Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.05.2020
Hajmi0.7 Mb.
#106634
  1   2   3
Bog'liq
asosiy vositalar kirimining hisobi


 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 



VAZIRLIGI 

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI 

“Buxgalteriya hisobi va audit ”kafedrasi 

“Moliyaviy hisob” fanidan 

 

 

 



 

 

 



MAVZU: «ASOSIY VOSITALAR KIRIMINING  HISOBI» 

(«O’ZBEKISTON  MUDOFASIGA  KUMAKLASHUVCHI 

“VATANPARVAR”»TASHKILOTI    MISOLIDA) 

 

 



Bajardi: ktb-112 guruh talabasi                        

Temirov Baxriddin 

 

Ilmiy rahbar: ass. Muxammadiyev Z. U. 



 

 

Samarqand – 2015 

 


 

 

MUNDARIJA 

 

Kirish………………………………………………………………………….…..3 



I.-Bob.  ASOSIY VOSITALARNING MOHIYATI VA AHAMIYATI . 

1.1.Asosiy vositalarning hisob ob’ekti sifatidagi tavsifi va tasnifi……………...5 

1.2.  Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi harajatlar  hisobi 

……………………………………………………………………………………9 

II-Bob  ASOSIY VOSITALAR KIRIMINING HISOBI 

2.1 «O’ZBEKISTON MUDOFASIGA KUMAKLASHUVCHI 

“VATANPARVAR”»TASHKILOTI  foaliyatining umumiy asosiy vositalar 

kirimining kirimining hisobi……………………………………….…………....20 

2.2. Asosiy vositalar kirimining xususiyatlari va hisobi ………………………..27 

Xulosa va takliflar………………………………………………………………...36 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………..38 

Ilovalar…………………………………………………………………………….40 

 

 

 



 

 

 



 

 


 

 

Kirish 



  

 Mavzuning  dolzarbligi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida    korxona  yoki 

tashkilotlar oldidagi  eng muhim va dolzarb masalalaridan biri bu  qanchalik kam  

harajat  qilib  shunchalik  ko‘p  daromad  olishdir.  Asosiy  vasitalar  ob’ekti  daromad 

olish maqsadida harid qilinganligini amaliyotda har doim ham osonlikcha isbotlab 

bo‘lmaydi.  Masalan,  umumiy  foydalanish  uchun  olingan  suv  tozalagich.  Asosiy  

vositalarining bunday ob’ekti qo‘shimcha daromad olishga qanday ko‘maklashadi? 

Buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitob qilish orqali isbotlab berish qiyin, lekin ikkinchi 

tomondan  shu  narsa  ma’lum  bo‘ladiki,  ikki  hafta  davomida  tozalangan  suvni 

iste’mol qilish inson organizmida almashish jarayonlarini me’yorga soladi, uning 

jismoniy holatini yaxshilaydi  va o‘z –o‘zidan uning mehnat unumdorligi oshishiga 

yordam  beradi.  Aslini  olganda,  korxona  faoliyatida  foydalaniladigan  asosiy 

vositalarning har qanday ob’ekti daromad olishga imkon yaratadi.  

Asosiy vositalar uchun yana bitta mezon bo‘lib bu uning “Inventar ob’ekt” 

(yoki asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi )  kiritamiz. 5-son BHMSning  

5-bandiga  muvofiq  “asosiy  vositalarning  inventar  ob’ekti  sifatida  barcha 

qurilmalari va anjomlariga ega bo‘lgan ob’ekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni 

bajarish  uchun  mo‘ljallangan  konsturuktiv  jamlangan  buyumlarning  alohida 

majmui tan olinadi.          

O‘zbekiston  Respublikasi  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2014  yilda 

ijtimoiy-  iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2015  yilga  muljallangan  iqtisodiy 

dasturning 

eng 

muhum 


ustuvor 

yunalishlariga 

bag‘ishlangan  Vazirlar 

Maxkamasing  majlisidagi  ma’ruzasida    Mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsuloti  8,1 

foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 

foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. 

Ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarning  qariyb  70  foizini  yuqori  qo‘shimcha  qiymatga 

ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.

1

  

   ___________________________ 



1.O‘zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2014-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2015-yilga 

mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasi  

19.01.2015

 

 


 

 

Tadqiqot  maqsadi  va  vazifalari.  Ushbu  kurs  ishining  maqsadi  asosiy 

vositalar kirimi hisobining nazariy, metodologik va tashkiliy muammolarini tadqiq 

etish hamda ushbu muammolarni hal etishga doir ilmiy amaliy tavsiyalar berishdan 

iborat.  

Mavzuning  o‘rganilganlik  darajasi.  Asosiy  vositalar  kirimining  mohiyati  va 

ahamiyati,  maqsadi  va  vazifalari  hamda  hisobi  bir  qator  O‘zbekistonlik  olimlar, 

muttaxassislar, 

jumladan, 



K.B.Urazov, 

H.N.Musayev, 

O.Bobojonov, 

K.Jumaniyozov,  Sh.Shodmonov,  U.V.G‘afforov  va  boshqalar  o‘z  ishlarida 

asosiy  vositalar  kirimining  hisobiga  keng  to‘xtalganlar,  bu  haqda  ularning  chop 

etilgan darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari, maqolalaridan bilib olish mumkin. 

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Kurs ishining tadqiqot ob’ekti bo‘lib, 

«O’ZBEKISTON MUDOFASIGA KUMAKLASHUVCHI 

“VATANPARVAR”»TASHKILOTI  hisoblanadi. Tadqiqot predmeti esa “Asosiy 

vositalar kirimining hisobi”. 



Ishning  tarkibi.  Kurs  ishi  kirish,  ikkita  bob,  xulosa  va  takliflar, 

foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalardan iborat bo‘lib, jami hajmi 40 betdan 

iborat.

 

    Kirish qismida tadqiqot to‘g‘risida, uning maqsadi va vazifalari va tadqiqot 



ob’ekti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilgan. 

Asosiy  qism  esa  ikki  bobdan  iborat.  Uning  birinchi  bobida  tadqiqotning 

nazariy qismi ochib berilgan. Ikkinchi bobi esa amaliyotda ya’ni korxona misolida 

«Asosiy vositalar kirimi»ning yuritilishi, uning tahlili va takomillashtirish yo‘llari 

ko‘rsatib o‘tilgan.  

     Xulosa va takliflar qismida  «Asosiy vositalar kirimi hisobi»ning yuritilishi 

bo‘yicha  xulosalar, takliflar va tavsiyalar berilgan.  

   Ilovalarda  esa  korxona    va  uning  hisob  ma’lumotlari  to‘g‘risidagi  rasmiy 

hujjatlar kiritilgan.  

 

 



 

 

 

1.1  Asosiy vositalarning hisob ob’ekti sifatidagi tavsifi va tasnifi. 



Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq 

muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni 

ko‘rsatish,  shuningdek  ma’muriy  va  ijtimoiy  –madaniy  funksiyalarni  bajarish 

uchun  ishlatiladigan moddiy aktivlar (BXMS №5,3a-band). 

BXMS №5  ga  muvofik  (6-  band)  moddiy  aktivlarni  asosiy  vositalar  sifatida  tan 

olish uchun ular yukoridagi tarifda keltirilgan mezonlardan tashkari yana kuyedagi 

shartlarga ham javob berishi lozim: 

*Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafillini mavjudligi.  

* Kiymatni anik belgilashni mumkinligi. 

Modiy  aktivlarni  asosiy  vositalar  tarkibiga  kiritishda  ularni  foydali  xizmad 

muddatini belgilash muxim rol uynaydi. 

Foydali  xizmat  muddati  -

deganda  asosiy  vositaning  korxona  tomonidan 

belgilangan foydalanish mudati tushuniladi. 

Bu  muddat  yillarda  yoki  oylarda  ifodalanib  uning  foydaliligi  ishlab  chikilgan 

mahsulot  bajarilgan  ish  xizmati  xajmi  bilan  ulchanadi.  Foydali  xizmat  muddati 

davomida  asosiy  vositalar  uzlarining  kiymatini  tulik  koplashlari  va  korxonaga 

kushimcha daromod keltirishlari lozim.  

Asosiy  vositalar  korxonalarning  moddiy  texnik  bazasini  tashkil  etuvchi  mexnat 

kurollari va vositalarini uz ichiga oladi. Ularga kuydagilar kiradi. 

  Asosiy vositalarga quyidagilar kiradi:   

1.Binolar – sex, ombor, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu 

kabi  mehnat  sharoitini  yaratib  beruvchi,  tovar-moddiy  boyliklar  butligini 

ta’minlovchi ob’ektlar.  

2.Inshoatlar– ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l  

 

shahobchalari,  nasos  stansiyalar,  kanallar,  suv  havzalari,  asfaltlangan  yo‘llar 



 

 

va yo‘lkalar. 



3.Uzatish  qurilmalari – elektr liniyalar, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar 

va boshqalar. 



4.Mashina va  uskunalar – issiqlik va elektr  energiyasini  ishlab  chiqaruvchi 

generatorlar,  dvigatel  va  transformatorlar,  stanoklar,  issiqlik  pechlari,  tikuv, 

yig‘uv,  dazmollash,  saralash  mashinalari,  kranlar,  kompressorlar,  o‘lchov 

tarozilari. 



5.Hisoblash  texnikasi  –  kompyuterlar  va  ularga  o‘rnatiladigan  periferiya 

qurilmalari ( printer, skaner , modem va boshqalar ). 



6.Transport  vositalari  –  yuk  va  odam  tashuvchi  avtomashinalar,  vagonlar, 

parovozlar,  teplovozlar,  paroxodlar,  tramvaylar,  trolleybuslar,  avtobuslar, 

pritseplar, samolet va vertoletlar, shuningdek magistral truboprovodlar. 

7.Uskunalar  –  presslovchi,  qisuvchi  va  boshka  texnologik    funksiyalarni 

bajaruvchi asbob- uskunalar. 



8.Ishlab  chiqarish  va  xo‘jalik  inventarlari-  ish  stollari,  dastgohlar,  baklar, 

sandiqlar va boshqalar. 



9.Ofis  mebeli  va  jihozlari  –  shkaflar,  stol  va  stullar  komplekti,  doskalar, 

seyflar,  yozuv  mashinkalari,  faks,  nusxa  ko‘chirish  apparatlari,  uyali  aloqa  

vositalari  va boshqalar 

10.Ishchi va nasldor hayvonlar – otlar, tuyalar, ho‘kizlar, sigirlar, bo‘qalar, 

qo‘ylar,  echkilar,  cho‘chqalar  va  boshqa  ishchi  sifatida  ishlatiladigan  va  nasl 

beradigan  hayvonlar. 

11.Ko‘p yillik  o‘simliklar – bog‘lar, o‘rmonlar va boshqalar 

12.Kutubxona  fondi  –  badiiy-adabiy,  texnik  ,  iqtisodiy  va  boshqa  turdagi 

adabiyotlar ( kitoblar). 



13.Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan  

 

14.Boshqalar  - yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar  

 

Quyidagilar asosiy vositalarga kirmaydi: 

 

 

1.Xizmat  muddati  1  yildan  kam  bo‘lgan  mehnat  qurollari  va  vositalari 



ularning qiymatidan qat’iy nazar; 

2.Yosh  mollar,  mahsus  kiyimlar,  poyafzal,  ko‘rpa–  yostiqlar  qiymatidan 

qat’iy nazar, (mehmonxonalar  bundan  mustasno ); 

3.Kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar. 

   

Asosiy vositalarning tasnifi



 Korxona va tashkilotlarning asosiy  vositalarning  turli  belgilari  buyicha tasniflash 

munkin.  Ishlab  chikarishda  katnashishiga  kura  korxonalarning  asosiy  vositalari 

ishlab chikarish va noishlab chikarish soxasidagi asosiy vositalarga bulinadi.  

Ishlab  chikarish  soxasidagi  asosiy  vositalarga  bevosita  ishlab  chikarishga  doir 

bulgan moddiy aktivlar masalan sexlarning binolari inshoatlar, stonoklar, jixozlar, 

transport vositalari, ishchi xayvonlar va boshkalar kiradi. 

Noishlab  chikarish  soxasidagi  asosiy  vositalarga  boshkaruv  apparatiga  doir 

shuningdek  korxonaning  ijtimoiy-madaniy  maishiy  sog‘likni  saqlash  kommunal 

maksadlarda foydalinladigan moddiy aktivlari kiradi. 



Asosiy vositalarning turlari: 

1.Egalik qilish huquqiga ko‘ra – xususiy va ijaraga olingan asosiy vositalarga 

bo‘linadi. 

2.Ishlab chiqarishda ishtirokiga ko‘ra – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 

(savdo va ma’muriy maqsadlarda ishlatiladigan) asosiy vositalariga bo‘linadi. 

3.Amortizatsiya 

qilinishiga 

ko‘ra 


– 

amortizatsiyalanadigan 

va 

amortizatsiyalanmaydigan asosiy vositalarga bo‘linadi.  



Qo‘yidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi: 

• Kutubxona fondiga. 

• Ko‘p yillik o‘simliklarga. 

• Ishchi va nasldor hayvonlarga. 

Konservatsiya qilingan asosiy vositalarga. 


 

 

• Asosiy  vositalar  hisobini  yuritishga  mo‘ljallangan  schyotlar  tizimi. 



Schyotlar rejasida asosiy vositalar hisobini yuritish uchun  aktiv bo‘lgan № 0100 

«Asosiy  vositalar  hisobi  schyotlari»    va  kontraktiv  bo‘lgan  №  0200  «Asosiy 

vositalarning eskirishi hisobi schyotlari» tizimlari ko‘zda tutilgan.  

Asosiy vositalarning  summoviy  analitik  hisobi  korrespondensiyalanadigan 

schyotlar bo‘yicha 13-jurnal-orderda, soniy- summoviy analitik hisobi esa  moddiy 

javobgar  shaxslar  bo‘yicha  har  bir  inventar  ob’ektning  kodi  (tartib  nomeri) 

bo‘yicha  kartochkalarda  yoki  kitobda  (OS-7  shakl  «Asosiy  vositalarni  hisobga 

olish  inventar  kartochkasi»,  OS-9  «Asosiy  vositalarning  inventar  ro‘yxati») 

yuritiladi.  Ushbu  kartochka  va  kitoblar  asosiy  vosita  kelib  tushganda  ochiladi  va 

ularning butun foydali xizmat muddati davri davomida  saqlanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

1.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi 



xarajatlar tarkibi 

 

5-BHMSning  9-bandiga  muvofiq  asosiy  vositalar  dastlabki qiymati  bo’yicha 



baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritilali. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki 

sotib  olish  uchun  ketgan  barcha  sarfharajatlar  qiymati,  deganda,  jumladan, 

to’langan  va  qoplanmaydigan  soliqlar,  shuningdek,  aktivlarni  ishchi  holatga 

keltirishga  bevosita  bog’liq  bo’lgan  boshqa  har  qanday  sarfharajatlar  tushuniladi. 

Yana  shuni  hisobga  olish  kerakki,  boshqa  shart-sharoitlarda  qo’shimcha  qiymat 

soligi  va  aksiya  solig’i  kabi  soliqlar  undiriladigan  soliqlar  hisoblanadi,  yani 

umumiy tartibda soliq to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda 

hisobga  olinadi,  biroq  asosiy  vositalarni  sotib  olish  ishga  tushirishda  yuqorida 

ko’rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi. 

Xo’jalik  yurituvchi  subektlar  amaliyetida  asosiy  vositalarning  dastlabki 

qiymati,  odatda,  ularning  korxonaga  kelib  tushishi  sabablaridan  kelib  chiqqan 

holda  belgilanadi.  Asosiy  vositalarning  korxonaga  kelib  tushishining  asosiy 

manbalari  quyidagilar:  obyektni  oldi-sotdi  shartnomasi  bo’yicha  sotib  olish; 

kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obyektning oldi-berdisi; 

tasischi  tomonidan  ustav  kapitaliga  qo’shilgan  ulush;  tekin  tushum  yoki  davlat 

subsidiyasi;  ayirboshlash;  uzoq  mudlatli  ijara  shartnomasi  moddiy-tovar  zaxirasi 

tarkibidan  o’tkazish;  qiymati  avval  belgilangan  asosiy  vositalarsa  kapital 

kiritmalar; 

Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obyektlarini aniqlash. 

5-BHMSning  11-bandi  haq  evaziga  olingan  asosiy  vositalarning  dastlabki 

qiymatiga  kiritilgan  quyidagi  sarflarni  belgilaydi:  shartnoma  bo’yicha  qurilish-

montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni yetkazib beruvchilarga to’langan 

summa;  asosiy  vositalarga  egalik  huquqini  olish  bilan  bog’liq  ro’yxatga  olish 

yig’imi,  davlat  bojlari  va  shunga  kabi  boshqa  to’lovlar;  bojxona  bojlari  va 

yig’imlari;  asosiy  vositalar  obektlarini  sotib  olish  bilan  bog’liq  soliqlar  va 

yig’imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog’liq 



 

 

axborot  va  maslahat  xizmatlari  uchun  to’lanadigan  summa;  asosiy  vositalarning 



obektlarini  yetkazib  berish    tavakkalchiligini  sug’urta  qilish  bo’yicha  harajatlar

asosiy  vositalarning  sotib  olishdagi  vositachilarga  to’lanadigan  haq;  asosiy 

vositalarni  o’rnatish,  montaj  qilish,  sozlash,  ishga  tushirishga  to’lanadigan 

harajatlar;  aktivni  maqsadli  foydalanish  uchun  ishchi  holatga  keltirish  bilan 

bevosita bog’liq boshqa harajatlar; 

5-BHMSning  12-bandiga  muvofiq  qurilish  davrida  qurilish  uchun  olingan 

uzoq  muddatli  kredit  bo’yicha  o’tkazilgan  foizlar  ishga  tushirilgan  asosiy 

vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shiladi.Agar xo’jalik yurituvchi subekt asosiy 

vosita bilan bog’liq sarflarni to’lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli 

kredit olish bo’lsa, mazkur maqsadli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar obyektning 

ishga  tushirilishi  xo’jalik  yoki  pudrat  usullari  bilan  amalga  oshirilganidan  qatiy 

nazar,  ishga  tushirilish  jarayoni  davomida  asosiy  vositalarning  ishga 

tushirilayotgan obyekti qiymatiga kiritilishi kerak. 

Asosiy  vositani  ishga  tushirish  yakunlangan,  ya’ni  u  foydalanishga 

topshirilgan  bo’lsa,  foiz xarajatlarini  kapitallashtirish  to’xtatiladi,  asosiy  vositalar 

obyekti  foydalanishga  berilgandan  keyin  o’tkazilgan  foizli  xarajatlaresa  xo’jalik 

yurituvchi  subektning  moliyaviy  faoliyati  bo’yicha  xarajatlar  (9610  -  «Foiz 

ko’rinishidagi xarajatlar" hisobvarag’i)ga kiritiladi. 

Korxonaning o’z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati 

sotib  olingan  aktiv  qiymati  kabi  tamoyil  asosida  belgilanadi,  yani  asosiy 

vositalarning ushbu obyektlarini ishga tushirish bo’yicha aniq sarflar summasidan 

tashkil topadi. 

Agar  asosiy  vositalarning  obektlari  chet  el  valutasiga  sotib  olinsa,  u  holda 

ularning  dastlabki  qiymati  barcha  to’lanadigan  va  qoplanmaydigan  soliqlar, 

shuningdek,  aktivni  yetkazib  berish  va  montaj  qilish,  o’rnatish,  ishga  tushirish 

bo’yicha  sarflar  va  undan  maqsadli  foydalanish  uchun  ishchi  holatiga  keltirish 

bilan  bevosita  bog’liq  har  qanday  boshqa  xarajatlar  yuk  bojxona  deklaratsiyasi 

to’ldirilgan  sanaladi  O’zbekiston  Respublikasya  Markaziy  banki  belgilagan  kurs 

bo’yicha  summani  chet  el  valutasining  qiymatiga  hisoblash  yo’li  bilan  milliy 


 

 

valuta  (so’mlar)da  belgilanadi  va  buxgalteriya  hisobida  aks  ettiriladi.  Shuni  ham 



ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari, moddiy-

tovar  zaxiralarini  sotib  olish  bo’yicha  kontraktlarni  tayyorlash,  ro’yxatdan 

o’tkazish  va  yopish  bilan  bog’liq  xarajatlar  va  bevosita  sotib  olish  bilan  bog’liq 

bo’lmagan  boshqa  xarajatlar  moddiy-tovar  zaxiralarining  tannarxiga  kiritilmaydi, 

balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi. 

Yuqorida  bayon  qilinganidek,  asosiy  vositalarning  boshlang’ich  qiymati 

odatda 

ularning 



korxonaga 

kelib 


tushish 

sabablaridan 

kelib 

chiqib 


aniqlanadi.Quyida  asosiy  vositalarning  kelib  tushish  manbalariga  qarab,  ularning 

boshlang’ich  qiymati  shakllanishi,  yani  uni  tan  olish  uchun  maqbul  asoslar 

keltirilgan. 

Asosiy  vositalarning  kelib  tushish  manbalariga  qarab  ularning 

boshlang’ich qiymatini tan olish.    

 

 

 

 

( 1-jadval) 

№  Asosiy 

vositalariing 

kelib tushish manbai 

Boshlang’nch kiymatni baxolash uchun asos 

Tekin  (sovg’a  qilish 



shartnomasi buyicha) 

Joriy  kiymat,  to’langan  va  qoplanib  berilmaydigan 

soliqlar  (yigimlar)  xamda  aktivni  yetkazib  kelib, 

montaj  kilish,  o’rnatish,  ishga  tushirish  bo’yicha 

xarajatlar  va  uni  ishchi  holatga  keltirish  bilan 

bevosita  bog’liq  bo’lgan  har  qanday  boshqa 

xarajatlarni hisobga olgan xolda 

Tayyor 



maxsulotlar 

tarkibidan o’tkazish 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Malkamasining 

1999  yil  5  fevraldagi  54  sonli  qarori  bilan 

tasdiqlangan  **Maxsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab 

chiqarish  va  sotish  xarajatlarining  tarkibi  hamda 

moliyaviy 

natijalarni 

shakllantirish 

tartibi 


to’g’risida"gi Nizomga muvofik aniqlanadigan ishlab 

chnkarish tannarxi 

Tovar-moddiy 



zaxiralari 

(tayyor 


O’zbekiston 

Respublikasi 

Moliya 

vazirliga 



tomonidan  1998  yil  27  avgustdagi  44son  bilan 

 

 

maxsulotlardan 



tashqari) 

tarkibidan 

o’tkazish 

tasdiqlangan  va  O’zbeknston  Respublikasi  Adliya 

vazirligi  tomonidan  1998  yil  28  avgustda  486raqam 

bilan  ro’yxatdan  o’tkazilgan  4son  BHMS  "Tovar-

moddiy  zaxiralar"ga  muvofiq  aniqlanadngan  balans 

kiymati 


Qonun 


xujjatlarida 

belgnlangan 

tartibda 

ayirboshlash  bo’yicha 

olish 

Ayirboshlashda 



berilgan 

asosiy 


vositalar 

obyektinnng qoldik kiymati 

Qonun 


xujjatlarida 

belgilangan 

tartibda 

qo’shimcha pul to’lash 

yuli bilan ayirboshlash 

bo’yicha olish 

Ayirboshlashda 

berilgan 

asosiy 

vositalarning 



obyektini  qoldik  kiymatini  ayirboshlash  paytida 

berilgan  (olingan)  pul  mablaglari  yoki  uning 

ekvivalentlariga ko’paygan (kamaygan) summasi 

Qonun 



hujjatlarida 

belgilangan 

tartibda 

majburiyatlarni  pulsiz 

vositalar bilan bajarish 

(to’lash)ni 

nazarda 

tutadigan 

shartmomalar  buyicha 

olish 


Korxona  tomonidan  bsrilgan  yoki  berilishi  lozim 

bo’lgan  boyliklar  qiymatn  yoxud  shunga  o’xshash 

asosiy  vositalar  obyektini  tesh  holatlarda  sotib 

olinadigan qiymati 

 

Asosiy vositalarning kelib tushish va ko‘payish manbalari: 

• yangidan qurilishi,  

• ta’minotchilardan sotib olinishi,  

• ta’sischilardan ta’sis badali sifatida olinishi,  

• moliyaviy yordam sifatida olinishi, 

• qiymatini qayta baholash natijasida ko‘payishi mumkin: 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling