. O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘z faoliyatini quyidagi tamoyillar asosida tashkil etadi va amalga oshiradi: a)barcha tashkilotlarning ishida jamoaviylik,qarorlar qabul qilishda ko‘pchilik fikriga tayanish va topshirilgan ish uchun har bir a’zosining shaxsiy javobgarligi; b)hamma rahbar bo‘g‘inlarning quyidan yuqorigacha saylanishi; v)yuqori tashkilotlar qarorlarining,agar bu qarorlar ularning huquqlari doirasida qabul qilingan bo‘lsa,quyi tashkilotlar uchun majburiyligi; g)saylab qo‘yiladigan barcha bosqich boshqaruvlari ishida to‘la oshkoralik,o‘z tashkilotlari oldida davriy ravishda hisobot berish va o‘z faoliyati haqida yuqori tashkilotlarga axborot berish; d)tashkilot har bir tashkilot a’zosining shaxsiy fikrini inobatga olish, uning qadr- qimmati, shuningdek, ko‘pchilik va ozchilik huquqlarini hurmat qilish, zarurat tug‘ilganda erkin munozaralar olib borish. Tashkilot zimmasiga olgan asosiy vazifalarni bajarish uchun o‘z faoliyatini quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi: a) Teran milliy ma’naviyat hamda umuminsoniy qadriyatlar vositasida yoshlar ongida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ularni har tomonlama
barkamol va vatanparvar inson sifatida tarbiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar majmuasini amalga oshiradi; b)manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda keng xalq ommasi, xususan yoshlarni vatanparvarlik va baynalmillalchilik,shuningdek, diniy aqidaparastlikka,ekstremizmga va terorizmga qarshi kurash ruhida tarbiyalashda ishtirok etadi; v) Tashkilotning o‘quv muassasalarida Davlat buyurtmasi sifatida Qurolli Kuchlar ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan miqdorda texnik mutaxasislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi; g)favqulotda holatlar va harbiy harakatlar oqibatida jabr ko‘rganlarga yordam berishda ishtirok etadi; d)aholiga pulli yohud manfaatli xizmatlar ko‘rsatsatadi va harbiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ommaviy kasbdagi hodimlarni tayyorlashni tashkil etadi; e)amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan tartibda o‘quv,o‘quv-uslubiy, sport-texnik hamda sport tashkilotlari (majmualar, markazlar, maktablar, klublar, xonalar, kurslar) tuzadi; ishlab chiqarish, transport, qurilish-ta’mirlash korxonalari, ma’naviyat maskanlari, nashriyot va bosmaxonalar, latareyalar,xayriya konsertlari tashil etadi; ta’minot tashkilotlari, “Vatanparvar” saroylari, kommunal korxonalar, mehmonxonalar, yotoqxonalar,xo‘jalik hisobidagi muassasalar, shuningdek,yoshlar va voyaga
yetmaganlarning vatanparvarlik klublari, havaskorlik birlashmalari, aholining qiziquviga qarab klublar,sport inshootlari (tirlar, otish joylari,minoralar,o‘yingohlar,suv havzalari, markazlar, majmualar, omborxonalar,mashq yo‘nalishlari, avtodromlar, motodromlar,kordodromlar,kartodromlar va xokazolar) barpo etadi (ochadi), qayta tashkil etadi, lozim bo‘lganda belgilangan tartibda ularning faoliyatini to‘xtatadi. Mazkur muassasalarning ish tartibi va o‘zaro bo‘ysunuvini belgilaydi.Yangi ish joylarini barpo etish va nizomda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida tashkilot qaramog‘ida kichik, qo‘shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, firmalar hamda boshqa korxonalar tuzish uchun imkoniyat yaratib beradi, respublika qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshiradi, olingan foydani
tashkilotning asosiy maqsadini bajarilishiga yo‘naltiradi, ularning amliy faoliyati uchun zarur yordamni beradi; j)tashkilot tuzilmasining xodimlar shtat jadvalidagi ish joylariga xodimlarni tanlab oladi,o‘qitadi,malakasini oshiradi va tarbiyalaydi,lozim bo‘lgan taqdirda bu ishga jamoatchilik faollarini ham jalb etadi. Mehnatda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni moddiy rag‘batlantiradi, Davlat mukofotlari,faxriy unvonlar va yorliqlarga taqdim etadi; z)sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, unga rahbarlik qiladi, mazkur turlar bo‘yicha xalqaro musobaqalarda va Olimpiada O‘yinlarida qatnashadi.O‘ziga bo‘ysungan sport federatsiyalari, sport klublari, sho‘’balari, sportning mazkur turlari bo‘yicha jamoalar ishini tashkil etadi; sport musobaqalari, ko‘rgazmalar, tanlovlar hamda boshqa ommaviy-vatanparvarlik tadbirlarini o‘tkazadi, sportning shu turlari bo‘yicha o‘rnatilgan sport rekordlari hamda yutuqlarini qayd etadi va tasdiqlaydi; jaxon rekordlarini qayd etilishi uchun Jahon sport federatsiyalariga nomzodlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etadi; i)ommaviy-vatanparvarlik ishlarini yaxshilashga qaratilgan konstruktorlik, ixtirochilik, takomillashtiruvchilik faoliyatini rivojlantiradi, uning a’zolari orasida ilmiy-texnikaviy yaratuvchilik ishlarini rivojlanishiga yordam beradi; k)tashkiliy va ommaviy-vatanparvarlik ishlarining saviyasini yuqori ko‘tarish maqsadida hokimliklar,davlat idoralari hamda jamoat birlashmalari bilan aloqa o‘rnatadi,hamkorlikni mustahkamlaydi; l)tashlilotning sport sohasidagi yutuqlari va vatanparvarlik tarbiyasi borasidagi faoliyati haqida joylardagi va respublika ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot ishlarini olib boradi; m)kengashlar va boshlang‘ich tashkilotlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida pasportlashtirish tizimini joriy etadi; n)harbiy-vatanparvarlik, texnik mutaxasislar tayyorlash, sport va tadbirkorlik ishlarini yanada yuqori saviyaga ko‘tarish, bu sohada jonbozlik ko‘rsatganlarini rag‘batlantirish maqsadida, o‘zi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda
turli tanlovlar o‘tkazadi, mukofotlar va sovrinlar ta’sis etadi;homiylik va xayriya yordamlari ko‘rsatadi; o)o‘quv muassasalari, sport-texnika tashkilotlari, korxonalar, inshootlar va muassasalarni qayd etadi, ularga faoliyatning u yoki bu turi bilan shug‘ullanish huquqini beradi; p)xodimlarning malakasini oshirish va o‘quv-uslubiy faoliyatini yo‘lga qo‘yadi, tinglovchilarga malaka oshirganliklari haqida tegishli hujjatlar beradi; r)faoliyat manfaatlari nuqtai nazaridan huquqiy va jismoniy shaxslar bilan mol ayriboshlashi shlarini amalga oshiradi, qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil etishda, ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha hissadorlik jamiyatlari tuzadi yoki tuzishda qatnashadi. 3.Tashkilot tarkibiga ommaviy-vatanparvarlik va sport-texnik maqsadlarga ega bo‘lgan boshqa jamoat birlashmalari va tashkilotlari ixtiyoriy ravishda kirishlari mumkin.Mazkur tuzilmalarning faoliyati shartnomalar asosida amalga oshiriladi va u mavjud qonunchilikka hamda mazkur nizomga zid bo‘lmasligi lozim. Qo‘shilish tashkilotning nomini o‘zgarishiga olib kelsa, yohud uning maqsad mazmuniga putur yetkazilsa, bunday birlashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4.Tashkilotning asosini o‘quv, o‘quv-uslubiy, sport-texnik, sport, boshlang‘ich va boshqa tashkilotlar tashkil etadi.Boshlang‘ich tashkilotlar a’zolarning ish joyi, o‘qish yoki yashash joylari bo‘yicha tashkil etiladi va hudud bo‘yicha kengashlarga birlashtiriladi.Mazkur hududdagi tashkilot a’zolarini birlashtiruvchi kengash, uning tarkibiga kiruvchi barcha bo‘g‘inlarga nisbatan yuqori raxbar tashkilot hisoblanadi. Bir ma’muriy hududda tuzilgan kengashning boshqa bir hududdagi tashkilotlar ustidan rahbarlik qilish yohud boshqa shakldagi tashqi raxbarlikka yo‘l qo‘ymaydi. O‘quv muassasalari, o‘quv-uslubiy,sport-texnika,sport va
boshqa tashkilotlarning ish tartibi Markaziy kengash tomonidan tasdiqlangan tegishli
me’yoriy hujjatlar (nizom,qo‘llanma,yo‘riqnoma, tavsiyanoma,qoida va
xokazo)billan belgilanadi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling